Jahon tarixi, 10 sinf, Ergashev Sh., Xodjayev B., 2022.
Учебник по истории для 10 класса на узбекском языке.
Birinchi jahon urushidan keyingi davr “Eng yangi tarix” deb ataladi. U Birinchi jahon urushining yakuni – 1918-yildan boshlanib, hozirgi kungacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Eng yangi tarixga kishilik jamiyati rivojlanishining industrial sivilizatsiyadan postindustrial sivilizatsiyaga o‘tish davri sifatida qaraladi.
Industrial sivilizatsiyaning qaror topishi.
XVIII asrning oxirlarida boshlangan sanoat toʻntarishi faqat sanoatning emas, qishloq xoʻjaligining ham rivojini belgilab berib, butun XIX asr davomida koʻplab mamlakatlar taraqqiyotining asosiy mohiyatiga aylanib qoldi. Dastlab Angliya, uning ortidan Fransiya, biroz keyinroq AQSH, Germaniya, Avstriya-Vengriya, Italiya, Rossiya har xil tezlik bilan boʻlsa-da, shu yoʻldan bordilar. Shunday qilib, olimlar industrial sivilizatsiya deb atagan, bosh qadriyatlari texnik taraqqiyot va inson erkinligi boʻlgan sivilizatsiya XIX asrda Yevropa va AQSHda uzil-kesil qaror topdi hamda qariyb ikki asr mobaynida jahon xalqlari taraqqiyotining mazmuniga aylanib qoldi.
Fan va texnika sohasida erishilgan yutuqlar xoʻjalik hayotining rivojlanishiga ham katta taʼsir koʻrsatdi. Asrlar davomida dengiz va okeanlarda suzib yurgan yelkanli kemalar bilan bir qatorda paroxodlar paydo boʻldi. Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarining shaharlari temiryoʻl tizimi bilan bogʻlandi va bu sanoat hamda savdoning rivojlanishiga katta turtki berdi.
MUNDARIJA.
Kirish.
I BOB XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA JAHON MAMLAKATLARI: INDUSTRIAL SIVILIZATSIYANING QAROR TOPISHI.
1-mavzu. Industrial sivilizatsiyaning qaror topishi.
2-mavzu. “Yanada Buyuk Britaniya” uchun: yangi iqtisodiy va mafkuraviy tizimning paydo boʻlishi.
3-mavzu. Fransiya va Germaniya: Yevropada yetakchilik uchun kurash.
4-mavzu. Sharqiy Yevropa va Rossiya: jamiyatni isloh qilish muammolari.
5-mavzu. Ikki xil Amerika: Shimoliy va Janubiy Amerikada taraqqiyot yoʻnalishlari.
6-mavzu. Yaponiya, Xitoy va Hindiston: islohotlarning osiyocha yoʻli.
7-mavzu. Islom sivilizatsiyasi mamlakatlarida anʼanaviylik va islohotchilik oʻrtasidagi kurash.
8-mavzu. Afrika mamlakatlarida mustamlakachilik va taraqqiyot muammolari.
II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRATIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATUR.
9-mavzu. Birinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlari.
10-mavzu. Liberal-demokratik mamlakatlarda taraqqiyotning yangi muammolari.
11-mavzu. Totalitar va avtoritar diktatura mamlakatlari: yangi urush oʻchogʻining paydo boʻlishi.
12-mavzu. Osiyo mamlakatlarida mustaqillik va taraqqiyot muammolari.
13-mavzu. Afrikada milliy uygʻonish va mustaqillik gʻoyalarining paydo boʻlishi.
14-mavzu. Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlari.
III BOB 1945–1991-YILLARDA YEVROPA VA SHIMOLIY AMERIKA MAMLAKATLARI.
15-mavzu. Gʻarbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari.
16-mavzu. SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari.
17-mavzu. AQSH: yangi liderning paydo boʻlishi.
18-mavzu. Buyuk Britaniya va Fransiya: yangi Yevropani qurish.
19-mavzu. Germaniya va Italiya: magʻlubiyatdan keyingi taraqqiyot.
20-mavzu. Gʻarbiy Yevropada iqtisodiy va siyosiy integratsiya jarayonlari.
21-mavzu. Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari: diktatura va demokratiya.
22-mavzu. Sovet Ittifoqida islohotlar va inqiroz: imperiyaning tugatilishi.
23-mavzu. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari totalitarizm va demokratiya oraligʻida.
IV BOB UYGʻONAYOTGAN DUNYO: 1945–1991-YILLARDA OSIYO, AFRIKA VA LOTIN AMERIKASI MAMLAKATLARI.
24-mavzu. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari.
25-mavzu. Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya: Osiyo sivilizatsiyasi qadriyatlari va Gʻarb ishlab chiqarish usuli uygʻunligi.
26-mavzu. Hindiston va Pokistonda mustaqillikning murakkab yoʻli.
27-mavzu. Turkiya, Eron va Afg‘oniston: diniy qadriyatlar va zamonaviy sivilizatsiya muammolari.
28-mavzu. Suriya, Iroq va Janubi-gʻarbiy Osiyo mamlakatlari.
29-mavzu. Lotin Amerikasida milliy islohotchilik va taraqqiyotning boshqa yoʻllari.
30-mavzu. Afrikada mustaqillik, qashshoqlik va taraqqiyot muammolari.
31-mavzu. XX asrning ikkinchi yarmida ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Jahon tarixi, 10 sinf, Ergashev Sh., Xodjayev B., 2022 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Теги: учебник на узбекском языке :: история :: Ergashev :: Xodjayev :: 10 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Таърихи ҷаҳон, 7 синф, Насруллаев Л.М., Салимов Т., 2022
- Дүйнө тарыхы, 7 класс, Насруллаев Л.М., Салимов Т., 2022
- Дүниежүзі тарихы, 7 сынып, Насруллаев Л.М., Салимов Т., 2022
- Jáhán tariyxı, 7 klas, Nasrullayev L.M., 2022
Предыдущие статьи:
- O‘zbekiston tarixi, 7 sinf, Zamonov A., Ismatova N., 2022
- Qadimgi dunyo tarixi, 6 sinf, Sagdullayev A., Kostetskiy V., 2022
- O‘zbekiston tarixi, 10 sinf, Tilabayev S., Kenjayev D., 2022
- Jahon tarixi, 7 sinf, Nasrullayev L.M., Salimov T., 2022