Обучалка в Телеграм

Geografiya, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, 5 sinf, Gulyamov P.N., 2020


Geografiya, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, 5 sinf, Gulyamov P.N., 2020.

Учебник по географии для 5 класса на узбекском языке.

   Siz bu yildan boshlab yangi fan – Geografiyani o‘rganasiz. Bizning buyuk bobokalonlarimiz geograf iyani yaxshi bilishgan, shuning uchun ham ushbu fanga oid qimmatli va qiziqarli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar.
Geograf iyani yaxshi o‘rganish uchun sizda qo‘lingizdagi darslikdan tashqari, «Tabiiy geograf iya boshlang‘ich kursi» atlasi, yozuvsiz xarita hamda katak chiziqli daftar bo‘lishi zarur. Shuningdek, rangli qalamlar, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, sirkul va ba’zi topshiriqlarni bajarish uchun kompas va globus ham kerak bo‘ladi. Paragraf oxirida berilgan topshiriqlarni bajarganingizda, savollarga javob berganingizda darslikdagi rasm va xaritalardan foydalanishni unutmang.

Geografiya, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, 5 sinf, Gulyamov P.N., 2020


GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR VA HOZIRGI ZAMON GEOGRAFIYASI.
Inson hayoti tabiat bilan bog‘liq bo‘lgani uchun kishilar qadim zamonlardanoq o‘zlari yashaydigan joy tabiatini yaxshi bilishga harakat qilishgan. Keyinchalik qayiqlar, yelkanli kemalar yasab, dengizlarda suzishgan, yangi yerlarni kashf qilganlar. Borgan joylari tabiatini, odamlarning yashash tarzini tasvirlab yozishgan. O‘zlari yashaydigan joyning hamda borgan yerlarining eng sodda xaritalarini chizishgan. Shu yo‘l bilan geografik ma’lumotlar to‘plana borgan. Savdo aloqalarining o‘sishi, harbiy yurishlar, uzoq o‘lkalarga sayohatlar Yer haqidagi
bilimlarning ko‘payishiga yordam bergan.

Miloddan avvalgi 3-asrda qadimgi yunon olimi Eratosfen Yerning kattaligini ancha aniq hisoblagan. U dunyoning dastlabki xaritalaridan birini tuzgan. Uning xaritasida Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoning g‘arbiy qismlari tasvirlangan (1-rasm). Bu xaritaga nisbatan ancha mukammalroq xaritani milodiy 2-asrda Ptolemey tuzgan (2-rasm). Unda Yevropa va Osiyoning katta qismi hamda Afrikaning shimoli tasvirlangan.

Mundarija.
Darslik bilan qanday ishlash kerak?.
I bob. Geografiya fani va uning rivojlanishi.
1-§. Kirish. Geograf iya nimani o‘rganadi?.
2-§. Geografik kashfiyotlar va hozirgi zamon geografiyasi.
II bob. Yer — Quyosh sistemasidagi sayyora.
3-§. Quyosh, Oy va yulduzlar.
4-§. Yerning shakli va o‘lchamlari.
5-§. Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishi.
III bob. Geografik xaritalar.
6-§. Azimut va masofani o‘lchash.
7-§. Joy balandligi.
8-§. Masshtab.
9-§. Amaliy mashg‘ulot.
10-§. Geografik xaritalar.
11-§. Geografik koordinatalar.
12-§. Amaliy mashg‘ulot.
IV bob. Yerning qattiq qobig‘i — litosfera.
13-§. Yerning ichki tuzilishi.
14-§. Litosfera. Tog‘ jinslari.
15-§. Yer po‘stining harakatlari.
16-§. Yer yuzasi relyefining asosiy shakllari.
V bob. Yerning suv qobig‘i — gidrosfera.
17-§. Gidrosferaning tarkibi. Dunyo okeani.
18-§. Daryolar.
19-§. Ko‘l va muzliklar. Yer osti suvlari.
20-§. Umumlashtiruvchi takrorlash.
VI bob. Yerning havo qobig‘i — atmosfera.
21-§. Atmosferaning tuzilishi.
22-§. Havo harorati va bosimi.
23-§. Amaliy mashg‘ulot.
24-§. Shamol.
25-§. Havoning namligi va yog‘inlar.
26-§. Amaliy mashg‘ulot.
27-§. Ob-havo va iqlim.
VII bob. Biosfera. Inson va tabiat.
28-§. Yerning hayot qobig‘i — biosfera.
29-§. Tabiat zonalari.
30-§. Umumlashtiruvchi takrorlash.
Mustaqil o‘qish uchun.
Inson va tabiat.
Termin va tushunchalarning izohli lug‘ati.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Geografiya, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, 5 sinf, Gulyamov P.N., 2020 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-11-01 23:44:19