Обучалка в Телеграм

O‘zbekiston tarixi, 10 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Zamonov А., Ismatova N., 2022


O‘zbekiston tarixi, 10 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Zamonov А., Ismatova N., 2022.

Учебник по истории для 10 класса на узбекском языке.

   Mazkur metodik qo‘llanma (xrestomatiya) umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan tarix fani o‘qituvchilariga innovatsion pedagogik texnologiyalar va interfaol usullarda dars o‘tishini yanada rivojlantirish, ularga pedagogik mahorat sirlarini ochib berish, pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliyotga joriy etishda pedagog-o‘qituvchilarning kasbiy malakasi va mahoratini oshirishga amaliy yordam tariqasida tayyorlandi. Shuningdek, qo‘llanma maktab o‘qituvchilariga nazariy dars va amaliy mashg‘ulotlarini rejalashtirish, ilg‘or pedagogik texnologiya elementlarini tarix darsi jarayonida qo‘llashga o‘rgatish, o‘qituvchilarda ijodiy va tahiliy, tanqidiy fikrlash darajalarini yanada oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

O‘zbekiston tarixi, 10 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Zamonov А., Ismatova N., 2022


BUXORO XONLIGINING BOSHQARUVI VA MANSAB BERISH TARTIBLARI.
Podsholik taxtiga ko‘tarilish quyidagicha bo‘lgan: hamma vazirlar, qozi ul-quzzot, va muftilar kigizning to‘rt burchagidan ko‘tarib, podsholik taxtiga qo‘yib, sultonlik tojini boshiga kiygizib, islom bayrog‘ini qo‘liga berganlar. Keyin Qur’onni oldiga qo‘yib aytganlar: «Shariat yo‘lidan chiqish mumkin emas, hukmi shariatga mos kelgan ahkomlarga rioya qilib, iqror va farmonbardor bo‘lish zarur », – deb ont ichirganlar.

... Mamlakatning hamma ixtiyori uning qo‘liga o‘tib, hokimlarni tayinlash va ularni ishdan olish ham hukmdor buyrug‘i bilan
bo‘lgan. Uning taxti oldida bir qancha Shig‘ovul, Mahramu mahramboshi, mehmonxona mahramlari xizmatda turganlar. Ariza va muborak nomlarni olib podshoga berganlar. Hudaychi ham amir xizmatida turib, uning amali Shig‘ovul amalidan yuqori turgan. Safar va harakat chog‘ida uzangida Shig‘ovul va Hudaychi amir bilan birga yurgan. Amaldor bir nom bilan mashhur bo‘lgan. Masalan, chuhra oqosi, mirobboshi. Agar bekzoda bek avlodi bo‘lsa, avvalo, tunqotar, keyin jibachi bo‘lgan. Bekzoda bo‘lmasa, ikki amaldan so‘ng, ya’ni, avval tunqotar, keyin jibachi lavozimiga erishgach, qarovulbegi, miroxur, to‘qsoba, eshik oqoboshi, biy, parvonachi, dodxoh, kichik inoq, inoqi kalon, devonbegi, qo‘shbegi, otaliq bo‘lgan. Agarda biror shahar va viloyatga hokim tayinlamoqchi bo‘lsalar, avvalo, to‘qsobalardan tayinlaganlar.

MUNDARIJA.
Kirish.
Tarix darslarining samaradorligini oshirishda tarixiy faktlarni tanlash va ulardan foydalanishga bo‘lgan talablar.
O‘zbekiston tarixini o‘qitishning metodlari va ularning klassifikatsiyasi.
Rossiya imperiyasi bosqini arafasida Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklaridagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvol.
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga yurishi va Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi.
Buxoro amirligi va Xiva xonligining Rossiya imperiyasi vassaliga aylanishi.
Turkiston o‘lkasida siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimi (1867–1917-yillar).
Turkistonda Rossiya imperiyasiga qarshi milliy-ozodlik harakatlari.
Birinchi jahon urushining boshlanishi va uning Turkistonga ta’siri.
Turkistonda 1916-yilgi qo‘zg‘olonning boshlanishi.
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Buxoro amirligi va Xiva xonligi.
XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida qoraqalpoqlar turmush tarzi va madaniyati.
Turkistonda jadidchilik harakati.
Jadidchilik harakati namoyandalari va ularning faoliyati.
Turkistonda ilm-fan va madaniyat.
Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida.
Yosh buxoroliklar faoliyati va Buxoro amirligining tugatilishi.
Xiva xonligining tugatilishi.
Turkiston Muxtoriyati.
Turkiston o‘lkasida sovet hokimiyati boshqaruv tizimining o‘rnatilishi.
Turkiston ASSR, BXSR va XXSRda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatlar.
O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish.
O‘zbekiston SSRning tashkil topishi.
Sovet hokimiyati amalga oshirgan islohotlarning mohiyati. Industrlashtirish siyosati va uning natijalari.
O‘zbekistonda sovet hokimiyati yuritgan madaniy siyosat.
Sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi qatag‘on siyosati.
O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi yillarida.
O‘zbekistonliklarning frontdagi jasorati va qahramonliklari.
O‘zbekiston fani va madaniyati g‘alaba uchun xizmatda.
O‘zbekiston xalq xo‘jaligining urushdan keyingi yillardagi rivojlanishi.
1980–1990-yillarda O‘zbekiston.
O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy faollik va mustaqillik sari intilishning kuchayishi.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу O‘zbekiston tarixi, 10 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Zamonov А., Ismatova N., 2022 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: ::


Следующие учебники и книги:
Предыдущие статьи:


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-03 00:29:12