Обучалка в Телеграм

Kimyo, 8 sinf, Asqarov I.R., G‘opirov K., To‘xtaboyev N.X., 2019


Kimyo, 8 sinf, Asqarov I.R., G‘opirov K., To‘xtaboyev N.X., 2019.

Учебник по химии для 8 класса на узбекском языке.
 
   Bugungi kundan quvonchimiz cheksiz, chunki biz mustaqil O‘zbekiston farzandlarimiz. Kelajak qanday bo‘lishi esa siz va sizning tengdoshlaringiz qo‘lida. Ota-onangiz, aziz Vataningiz kutgan inson bo‘ling, yetuk mutaxassis, ijodkor, zabardast bunyodkor bo‘ling! Kimyo mo‘jizakor fan ekanligini yodingizda tuting! O‘qing, o‘rganing, amaliyotga tatbiq eting! Sizga oq yo‘l.

Kimyo, 8 sinf, Asqarov I.R., G‘opirov K., To‘xtaboyev N.X., 2019


KIMYOVIY ELEMENTLARNING DASTLABKI TOIFALANISHI.
Kimyoviy elementlarni xossalariga ko‘ra qanday toifalarga bo‘lish mumkin?
Kimyo alohida fan sifatida XVIII—XIX asrlarda shakllangan bo‘lsa-da, bu fanning asoslari eramizdan avval qadimgi Yunonistonda yashab ijod etgan Levkipp, Demokrit, Epikur kabi tabiatshunos olimlar hamda VIII—XI asrlarda yashab o‘tgan buyuk ajdodlarimiz: Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo Ar-Roziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino singari ensiklopedist olimlar tomonidan qo‘yilgan. Bu borada ularning yozib qoldirgan ilmiy asarlarida keltirilgan ma’lumotlar muhim ahamiyatga egadir. Bu asarlarda dunyoning moddiy tuzilishi haqidagi ilmiy fikrlar bilan birgalikda kimyo fani asoslarini tashkil etuvchi moddiy dunyo unsurlarini toifalash hamda amaliy kimyo uslublari haqida qimmatli ma’lumotlar bayon qilinganligi e’tiborga loyiqdir.

Ar-Roziy moddiy unsurlarning eng kichik birligi — atomlar haqida, ularni yanada kichikroq zarralarga bo‘linishi to‘g‘risida fikrlar bergan bo‘lsa, Forobiy va Beruniy asarlarida moddiy dunyo tarkibiy qismlari, ma’dan va qimmatbaho toshlarni sinflash haqida ma’lumotlar keltirilgan. Buyuk tabib Abu Ali ibn Sino o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan barcha dorivor moddalarni xossalari asosida toifalarga bo‘lib chiqqan. Dorivor moddalarning tarkibi va xossalariga ko‘ra turli sinflarga toifalash singari dastlabki ilmiy bilimlar keyinchalik kimyoviy elementlarning xossalari asosida sinflashga asos bo‘lib xizmat qilganligi tabiiy.

MUNDARIJA.
SO‘ZBOSHI.
I ВОВ. 7- SINF KIMYO KURSINING ASOSIY TUSHUNCHALARINI TAKRORLASH.
1-§. Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar.
2-§. Noorganik birikmalarning asosiy sinflari.
II BOB. DAVRIY QONUN VA ELEMENTLAR DAVRIY SISTEMASI. АТОМ TUZILISHI.
3-§. Kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi.
4-§. Kimyoviy elementlarning tabiiy oilalari.
5-§. Kimyoviy elementlarning davriy qonuni.
6-§. Kimyoviy elementlar davriy sistemasi.
7-§. Atom yadrosi tarkibi.
8-§. Izotoplar. Izobarlar.
9-§. Atom elektron qavatlarining tuzilishi.
10-§. Energetik pog‘onachalar.
1-§. Kichik davr elementlarining atom tuzilishi.
12-§. Katta davr elementlarining atom tuzilishi.
13-§. Elementlarning davriy sistemadagi o‘rni va atom tuzilishiga qarab tavsiflash. Davriy qonunning ahamiyati.
III BOB. KIMYOVIY BOG‘LANISHLAR.
14-§. Kimyoviy elementlarning nisbiy elektromanfiyligi.
15-§. Kimyoviy bog‘lanish turlari. Qutbli va qutbsiz kovalent bog‘anish.
16-§. Ionli bog‘lanish.
17-§. Kristall panjaralar.
18-§. Elementlarning oksidlanish darajasi.
19-§. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.
20-§. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish.
IV BOB. METALLMASLAR.
21-§. Metallmaslarning umumiy xossalari.
22-§. Galogenlarning davriy sistemadagi o‘rni. Atom tuzilishi.
23-§. Xlor.
24-§. Vodorod xlorid.
25-§. Avogadro qonuni. Molyar hajm.
26-§. Ekvivalent qonuni.
27-§. Xlorid kislota.
28-§. Ftor, brom, yod.
V BOB. OLTINCHI GURUH BOSH GURUHCHASI ELEMENTLARIGA UMUMIY TAVSIF.
29-§. Kislorod guruhchasi elementlari.
30-§. Oltingugurtning vodorodli birikmalari.
31-§. Oltingugurtning kislorodli birikmalari.
32-§. Sulfat kislota.
33-§. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi.
34-§. Kimyoviy muvozanat.
35-§. Sanoatda sulfat kislota ishlab chiqarish.
VI BOB. AZOT GURUHCHASI.
36-§. Azot.
37-§. Azotning vodorodli birikmalari.
38-§. Azotning kislorodli birikmalari.
39-§. Nitrat kislota.
40-§. Fosfor.
41-§. Fosforning kislorodli birikmalari.
42-§. Mineral o‘g‘itlar.
43-§. Eng muhim asosiy mineral o‘g‘itlar.
44-§. Biogen elementlar va ularning tirik organizmlardagi ahamiyati.
Laboratoriya mashg‘ulotlari.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Kimyo, 8 sinf, Asqarov I.R., G‘opirov K., To‘xtaboyev N.X., 2019 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: :: ::


Следующие учебники и книги:
Предыдущие статьи:


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-23 23:20:45