Mehnat ta’limi, Texnologiya, 7 sinf, Eshpo‘latov B., 2017.
Учебник по технологии для 7 класса на узбекском языке.
Hurmatli o‘quvchilar, sizlar 5-va 6-sinflarda mehnat ta’limi bo‘yicha metall, yog‘och, pazandachilik va tikuvchilikga oid birmuncha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldingiz. 7-sinfda mana shu ishlarni yanada mukammalroq o‘rganasiz. Mehnat ta’limining “Texnologiya va dizayn” va “Servis xizmati” yo‘nalishlarining turli mavzulari bo‘yicha murakkabroq ishlarni bajarib, olgan bilimlaringizni rivojlantirasiz. Bu bilan egallagan bilimingiz orqali sidqidildan va ijodkorlik bilan ishlashda, ko‘zlagan maqsadga intilishda va yuksak samaralarga erishishda har qanday qiyinchilikni yenga olasiz.
Ushbu darslikda tegishli ishlarni bajarishning yo‘l-yo‘riqlari berilgan bo‘lib, ularni o‘z maktabingiz sharoitiga, o‘z sinfingiz imkoniyatiga moslab amalga oshirishingiz mumkin. Mazkur darslik ko‘zlagan buyuk maqsadlaringizga erishishingizda yaqin ko‘makchingiz bo‘ladi.
Yog‘ochni quritish va saqlash qoidalari.
Duradgorlik o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarda nam yog‘ochlardan buyumlar yasash tavsiya etilmaydi. Shuning uchun ularni dastlab quritish lozim. Ammo ishlab chiqarishda foydalaniladigan yog‘ochlar ma’lum darajada nam bo‘ladi. Suv yog‘och xujayralarining devorchalari orqali singib, ularning ichi va oralariga joylashadi. Xujayra devorchalariga shimilgani suv gigoskopiya suv, xujayralarning ichi va orasiga singan suv erkin tomchi deb ataladi.
Yog‘ochning namligi laboratoriya sharoitida asosan ikki usulda uning nam va quritilgan xoldagi oralig‘ini o‘lchash yoki namlikni o‘lchaydigan asbob elektr nam o‘lchagich yordamida aniqlanadi. Yog‘och namligini tortish yo‘li bilan aniqlash uchun taxta yoki gullarning uchidan 0,5 sm qismi kesib tashlanadi, qolgan qismidan 10–15 mm qalinlikda butoqsiz va biron nuqsonsiz namuna arralab olinadi.
Uni tozalab texnik tarozida 20 mg aniqlik bilan tortiladi. So‘ng quritish shkafida 100–1050 C haroratda quritiladi. Namuna birinchi marta olti soatdan so‘ng tortib quritiladi, undan keyingi tortishlar har 2 soatda takrorlanadi. Quritish namunaning og‘irligi o‘zgarmay qolguncha davom etadi. Yog‘ochning namligi undagi suv miqdorining mutloqo quruq yog‘och oralig‘iga yoki zichligiga nisbatan aniqlanib, foizlarda ifodalanadigan kattalikdir.
MUNDARIJA.
Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi (32 soat).
Umumiy tushunchalar (2 soat).
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (10 soat).
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (6 soat).
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (12 soat).
POLIMER MATERIALLARGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI (6 soat).
METALLGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI (14 soat).
Umumiy tushunchalar (2 soat).
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat).
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (2soat).
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (6 soat).
Elektrotexnika ishlari (12 soat).
Uy-rо‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash (4 soat).
SERVIS XIZMATI YО‘NALISHI.
Pazandachilik asoslari (18 soat).
Umumiy tushunchalar (2 soat).
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (2 soat).
Amaliy mashg‘ulot: Bifshteks yoki tovuqdan taom tayyorlash.
Pazandachilikda ishlatiladigan jihozlar va ulardan foydalanish (4 soat).
Taomlar tayyorlash texnologiyasi (10 soat).
GAZLAMAGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI.
Umumiy tushunchalar (4 soat).
Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat).
Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (4 soat).
Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (34 soat).
Rо‘zg‘orshunoslik asoslari (4 soat).
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Mehnat ta’limi, Texnologiya, 7 sinf, Eshpo‘latov B., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Теги: учебник на узбекском языке :: технология :: Eshpo‘latov :: 7 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Texnologiya, 1 sinf, Miraxmedova D.S., Shamsiyeva Z.S., 2021
- Технология 2 класс, учебник, Санакулов Х.Р., Абдиева Д.Х., 2021
- Texnologiya, 1 sinf, Mannopova I., Mavlonova R., Ibragimova N., 2017
- Технология, Столярное дело, учебник 9 класса специализированных школ для детей с ограниченными возможностями и школ-интернатов, Азимов С.А., Кучкаров Б.А., 2020
Предыдущие статьи:
- Полимерные композиционные материалы: структура, свойства, технология, учебное пособие, Кербер М.Л., Виноградов В.М., Головкин Г.С., 2008
- Технология, Столярное дело, учебник для 8 класса специализированных школ детей с ограниченными возможностями и школ-интернатов, Азимов С.А., Кучкаров А.Б., 2020
- Технология, Столярное дело, учебник для 7 класса спецализированных школ и школ-интернатов детей с ограниченными возможностями, Азимов С.А., Кучкаров Б., 2020
- Mehnat ta’limi, 5 sinf, Sharipov Sh., 2015