Обучалка в Телеграм

Biologiya, 10 sinf, Saparov K.A., Azimov I., 2022


Biologiya, 10 sinf, Saparov K.A., Azimov I., 2022.

Учебник по биологии для 10 класса на узбекском языке.

   Siz 7–9-sinflarda o‘qish mobaynida biologiya darslarida tabiat haqidagi ko‘plab tushuncha va atama, qonuniyatlar bilan tanishdingiz. Bu o‘quv yilida siz biologiyani o‘rganishni davom ettirasiz. Biologiya tirik organizmlarning tuzilishi, o‘ziga xos xususiyatlari, ko‘payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi, tabiiy jamoalar va yashash muhiti bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganadi. Biologik bilimlar sizga olamning ilmiy manzarasini keng anglagan holda kelgusida shaxs sifatida shakllanishingiz, kasb tanlashingiz, ilmiy dunyoqarashingizni kengaytirish hamda ekologik tafakkurga ega bo‘lishingizga zamin tayyorlaydi. Mazkur darslik yordamida siz biologiya darslarida va mustaqil ravishda hayotning quyi tuzilish darajasidan yuqori tuzilish darajasiga qadar tabiatga yaxlit sistema sifatida qarashni, biologik tushuncha, nazariya va qonuniyatlarni umumlashtirish, ular o‘rtasidagi sabab-oqibat zanjirini o‘rnatgan holda bir tizimga keltirishni o‘rganasiz.

Biologiya, 10 sinf, Saparov K.A., Azimov I., 2022


Biologik bilimlarning ahamiyati.
Insonlar salomatligini saqlash, turli kasalliklarni davolash va ularning oldini olish, inson umrini uzaytirish, tabiatdagi noyob o‘simliklar va hayvonlar turlarini muhofaza qilish, hosildor o‘simlik navlari, mahsuldor hayvon zotlari, yangi xususiyatli mikroorganizmlar shtammlarini yaratish, insoniyatni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash kabi muhim muammolarni hal etish biologiya sohasining rivojiga bog‘liq.

Biologik bilimlar olamning ilmiy manzarasini kengaytirish imkonini beradi. Biologiya fani tibbiyot va qishloq xo‘jaligi bilan uzviy bog‘liq (1.1-rasm). Tirik organizmlarning organlar sistemalari tuzilishi va funksiyasi tamoyillarini o‘rganish texnika va qurilish sohasida o‘ziga xos yechimlarni topishga yordam beradi (1.2-rasm).

MUNDARIJA.
I BOB. MOLEKULYAR BIOLOGIYA.
1.1. Biologiya fan sifatida.
1.2. Amaliy mashg‘ulot. Hayotning tuzilish darajalarini modellashtirish.
1.3. Tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi.
1.4. Amaliy mashg‘ulot. Suvning tirik organizmlar uchun ahamiyati.
1.5. Uglevodlar.
1.6. Lipidlar.
1.7. Oqsillar.
1.8. Amaliy mashg‘ulot. Biologik infografika tuzish.
1.9. Nuklein kislotalar.
1.10. Amaliy mashg‘ulot. DNK va RNK tuzilishiga doir masalalar yechish.
II BOB. HUJAYRA BIOLOGIYASI.
2.1. Eukariot hujayra. Hujayra qobig‘i.
2.2. Sitoplazma. Hujayraning membranasiz organoidlari.
2.3. Hujayraning membranali organoidlari.
2.4. Laboratoriya mashg‘uloti. Hujayra membranasiga haroratning ta’sirini o‘rganish.
2.5. Yadro.
2.6. Prokariot hujayra.
2.7. Amaliy mashg‘ulot. Prokariot va eukariot hujayralar tuzilishini qiyosiy o‘rganish.
2.8. Hujayrada moddalar almashinuvi. Hujayrada energetik almashinuv.
2.9. Amaliy mashg‘ulot. Energiya almashinuviga doir masalalar yechish.
2.10. Hujayrada irsiy axborotning amalga oshirilishi.
2.11. Amaliy mashg‘ulot. Oqsil biosintezi jarayonini modellashtirish.
2.12. Prokariot va eukariot hujayralarning bo‘linishi.
2.13. Meyoz.
2.14. Laboratoriya mashg‘uloti. Mitoz jarayonini mikropreparatlar yordamida o‘rganish.
2.15. Amaliy mashg‘ulot. Mitoz va meyoz fazalarini taqqoslash.
III BOB. HAYOTIY JARAYONLAR.
3.1. Organizmlarning jinssiz ko‘payishi.
3.2. Gametogenez.
3.3. Organizmlarning jinsiy ko‘payishi.
3.4. O‘simlik va hayvonlar hayot siklida jinssiz va jinsiy nasl gallanishi.
3.5. Amaliy mashg‘ulot. O‘simliklar (yo‘sin, qirqquloq, qirqbo‘g‘im, urug‘li o‘simlik) hayot siklida jinssiz va jinsiy bo‘g‘inlarning gallanishini modellashtirish.
IV BOB. IRSIYAT VA O‘ZGARUVCHANLIK.
4.1. Irsiyat qonuniyatlari.
4.2. Amaliy mashg‘ulot. To‘liq va chala dominantlik bo‘yicha masalalar yechish.
4.3. Amaliy mashg‘ulot. Kodominantlik va pleyotropiyaga doir masalalar yechish.
4.4. Jins genetikasi.
4.5. Belgilarning jinsga bog‘liq holda irsiylanishi.
4.6. Amaliy mashg‘ulot. Jins genetikasiga doir masalalar yechish.
4.7. O‘zgaruvchanlik.
4.8. Amaliy mashg‘ulot. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikni o‘rganish.
4.9. Genotipik o‘zgaruvchanlik turlari.
4.10. Amaliy mashg‘ulot. Modifikatsion va mutatsion o‘zgaruvchanliklarni qiyosiy o‘rganish.
V BOB. GENETIK MUHANDISLIK VA BIOTEXNOLOGIYA.
5.1. Genetik muhandislik.
5.2. Hujayra irsiyatini o‘zgartirish.
5.3. Biotexnologiya.
5.4. Amaliy mashg‘ulot. Restriksion saytlarni aniqlash va meva sharbatini ishlab chiqarishda pektinazadan foydalanishni o‘rganish.
VI BOB. EKOSISTEMA.
6.1. Ekosistemaning tarkibiy tuzilmasi.
6.2. Amaliy mashg‘ulot. Ekosistemaning tarkibiy qismlarini aniqlash.
6.3. Ekologik omillar.
6.4. Loyiha ishi. Turli muhit sharoitida o‘sgan o‘simliklarning tuzilishini taqqoslash.
6.5. Ekosistemaning trofik strukturasi.
6.6. Amaliy mashg‘ulot. Oziq zanjiri va oziq to‘riga oid sxemalar tuzish va masalalar yechish.
VII BOB. EVOLYUTSIYA.
7.1. Evolyutsiyani harakatlantiruvchi omillari.
7.2. Amaliy mashg‘ulot. Populyatsiyalarning demografik ko‘rsatkichlarini Hardi-Vaynberg qonuni asosida o‘rganish.
7.3. Tabiiy tanlanish.
7.4. Organik olamdagi moslanishlar – evolyutsiya natijasi.
7.5. Amaliy mashg‘ulot. Organizmlarning yashash muhitiga moslanishini o‘rganish.
7.6. Turlarning paydo bo‘lishi.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Biologiya, 10 sinf, Saparov K.A., Azimov I., 2022 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-21 23:26:31