Обучалка в Телеграм

O‘zbek tili, 10 sinf, Muxitdinova X.S., Muxamedjanova G.Z., Talipova F.S., Eshbayeva R.B., 2017


O‘zbek tili, 10 sinf, Muxitdinova X.S., Muxamedjanova G.Z., Talipova F.S., Eshbayeva R.B., 2017.

Учебник по узбекскому языку для 10 класса на узбекском языке.

   O‘zbek tilida egallagan bilimlaringizni og‘zaki va yozma nutqda mustaqil qo‘llashga, ko‘nikmalaringizni yanada oshirishga intilyapsiz. 10-sinfda o‘zbek tilidan ijtimoiy vaziyatlarga o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotga muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali mustaqil ishlay olish layoqatlarini o‘zlashtirasiz.
Og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalaringizni o‘stirish maqsadida yangi nutqiy mavzular, ularni ifodalashga xizmat qiluvchi leksik va grammatik vositalarni egallaysiz.
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiborli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilishni o‘rganasiz.

O‘zbek tili, 10 sinf, Muxitdinova X.S., Muxamedjanova G.Z., Talipova F.S., Eshbayeva R.B., 2017


Oilam – tayanchim va faxrim.
Men O‘zbekistonda tug‘ilganman. O‘zbekistonda turli millat vakillari bir oila bo‘lib yashaydilar. Aytishilaricha, qaldirg‘ochlar xosiyatli xonadonlarga in qurar ekan. Osoyishta, fayzli xonadonni qushlar ham sevadi, unga talpinadi, deydi xalqimiz. Oilaning fayzli va farovon bo‘lishi esa, albatta, unda yashaydigan kishilar, oila a’zolariga bog‘liq. Ular o‘zaro hamjihat bo‘lib yashasalar, bir maqsadni ko‘zlasalar, bu xonadon obod bo‘ladi.
 
O‘zbekistonda oilaga e’tibor katta. O‘zbek oilalarida ota-ona, bobobuvilarni e’zozlash, farzandlarga g‘amxo‘rlik qilish asosiy burch hisoblanadi. Oila – jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir. Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydi. Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va xotirjamlikka erishiladi. Mahalla, yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik, rivojlanish bo‘ladi. Eng qimmatli ahloqiy fazilatlar: halollik, rostgo‘ylik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik avvalo oilada shakllanadi.

Mundarija.
1-mavzu. O‘zbekiston – jannatmakon o‘lka.
(O‘tilganlarni takrorlash. O‘zbek tilining orfoepik va orfografik me’yorlari).
2-mavzu. Oilam tayanchim, faxrim.
(O‘zbek tilida so‘z tarkibi va qo‘shimchalarning asosga qo‘shilish tartibi).
3-mavzu. O‘zbekiston yoshlari.
(Gap. Gap bo‘laklari, ularning ifodalanishi).
4-mavzu. Do‘stlarim va qiziqishlarim.
(Gap bo‘laklarining uyushib kelishi.Uyushiq bo‘lakli gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi).
5-mavzu. Kitoblar dunyosi.
(Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘zlarning qo‘llanishi).
6-mavzu. O‘zbekiston olimlari.
(Gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda va qo‘shma gaplar).  
7-mavzu. Iqtidor va mehnat.
(Qo‘shma gap, ularning turlari. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar).
8-mavzu. Men yoqtirgan gazeta.
(Bog‘langan qo‘shma gaplar. Biriktiruv, zidlov va ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar).
9-mavzu. Qiziqarli ko‘rsatuvlar.
(Ergashgan qo‘shma gaplar).
10-mavzu. Tabiat va ekologiya.
(Tobe gaplarni bosh gapga bog‘lovchi vositalar).
11-mavzu. San’at va madaniyat.
(Ergashgan qo‘shma gaplarning o‘zaro va sodda gaplar bilan ma’nodoshligi).  
12-mavzu. Yaxshi fazilat – inson ko‘rki.
(Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar).
13-mavzu. Mehnat – kelajak poydevori.
(Qo‘shma gap turlarining ma’nodoshligi).
14-mavzu. Milliy liboslar.
(Ko‘chirma gaplar, ularda tinish belgilarining qo‘llanishi).
15-mavzu. Dunyo taomlari.
(O‘zlashtirma gaplar. Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish).
16-mavzu. O‘zbekiston havo yo‘llari.
(Nuqtali vergul, ikki va ko‘p nuqta belgilarining qo‘llanishi).
17-mavzu. O‘zbekiston temir yo‘llari.
(Tire, qo‘shtirnoq, qavsning ishlatilishi).
Sinfdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etilayotgan asarlardan parchalar.
O‘zbekcha-ruscha lug‘at.
Adabiyotlar ro‘yxati.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу O‘zbek tili, 10 sinf, Muxitdinova X.S., Muxamedjanova G.Z., Talipova F.S., Eshbayeva R.B., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-21 23:53:35