Обучалка в Телеграм

Iqtisodiy bilim asoslari, 9 sinf, Sariqov E.S., Xaydarov B.Q., 2019


Iqtisodiy bilim asoslari, 9 sinf, Sariqov E.S., Xaydarov B.Q., 2019.

Учебник по экономике для 9 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Tadbirkorlik deganda kishilarning foyda olish maqsadida, tavakkalchilik asosida o‘z mablag‘lari, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati tushuniladi. Tadbirkorlik, boshqacha qilib aytganda, ishbilarmonlik yoki biznes deb ham yuritiladi. Bunday faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana oladigan insonlarni tadbirkorlik layoqati bor kishilar yoki tadbirkor, ishbilarmon yoki biznesmenlar deb atashadi.

Iqtisodiy bilim asoslari, 9 sinf, Sariqov E.S., Xaydarov B.Q., 2019


FIRMA VA UNING TURLARI.
Ma’lumki, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni korxonalarda amalga oshiriladi. Davlat mulki asosida tashkil qilingan korxonalar — davlat korxonalari, xususiy mulk asosida tashkil qilingan korxonalar esa xususiy korxonalar deb yuritiladi. Shuningdek, davlat va xususiy mulkka asoslangan aralash turdagi korxonalar ham bo‘lishi mumkin.

Tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan korxona firma deb ataladi. Firma turli xil tovar va xizmatlarni foyda olish uchun ishlab chiqaradi. Firmalar, ko‘pincha, xususiy mulk asosida tashkil qilinadi. Firmalar qanday mulk asosida tashkil qilinishi, kim tomonidan qanday boshqarilishi, firma foydasi qanday taqsimlanishi va firma faoliyatining natijasiga kim va qanday javob berishiga qarab turli shakllarda bo‘ladi.

Xususiy firmaning mulkdori yakka shaxs bo‘lib, firma uning mulki va mablag‘i asosida tashkil qilinadi va bevosita shu mulkdor tomonidan boshqariladi. Firma faoliyatidan olingan foyda ham, zarar ham faqat firma egasiga taalluqli. Firma egasi firma faoliyatining natijasiga to‘la javobgar bo‘ladi.

MUNDARIJA.
Darslikdan foydalanish bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar.
I bob. Tadbirkorlik va ishlab chiqarish.
1-mavzu. Tadbirkorlik.
2-mavzu. Firma va uning turlari.
3-mavzu. Aksiyadorlar jamiyati.
4-mavzu. Firma tashkil qilish.
5-mavzu. Firma mablag‘lari va xarajatlari.
6-mavzu. Yalpi daromad, foyda va zarar.
7-mavzu. Iqtisodiy faoliyat tahlili.
8-mavzu. Firmani boshqarish — menejment.
9-mavzu. Marketing.
10-mavzu. Ishlab chiqarish va ekologiya.
I bobni takrorlash uchun savol va topshiriqlar.
II bob. Davlat va iqtisodiyot.
11-mavzu. Davlatning iqtisodiy vazifalari.
12-mavzu. Davlat budjeti.
13-mavzu. Bank tizimi.
14-mavzu. Davlatning iqtisodiyotdagi roli.
II bobni takrorlash uchun savol va topshiriqlar.
III bob. Soliq turlari.
15-mavzu. Daromad solig‘i.
16-mavzu. Mol-mulk solig‘i.
17-mavzu. Yer solig‘i.
18-mavzu. Aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘i.
III bobni takrorlash uchun savol va topshiriqlar.
IV bob. Iqtisodiy o‘sish.
19-mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar.
20-mavzu. Iqtisodiy o‘sish va rivojlanish.
21-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy salohiyati.
IV bobni takrorlash uchun savol va topshiriqlar.
V bob. Inflatsiya va ishsizlik.
22mavzu. Inflatsiya va uning turlari.
23-mavzu. Inflatsiya oqibatlari.
24-mavzu. Ishchi kuchi bozori va ishsizlik.
25-mavzu. Ijtimoiy himoya vositalari.
V bobni takrorlash uchun savol va topshiriqlar.
VI bob. Jahon iqtisodiyoti.
26-mavzu. Xalqaro savdo.
27-mavzu. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar.
28-mavzu. Valuta kursi.
29-mavzu. Jahon iqtisodiyoti muammolari.
30-mavzu. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi.
VI bobni takrorlash uchun savol va topshiriqlar.
9-sinfda o‘tilganlarni takrorlash uchun test topshiriqlari.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Iqtisodiy bilim asoslari, 9 sinf, Sariqov E.S., Xaydarov B.Q., 2019 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-22 00:09:03