Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Boltayev B., Mahkamov M., Azamatov A., Rahmonqulova S., 2017.
Учебник по информатике для 6 класса на узбекском языке.
Siz 5-sinf «Informatika va axborot texnologiyalari» darsligi yordamida zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan biri bo‘lgan kompyuterdan foydalanish bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ldingiz. Shu bilan birga, kompyuter o‘qitish, hisoblash, tasvirlash, tahrir qilish, dam olish hamda axborot bilan ishlash vositasi ekanligi haqida ma’lumot oldingiz.
Zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlash bo‘yicha to‘liq malakaga ega bo‘lish har bir yosh avlodga zarur. Shu sababli, 6-sinf «Informatika » darslarida sizlarga zamonaviy kompyuterlar dasturiy ta’minotidan biri bo‘lgan matn bilan ishlash dasturlarining vazifalari va imkoniyatlari haqidagi bilimlar qiziqarli va ko‘rgazmali ko‘rinishda beriladi. Ushbu darslik yordamida matn hosil qilish va hujjatlar tayyorlash, tahrir qilish va bezak berish usullarini kompyuterda amaliy ishlar bajarish asosida o‘rganasiz.
O‘ylaymizki, «Informatika va axborot texnologiyalari» fani sizlarda kompyuter doimiy ko‘ makchingiz va mehnatingizni yengillashtiruvchi vosita ekanligi haqida tasavvur qoldirishi bilan birga, amaliy ishlarni bajarishingizda yangi qirralarning ochilishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Aziz o‘quvchilar! Ushbu darslik, sizga, kompyuterda ishlab izlanishingizda va tadqiqotchiga aylanishingizda yaqindan ko‘makdosh bo‘ladi, deb umid qilamiz.
MATN MUHARRIRLARI HAQIDA MA’LUMOT.
Kompyuterlar ishlab chiqilishi va rivojlanishi yozuv san’atini tubdan o‘zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog‘ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga yo‘naltirilgan ko‘plab dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar, asosan, ikki turga bo‘linadi:
Masalan, e’tiboringizga havola etilgan ushbu darslik ham matn protsessorida yozilgan bo‘lib, turli rasmlar, jadvallar, ranglar va boshqa bezaklardan foydalanilganligini shu mavzudan ham ko‘rishingiz mumkin.
Har xil rusumdagi kompyuterlar uchun turli matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Bir rusumli kompyuter uchun o‘nlab matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Masalan, Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritilgan Блокнот, WordPad va hokazo. Shuni bilingki, Блокнот, Word-Pad matn muharrirlari siz 5-sinfda o‘rgangan Paint yoki Калькулятор dasturlari kabi ishga tushiriladi.
MUNDARIJA.
So‘zboshi.
1-dars. Matn muharrirlari.
2-dars. MS Word matn protsessori interfeysi.
3-dars. Hujjat hosil qilish va saqlash.
4-dars. Wordda matn yozish qoidalari.
5-dars. Hujjatlarning asosiy parametrlari.
6-dars. Hujjatlarni tahrir qilish.
7-dars. Hujjatni formatlash.
8-dars. Hujjatni tahrirlash va formatlashga oid mashqlar.
9-dars. Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash.
10-dars. Hujjatlarda shakllar va chizmalar.
11-dars. Rasm va chizmalarga oid amaliy dars.
12-dars. Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash.
13-dars. Jadvallar ustida amallar.
14-dars. WordART obyekti.
15-dars. Wordda formulalar yozish.
16-dars. Wordda hujjatni chop etish.
17-dars. Takrorlashga doir topshiriqlar.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Boltayev B., Mahkamov M., Azamatov A., Rahmonqulova S., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Теги: учебник на узбекском языке :: информатика :: Boltayev :: Mahkamov :: Azamatov :: Rahmonqulova :: 6 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Informatika, 5 sinf, Kamolitdinova D., 2016
- Informatika, Qisqacha ma’lumotlar, 2016
- Самоучитель Microsoft Visual Studio 2010, Майо Д., 2011
- Informatika, 5 sinf, Kamolitdinova D., 2016
Предыдущие статьи:
- Техническая эксплуатация телекоммуникационных систем АХЕ 10/АХЕ 810, Павлова Е.В., 2016
- Обслуживание микропроцессорных систем, Фергусон Д., Макари Л., Уилльямз П., 1989
- Мультиархитектурные вычислительные суперсистемы, перспективы развития, Митропольский Ю.И., 2016
- Многомерные многоскоростные системы обработки сигналов, Чобану М., 2009