Обучалка в Телеграм

Odobnoma, 1 sinf, Hasanboyeva O., Inoyatova M., 2018


Odobnoma, 1 sinf, Hasanboyeva O., Inoyatova M., 2018.

Учебник по этике для 1 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Salomlashishning muhim qoidalari quyidagilardan iborat:
1. Kichik kattaga, yolg‘iz odam ko‘pchilikka salom beradi.
2. Ochiq chehra bilan, qo‘lni ko‘ksiga qo‘yib salomlashish kerak.
3. Salomlashish vaqtida “Assalomu alaykum”, “Ko‘rganimdan xursandman”, “Sog‘ bo‘ling”, “Kuningiz xayrli bo‘lsin” kabi sehrli so‘zlarni ishlatish kerak.

Odobnoma, 1 sinf, Hasanboyeva O., Inoyatova M., 2018


MINNATDORLIK VA JONKUYARLIK.
Uch ona va bir qariya bozordan birga qaytishdi. Ayollarning qo‘llarida yuklari bor edi. Ikki ona yo‘l bo‘yi o‘z farzandini maqtab keldi. Birinchi ona farzandini chaqqon akrobat ekanini, ikkinchi ona o‘g‘lining bulbulday xushovoz ekanini aytdi. Uchinchi ona hech narsa demadi. Uyga yaqinlashganlarida farzandlari ularning qarshisidan chiqishdi.

Birinchi onaning o‘g‘li oyog‘ini osmonga ko‘tarib, usta akrobatlardek qo‘llari bilan yurib keldi. Ikkinchi ona ning o‘g‘li bulbulday go‘zal ovozi bilan qo‘shiq kuyladi. Uchinchi onaning o‘g‘li esa salom berib, onalarning yukini qo‘llaridan oldi. Uchinchi ona o‘g‘liga rahmat aytib, yelkasiga qoqib qo‘ydi. Buni ko‘rgan qariya: – Men jonkuyar va maqtovga loyiq birgina bolani ko‘rdim, – dedi.

MUNDARIJA.
I. O‘ZBEKISTON — OZOD VA OBOD DIYOR.
1. MUSTAQILLIK KUNI.
2. BOBOLARDAN MEROS YURT.
3. ODOB-AXLOQ ME’YORLARINING DASTLABKI TALABLARI.
II. ODOB — INSON UCHUN OFTOB.
4. ETIKETNING ASOSIY QOIDALARI.
5. ETIKET NIMAGA O‘RGATADI.
6. ETIKETNING ASOSIY TALABI.
7. YAXSHILIK VA YOMONLIK.
8. MAS’ULIYAT.
9. RAHMDILLIK VA BAG‘RIKENGLIK.
TAKRORLASH.
III. INSON VA JAMIYAT.
10. SALOMLASHISH QOIDALARI.
11. SALOMLASHISH ODOBI.
12. OVQATLANISH QOIDALARI VA MADANIYATI
13. ODOBLI BOLA ELGA MANZUR.
14. MINNATDORLIK VA JONKUYARLIK.
15. UYDA VA TA’LIM MUASSASASIDA ODOB-AXLOQ QOIDALARI.
16. JAMOAT JOYLARIDA O‘ZINI TUTISH.
17. XAVFLI VAZIYATLARDA TO‘G‘RI HARAKAT QILING.
TAKRORLASH.
IV. INSON SALOMATLIGI – YURT BOYLIGI 18. SHAXSIY GIGIYENA QOIDALARI.
19. BADANTARBIYA – SOG‘LIK GAROVI.
V. BILIM OL, HUNAR O‘RGAN.
20. KITOB – BILIM CHIROG‘I.
21. BILIM OL, HUNAR O‘RGAN.
22. INSON MEHNATI BILAN SHARAFLIDIR.
23. MENING QO‘G‘IRCHOQLARIM.
KIM BO‘LSAM EKAN? (amaliy mashg‘ulot)
VI. AJDODLAR XOTIRASI ABADIYDIR.
24. XOTIRA VA QADRLASH KUNI.
ZIYORAT QILISH ODOBI (amaliy mashg‘ulot).
VII. TABIAT VA BIZ.
25. TABIAT QO‘YNIGA SAYOHAT ODOBI.
26. JONIVORLARGA G‘AMXO‘RLIK — EZGU FAZILAT.
27. TABIAT NE’MATLARINI TEJASH.
28. NAZORAT ISHI.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Odobnoma, 1 sinf, Hasanboyeva O., Inoyatova M., 2018 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-09 00:06:42