Обучалка в Телеграм

Ota izidan, Qissa va hikoyalar, Yoqubov O., 2021


Ota izidan, Qissa va hikoyalar, Yoqubov O., 2021.

Книги по художественной литературе на узбекском языке.

   Farzand - otaning izdoshi, farzand - otaning g ururi, farzand -otaning suyanchi. Bu ko‘pchilik biladigan oddiy haqiqat.
Odil Yoqubov asari qahramoni bo'lgan Shukurjon ham otasiga shunday sadoqat bilan ulgaygan ziyoli yigit. U bosmachilar bilan jangda halok bo‘lgan otasining diydorini ko'rmagan, otasining bagrida orom olmagan, otasining erkalashlaridan bahramand bolmagan. Bunday go‘zal va eng shirin tuyg'ularga qalbi tashna bo‘lib voyaga yetgan. Afsuski, ona ko‘kragini har tun qo'msaydigan go‘dak bu mehrdan ham mosuvo bo'lib, ona tomonidan buvisi qo'lida tarbiya topadi.
Buvisi Shukurjonni ota-onasiga mehr tuyg'usi bilan voyaga yetkazadi, unga har oqshom uyqu oldidan otasining qahramonligi haqida go'zal hikoyalar so zlab beradi.
Voyaga yetgan Shukurjon endi otasi ruhini shod qilish, uning pok nomini oqlashni o'zining farzandlik burchi deb biladi, shunga ahd qiladi. Ammo bu yo'lda uning oldida bir qancha to'siqlar paydo bo'ladi.
Yosh kitobxon do'stim! Keling, asarni birgalikda 0‘qiylik, Shukurjonga xayrixoh bo'laylik.

Ota izidan, Qissa va hikoyalar, Yoqubov O., 2021


ОТА IZIDAN.
Shukurjon institut binosidan chiqqanida quyosh ufqqa yonboshlagan, ko'chani daraxtlarning soyasi qoplagan, lekin kunduzgi harorat hali bosilmagan edi. Ro'paradagi tol va teraklarning chang bosgan yaproqlari qimir etmas, g‘ir etgan shabada yo‘q edi.

Shukurjon butun azoyi badanida qattiq charchoq his etib, bir nafas eshikka suyanib turdi (u kun bo‘yi Xorazmga ketayotgan ekspeditsiya ishlari bilan idoraYna-idora qatnab holdan toygan edi), so'ng yoqasining tugmalarini yechib, yelpindi-da, zinapoyadan tushib, chapga burilib ketdi. Yo'lakboylab besho‘n qadam yurmagan edi hamki, orqadan kimdir chaqirdi. U burilib qaradi va eshikda turgan professor Yunus Rajabovichni ko'rdi. Shukurjon orqasiga qaytmoqchi bo'lgan edi, professor: «turavering, turavering», degan manoda qo‘l silkitdi va zinapoyadan tushib, unga tomon yurdi.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ota izidan, Qissa va hikoyalar, Yoqubov O., 2021 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-11-17 23:22:15