Asqartog' tomonlarda, Qissalar, A’zam A., 2019.
Книги по художественной литературе на узбекском языке.
Ahmad A’zam qator qissalari, “Gulistonga safar” nomli romani bi-lan adabiyotimizda yorqin iz qoldirgan katta iste’dod egasi edi. Ushbu kitobga yozuvchining eng sara qissalari jamlangan.
Asardagi o‘ziga xos usul, nuqtai nazar o‘quvchilami sira befarq qoldirmaydi.
“HALI HAYOT BOR...”
Ko‘miming qorasi bir pasda tarqaladi-ya. Tushganiga qancha, bo‘lsa, biron soat bo‘lgandir-da, shamol yo yengilroq shabada ham yo‘q, gardi o'tgan-qaytganning egniga ilashadimi, yo oyog‘idagi kalishining tishiga kirib qoladimi, mahallaning u boshigacha boribdi. O‘ylasang, yuragingni vahm bosadi: xuddi joni bordek, tushgan joyidan hammayoqni qoraga bulg‘ab, o‘zidan-o‘zi, sekin tarqalib-tarqalib ketaveradi... Xuddi qorong'i elanib-sizib cho‘kayotgandek. Yana, yomcya gapdek...
Haqiqatan-ey, yomon gap ham shu, bir chiqmasin, keyin tamom - to'xtamaydi: o‘zicha ko'payib, bolalab ketaveradi. Mana, bir odamning mazasi yo‘qroq ekan, deb ko‘ring, shun-chaki, jo‘rttaga gap chiqaring, kun o‘tmay, o'zingizni uning janozasiga aytib keladilar, bormasangiz, yana odamgarchilikdan chiqqanga yo‘yadilar. O‘lsang, sening o'ligingni ham shu odamlar ko‘taradi-ku, deb qo‘rqitadilar yana. O‘v birodarlar, es joyidami, o‘zim to‘qigan mish-mish bu, oqibatini o‘ylamabman, deb hargiz urining, borib allaqachon uning oilasidan ko‘ngil so‘raganlami shafe keltiradilar. Hayhay demasangiz, savob uchun go‘riga yetti ketmon tuproqni zo rg‘a sanab tortganlar ham chiqib qoladi.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Asqartog tomonlarda, Qissalar, A’zam A., 2019 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Теги: книга на узбекском языке :: литература :: A’zam
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Предыдущие статьи:
- Qaysar mushukcha, Tasawurni boyituvchi ertaklar, Nishonova F., 2016
- 0099 raqamli yolg onchi, Qissa va hikoyalar, Obidjon A., 2014
- Титраётган тоғ, Бўрихон Л., 2018
- Шайтонваччанинг найранглари, Учинчи китоб, Эркин Малик, 2014