Geometriya. 7, umumta lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik, Azamov A., Haydarov B., Sariqov E., 2009

Geometriya. 7, umumta'lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik, Azamov A., Haydarov B., Sariqov E., 2009.

7-sinfda geometriyaning planimetriya qismini-yassi geometrik shakllarning xossalarini muntazam ravishda o'rganishga kirishiladi. Bunda sizsodda geometrik shakllar va ularning asosiy xossalari, geometrik o'lchashlar, uchburchaklar, ularning turlari va xossalari, uchburchaklarning tenglik alomatlari, parallel to'g'ri chiziqlar va ularning xossalari, uchburchakning tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatlar hamda yasashga doir masalalar bilan tanishasiz. "Geometriya-7" darsligi mazmunan aksiomatik tizim asosiga qurilgan bo'lsa-da, nazariy materiallarni erkin tarzda, sodda va ravon tilda ifoda etishga harakat qilingan. Barcha mavzu va tushunchalarturli hayotiy misollarorqali ochib beriladi. Har bir mavzudan so'ng keltirilgan savollar, isbotlashga, hisoblashga va yasashga doir ko'plab masala va misollar sizni ijodiy fikrlashga undaydi, o'zlashtirilgan bilimlarni chuqurlashtirishga va mustahkamlab borishga yordam beradi.

Geometriya. 7, umumta'lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik, Azamov A., Haydarov B., Sariqov E., 2009



Geometriya fani va predmeti. Geometriya fanining vazifalari.

Geometriyaga oid dastlabki tushunchalar, bundan 4-5 ming yil muqaddam qadimgi Misrda paydo bo'lgan. O'sha kezlarda Nil daryosining suvi har yili toshib, ekin maydonlarini yuvib turgan. Shuning uchun, ekinzorlarni qayta taqsimlash va soliq miqdorini aniqlash uchun bu maydonlarda belgilash va o'lchash ishlarini bajarishga to'g'ri kelgan (1-rasm). Qadimgi yunon olimlari yer o'lchash usullarini misrliklardan o'rganib, uni geometriya deb ataganlar. "Geometriya" yunoncha so'z bo'lib, "geo" — yer, "metrio" — o'lchash degan ma'noni anglatuvchi qismlardan tuzilgan. Geometriyaga oid dastlabki tushunchalar Qadimgi Bobilda ham paydo bo'lgan. Xususan, ta-rixchilar Pifagor teoremasi Bobilda topilgan deb hisoblashadi. Mil.aw. VII—VI asrlarda Qadimgi Xorazmda ham Misrdagi kabi Amudaryoning quyi qismida yer o'lchash ishlari bajarilgan.

MUNDARIJA.

I bob. Planimetriya. Boshlang'ich geometrik ma'lumotlar
II bob. Uchburchaklar
III bob. Yasashga doir masalalar
IV bob. Parallel to'g'ri chiziqlar
V bob. Geometriya kursining aksiomatik qurilishi
VI bob. Takrorlash
Javoblar va ko'rsatmalar



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Geometriya. 7, umumta lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik, Azamov A., Haydarov B., Sariqov E., 2009 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать djvu
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - djvu - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: :: ::


Следующие учебники и книги:
Предыдущие статьи:


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-03-18 23:11:42