Chizmachilik, 8 sinf, Rahmonov I., 2014

Chizmachilik, 8 sinf, Rahmonov I., 2014.

Учебник по черчению для 8 класса на узбекском языке.

  Chizmachilik fani o‘quvchilarning tasavvur hamda tafakkur qilish qobiliyatini o‘stiradi. Tasavvur esa shakliy va fazoviy bo‘lishi mumkin. O‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini oshirish maqsadida ularga chizmaga doir an’anaviy savollar va mashqlar berildi. Mashqlar o‘rtacha (A) va yaxshi (B) o‘zlashtiruvchi hamda iqtidorli (C) o‘quvchilarning bilimini hisobga olgan holda tuzilgan.

Chizmachilik, 8 sinf, Rahmonov I., 2014


Chizma masshtablari.
Texnikada juda mayda soat detallari yoki juda katta, masalan, paxta terish kombaynining bunkeri, uylar, ko‘prik kabilardan foydalaniladi. Ular juda katta o‘lchamlarga ega. Lekin ularni chizmada haqiqiy kattaligida chizib bo‘lmaydi. Chizma qog‘oziga sig‘dirish maqsadida katta narsalarni kichraytirib, kichik narsalarni esa kattalashtirib chizishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun chizma masshtablaridan foydalaniladi. Chizmaning uzunlik (kattalik) o‘lchamlari bilan buyumning mos uzunlik o‘lchamlari o‘rtasidagi nisbat chizma masshtabi deb aytiladi. Ko‘pincha narsalarning chizmalarini o‘zining haqiqiy o‘lchami, ya’ni haqiqiy ko‘rinishida 1:1 (birga bir) masshtabda chizishga harakat qilinadi.

Masshtabda yozilgan sonlarga qarab chizma qanday chizilgani bilinadi. Detal ikki marta kichiklashtirib chizilgan bo‘lsa, 1:2 (birga ikki) deb belgilanadi. Detal ikki marta kattalashtirilib chizilgan bo‘lsa, 2:1 (ikkiga bir) deb yoziladi. Shunday qilib, masshtabda kichik son birinchi bo‘lib, masalan: 1:2, 1:5, 1:10 ko‘rinishlarda yozilsa, kichraytirish masshtabi, katta son birinchi bo‘lib, masalan: 2:1, 5:1, 10:1 ko‘rinishlarda yozilsa, kattalashtirish masshtabi, 1:1 ko‘rinishda yozilsa, haqiqiy kattalikdagi masshtab deyiladi.

MUNDARIJA.
So‘zboshi.
1-§. Chizmachilik kursiga kirish.
2-§. Chizmalarni taxt qilish. Standart. Format. Masshtab.
3-§. Chiziq turlari. O‘lcham qo‘yish qoidalari.
4-§. Chizma shriftlari va ularning o‘lchamlari.
5-§. Bosh va yozma harflar hamda raqamlarning yozilishi.
6-§. Geometrik yasashlar. Turli xil chiziqlar chizish.
7-§. Burchak yasash va ularni teng bo‘laklarga bo‘lish. Qiyalik va konusliklar.
8-§. Muntazam ko‘pburchaklar yasash.
9-§. Tutashmalar. To‘g‘ri, o‘tmas va o‘tkir burchak tomonlarini tutashtirish.
10-§. Aylana va to‘g‘ri chiziqni tutashtirish.
11-§. Ikkita aylanani uchinchi aylana yoyi yordamida o‘zaro tutashtirish.
12-§. Sirkul va lekalo egri chiziqlari.
13-§. Proyeksiyalash usullari. Markaziy va parallel proyeksiyalash.
14-§. Oktant va epyur haqida umumiy tushuncha.
15-§. To‘g‘ri chiziqning proyeksiyalari.
16-§. Yassi shakllarning proyeksiyalari.
17-§. Bitta va o‘zaro perpendikular ikkita proyeksiyalar tekisligiga modelni proyeksiyalash va tekis chizma (epyur) hosil qilish.
18-§. Geometrik jismlar va ularning proyeksiyalari.
19-§. Silindr, konus, shar va piramidaning proyeksiyalari.
20-§. Ko‘rinishlar. Bosh va asosiy ko‘rinishlar.
21-§. Mahalliy va qo‘shimcha ko‘rinishlar.
22-§. Modelning asliga qarab uning ko‘rinishlarini chizish.
23-§. Modelning o‘ziga qarab uning uchta ko‘rinishini chizish.
24-§. Oddiy model chizmalarini tahlil qilish, geometrik jismlarga ajratish.
25-§. Chizmalarni o‘qish tartibi va qoidalari.
26-§. Modelning berilgan ikki proyeksiyasi bo‘yicha uchinchi ko‘rinishini yasash.
27-§. Aksonometrik proyeksiyalar haqida umumiy tushuncha. O‘qlarning joylashishi.
28-§. Tekis shakllarning aksonometriyasini yasash.
29-§. Detalning frontal dimetrik proyeksiyasi.
30-§. Detalning izometrik proyeksiyasi.
31-§. Aksonometrik proyeksiyalar bo‘yicha amaliy mashg‘ulot.
32-§. Eskizlar haqida tushuncha va uni chizish bosqichlari.
33-§. O‘quv modellarining eskizini chizish.
34-§. Texnik rasm chizish.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Chizmachilik, 8 sinf, Rahmonov I., 2014 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-04-16 01:30:08