Обучалка в Телеграм

Iqtisodiy bilim asoslari, 8 sinf, Sariqov E.S., Xaydarov B.Q., 2019


Iqtisodiy bilim asoslari, 8 sinf, Sariqov E.S., Xaydarov B.Q., 2019.

Учебник по экономике для 8 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Iqtisodiyot — odamlarning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan har xil ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish vazifalarini bajarishga yo‘naltirilgan faoliyatlar tizim idir. Iqtisodiyotning shu uch tarkibiy qismlarining birikishi natijasida iqtisodiy jarayon vujudga keladi. Iqtisodiy jarayonlar to‘rt bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda, inson ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladigan ne’matlar, ya’ni tovar va xizmatlar yaratiladi, ishlab chiqariladi. Ikkinchi bosqichda, yaratilgan tovar va xizmatlar taqsimlanadi. Keyingi bosqichda, ular ayirboshlanadi va nihoyat oxirgi bosqichda iste’mol qilina di.

Iqtisodiy bilim asoslari, 8 sinf, Sariqov E.S., Xaydarov B.Q., 2019


CHEKLANGANLIK MUAMMOSI.
Ehtiyoj — insonning muayyan sharoitda yashashi va kamol topishi uchun zarur bo‘lgan narsalarga muhtojligi.
Inson ehtiyojlari ma’lum shaxs yoki guruhga tegishli bo‘lishiga ko‘ra, shaxsiy ehtiyojlar va ijtimoiy ehtiyojlar kabi turlarga bo‘linadi.

Shaxsiy ehtiyojlar deb alohida olingan shaxsgagina tegishli bo‘lgan shaxsiy gigiyena vositalari, kiyim-kechak, gazeta o‘qish kabi ehtiyojlarga aytiladi. Ijtimoiy ehtiyojlar esa kishilarning yonma-yon, hamjihatlikda hayot kechirishi bilan bog‘liq, birgalashib qondiriladigan, xususan, maktabda bilim olish, jamoat transportidan foydalanish kabi umumiy ehtiyojlaridan iborat bo‘ladi.

MUNDARIJA.
Darslikdan foydalanish bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar.
I bob. Iqtisodiyotga kirish.
1-mavzu. Iqtisodiyot bilan tanishuv.
2-mavzu. Cheklanganlik muammosi.
3-mavzu. Tanlov va uning muqobil qiymati.
4-mavzu. Ishlab chiqarish va uning omillari.
5-mavzu. Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv.
6-mavzu. Iqtisodiy tizimlar.
I bobni takrorlash uchun savol va topshiriqlar.
II bob. Bozor.
7-mavzu. Ayirboshlash va pul.
8-mavzu. Bozor va uning turlari.
9-mavzu. Bozorlar va narxlar.
10-mavzu. Bozor qatnashchilari.
II bobni takrorlash uchun savol va topshiriqlar.
III bob. Oila-uy xo‘jaliklari iqtisodiyoti.
11-mavzu. Iste’molchilarning daromadlari va xarajat turlari.
12-mavzu. Mulk va xususiylashtirish.
13-mavzu. Daromad va boylik.
14-mavzu. Jamg‘arish va sug‘urta.
15-mavzu. Iqtisodiy qaror qabul qilish.
16-mavzu. Iste’molchilarning huquqlari va majburiyatlari.
III bobni takrorlash uchun savol va topshiriqlar.
IV bob. Talab va taklif.
17-mavzu. Talab va talab qonuni.
18-mavzu. Talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar.
19-mavzu. Taklif va taklif qonuni.
20-mavzu. Taklifga ta’sir etuvchi boshqa omillar.
21-mavzu. Tovarning bozor narxi.
22-mavzu. Talab va taklif qonunlariga doir amaliy mashg‘ulot.
23-mavzu. Talab va taklif o‘zgarishining bozor narxiga ta’siri.
IV bobni takrorlash uchun savol va topshiriqlar.
V bob. Raqobat va bozor iqtisodiyoti.
24-mavzu. Raqobat.
25-mavzu. Monopoliya va monopollashgan bozorlar.
26-mavzu. Bozor iqtisodiyoti.
27-mavzu. O‘zbekiston bozor iqtisodiyoti sari.
V bobni takrorlash uchun savol va topshiriqlar.
VI bob. Soliq tizimi.
28-mavzu. Soliqlar va ularning turlari.
29-mavzu. Soliqqa tortish asoslari.
30-mavzu. Soliq to‘lovchilarning huquqlari va majburiyatlari.
VI bobni takrorlash uchun savol va topshiriqlar.
Bilimingizni sinab ko‘ring.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Iqtisodiy bilim asoslari, 8 sinf, Sariqov E.S., Xaydarov B.Q., 2019 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-11-21 00:09:00