Обучалка в Телеграм

Kimoyo, 7 sinf, Asqarov I.R., To‘xtaboyev N.X., G‘opirov K.G‘., 2017


Kimoyo, 7 sinf, Asqarov I.R., To‘xtaboyev N.X., G‘opirov K.G‘., 2017.

Учебник по химии для 7 класса на узбекском языке.

   Вu о‘quv yilidan Siz tabiiy fanlardan biri bo‘lgan kimyo fanini о‘rgamishni boshlay-siz. Kimyo qiziqarli, mo‘jizalarga boy bo‘lgan fandir. Bu fanning sirlarini o‘rganishda Sizga omad tilaymiz. Unutmang, Siz Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur singari buyuk allomalarning avlodisiz.
Ota-onangiz, ustozlaringiz, Vataningiz О‘zbekiston Sizni haqiqiy inson, yetuk muta-xassis, ijodkor bo‘lib yetishishingizni, el-yurt oldida obro‘-e'tibor topishingizni xohlaydi.
Yodingizda tuting! Fan olamining hali ochilmagan qirralari kо‘p. Ularni zabt etmoq Sizning zimmangizda.

Kimoyo, 7 sinf, Asqarov I.R., To‘xtaboyev N.X., G‘opirov K.G‘., 2017


MOLEKULAR VA NOMOLEKULAR MODDALAR.
Molekula o‘zaro bog‘langan atomlar guruhidan iborat. Molekular tuzilishdagi moddalar bir xil molekulalardan tashkil topgan va shuning uchun bunday moddalar tarkibi o‘zgarmas bo‘ladi (ulami dastlab ingliz olimi J. Dalton ta‘riflagani uchun daltonidlar deb ham ataladi).

Odatda, moddalar gazsimon holatda molekular tuzilishda bo‘ladi. Moddalar suyuq yoki qattiq holatda bo‘lganda modda molekulalari orasidagi masofa nisbatan yaqin va ulami o‘zaro ta’sirlashish kuchlari katta bo‘ladi. Shu kuchlar ularni bir-biriga bog‘lanib turishini, ya’ni moddani suyuq yoki qattiq holatda bo‘lishini ta’minlaydi.

Nomolekular tuzilishdagi moddalarga, asosan, qattiq moddalar kiradi, ular kristall tuzilishga ega. Ularning kristall tugunlarida molekula emas, balki atom yoki boshqa zarra turadi.

MUNDARIJA.
I bob. Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari.
1-§. Kimyo fani va uning vazifalari. Fan sifatida rivojlanish tarixi.
O‘zbekiston kimyogar olimlarining kimyo faniga qo‘shgan hissalari.
2-§. Modda va uning xossalari.
1-amaliy mashg‘ulot. Kimyo xonasidagi jihozlar bilan ishlashda mehnat xavfsizligi qoidalari bilan tanishish.
2-amaliy mashg‘ulot. Laboratoriya shtativi, spirt lampasi bilan ishlash usullari, alanganing tuzilishini o‘rganish.
3-§. Atom-molekular ta’limot. Atom va molekulalarning realligi (mavjudligi). Kimyoviy element, kimyoviy belgi.
4-§. Atomlarning o‘lchami. Nisbiy va absolut massa.
5-§. Kimyoviy modda – atom va molekulalar uyushmasi.
Molekular va nomolekular moddalar.
6-§. Sof modda va aralashma.
3-amaliy mashg‘ulot. Ifloslangan osh tuzini tozalash.
7-§. Oddiy va murakkab moddalar.
8-§. Moddaning agregat holatlari.
9-§. Kimyoviy formula va undan kelib chiqadigan xulosalar. Valentlik. Indekslar haqida tushuncha.
10-§. Molekulalarning o‘lchami, nisbiy va absolut massasi. Mol va molar massa. Avogadro doimiysi.
11-§. Moddalarning xossalari: fizik va kimyoviy o‘zgarishlar.
12-§. Kimyoviy reaksiyalarning sodir bo‘lishi. Kimyoviy reaksiya tenglamalari. Koeffitsientlar.
13-§. Tarkibning doimiylik qonuni.
14-§. Massaning saqlanish qonuni.
15-§. Avogadro qonuni. Molar hajm.
16-§. Kimyoviy reaksiya turlari. Kimyoviy energiya.
I bobga doir masalalar yechish.
I bob yuzasidan test topshiriqlari.
II bob. Kislorod.
17-§. Kislorod.
18-§. Kislorod – oddiy modda.
19-§. Kislorodning kimyoviy xossalari. Biologik ahamiyati va ishlatilishi.
20-§. Kislorodning tabiatda aylanishi. Havo va uning tarkibi. Havoni ifloslanishdan saqlash.
21-§. Yonish. Yo‘nilg‘ilarning turlari.
4-amaliy mashg‘ulot. Kislorod olish va uning xossalari bilan tanishish.
II bob yuzasidan masala va test topshiriqlari.
III bob. Vodorod.
22-§. Vodorod.
23-§. Kislotalar haqida dastlabki tushunchalar.
24-§.Vodorodning olinishi.
25-§. Vodorod – oddiy modda. Vodorodning fizik va kimyoviy xossalari. Ishlatilishi.
26-§. Vodorod – sof ekologik yonilg‘i. Ishlatilishi.
III bobga doir masalalar yechish.
III bob yuzasidan test topshiriqlari.
IV bob. Suv va eritmalar.
27-§. Suv – murakkab modda. Fizik va kimyoviy xossalari.
28-§. Suvning tabiatda tarqalishi. Uning tirik organizmlar uchun ahamiyati, ishla tilishi.
29-§. Suv havzalarini ifloslanishdan saqlash choralari. Suvni tozalash usullari.
30-§. Suv – eng yaxshi erituvchi. Eruvchanlik.
31-§. Eritmalar.
32-§. Eritmada erigan moddaning massa ulushi, foiz, molar konsentratsiyasi.
Eritmalarning inson hayotidagi ahamiyati.
5-amaliy mashg‘ulot. 1. Erigan moddaning konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan eritmalarini tayyorlash.
2. Tuproqning suvli eritmasini tayyorlash va unda ishqor borligini aniqlash.
IV bobga doir masalalar yechish.
IV bob yuzasidan test topshiriqlari.
V bob. Anorganik moddalarning eng muhim sinflari.
5.1. Moddalarning toifalanishi.
33-§. Metallmaslar va metallar.
Murakkab moddalaming toifalanishi.
5.2. Oksidlar.
34-§. Oksidlarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi.
35-§. Oksidlaming toifalanishi.
36-§. Oksidlarning olinishi va xossalari.
37-§. Eng muhim oksidlarning ishlatilishi.
5.3. Asoslar.
38-§. Asoslarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi.
39-§. Asoslaming toifalanishi.
40-§. Asoslarning olinishi va xossalari.
41-§. Eng muhim asoslarning ishlatilishi.
5.4. Kislotalar.
42-§. Kislotalar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi.
43-§. Kislotalarning toifalanishi.
44-§. Kislotalarning olinishi va xossalari.
6-amaliy mashg'ulot. Sulfat kislota bilan mis (II)-oksid, shuningdek, temir (III)-oksid orasidagi almashinish reaksiyalarini olib borish va reaksiya mahsulotlarini eritmadan ajratish.
45-§. Eng muhim kislotalarning ishlatilishi.
5.5. Tuzlar.
46-§. Tuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi.
47-§. Tuzlar formulalarining ifodalanishi.
Tuzlarning toifalanishi.
48-§. Tuzlarning olinishi va xossalari.
49-§. Eng muhim tuzlarning ishlatilishi.
V bob yuzasidan test topshiriqlari.
50-§. Ekvivalentlik qonuni.
VI bob. Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlarning o‘zaro genetik bog‘lanishi.
51-§. Oksid, asos, kislota va tuzlar orasida o‘zaro genetik bog‘lanish.
7-amaliy mashg‘ulot. Anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oid bilimlarni
umumlashtirish yuzasidan tajribaviy masalalar yechish.
VI bob yuzasidan test topshiriqlari.
Laboratoriya ishlari.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Kimoyo, 7 sinf, Asqarov I.R., To‘xtaboyev N.X., G‘opirov K.G‘., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: :: ::


Следующие учебники и книги:
Предыдущие статьи:


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-21 23:16:52