Geografiya, O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi, 7 sinf, G‘ulomov P., 2017.
Учебник по географии для 7 класса на узбекском языке.
Aziz o‘quvchilar! Siz 6- sinfda «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi» bilan tanishganingizda Yer yuzining rang-barangligini, har bir materik, okean tabiati betakror ekanini, har bir qit’aning o‘rganilish tarixini bilib oldingiz, geografik komplekslarni o‘rgandingiz. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va ta’sirlar, insonning tabiatdan foydalanish masalalari, tabiatni muhofaza qilish muammolari bilan tanishdingiz.
7- sinfda Siz mamlakatimiz —O‘zbekiston Respublikasi joylashgan tabiiy geografik o‘lka—O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi bilan Vatanimiz tabiiy geografiyasini o‘rganasiz. O‘rta Osiyoning geografik o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlari, geologik tuzilishi, relyefi, foydali qazilmalari, iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari, hayvonot dunyosi, tabiatdan, uning boyliklaridan oqilona foydalanish masalalari bilan tanishasiz. Shu bilan birga, geografiyani o‘rganishda xaritalardan foydalanishni, xaritalarning qanday ishlanishini, turlarini, topografik xaritalar, ulardan qanday foydalanishni bilib olasiz. Yana vaqt hisobi, soat mintaqalari, iqlim hosil qiluvchi omillar, tuproqlar haqida umumiy tushunchalarga ega bo‘lasiz.
ÒOPOGRAFIK XARITALAR.
Òopografik xaritalar haqida tushuncha. Odatda, geografik xaritalarning masshtabi juda kichik bo‘ladi, ularda Yer yuzasi tasviri million marta va undan ko‘proq marta kichraytirib ko‘rsatiladi. Yer yuzasining kichik qismini tasvirlovchi yirik masshtabli (1:200 000 va undan kattaroq) xaritalar topografik xaritalar deb ataladi. Mazmuniga ko‘ra, ular umumiy geografik xaritalar hisoblanadi. Yirik masshtabli (1:25 000, 1:50 000, 1:100 000) topografik xaritalar joyda bajariladigan topografik o‘lchov ishlari hamda aerosuratlar asosida tuziladi.
Yirik masshtabli topografik xaritalarda katta maydonlar tasvirlanadigan bo‘lsa, xarita juda kattalashib ketadi. Shuning uchun bunday xaritalar ayrim-ayrim varaqlarga bo‘linadi va ular ko‘p varaqli bo‘ladi.
Yirik masshtabli topografik xaritalarning har bir varag‘ida Yer yuzasining kichik qismi tasvirlanadi. Shuning uchun bunday xaritalarda mayda masshtabli xaritalarga nisbatan xatoliklar juda kam bo‘ladi, chunki kichik maydon yuzasi tekislikka yaqin bo‘ladi. Xaritaning masshtabi uning barcha qismida bir xil bo‘ladi.
MUNDARIJA.
Kirish.
I bo‘lim O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi.
1-§. O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi haqida tushuncha.
2-§. O‘rta Osiyo tabiiy o‘lkasining geografik o‘rni, chegaralari va o‘ziga xos xususiyatlari.
3-§. O‘rta Osiyoning geografik tekshirilish tarixi.
4-§. O‘rta Osiyo aholisi va siyosiy xaritasi.
5-§. Geografik xaritalar. Xarita andazalari (proyeksiyalari) haqida tushuncha.
6-§. Geografik xaritalar va ularning shartli belgilari.
7-§. Xaritalarning turlari va ulardan foydalanish.
8-§. Òopografik xaritalar.
9-§. Òopografik xaritalardan foydalanish.
10-§. Vaqt o‘lchovi. Soat mintaqalari. Òaqvimlar.
11-§. Amaliy mashg‘ulot.
12-§. O‘rta Osiyoning geologik tuzilishi. Geologik vaqt hisobi.
13-§. O‘rta Osiyo hududining rivojlanish tarixi. Foydali qazilmalari.
14-§. Yer yuzasi tuzilishining asosiy xususiyatlari.
15-§. O‘rta Osiyo iqlimi. Iqlimga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.
16-§. Havo massalari. Siklon va antisiklonlar.
17-§. O‘lka iqlimining ta’rifi. Tekislik iqlimi.
18-§. O‘rta Osiyo tog‘larining iqlimi.
19-§. O‘rta Osiyodagi iqlimiy tafovutlar.
20-§. O‘rta Osiyo suvlari haqida umumiy tushuncha.
21-§. Daryolari.
22-§. Ko‘llari va suv omborlari.
23-§. Yerosti suvlari.
24-§. Òuproqlar haqida tushuncha.
25-§. O‘rta Osiyo tuproqlari.
26-§. O‘rta Osiyo o‘simliklari.
27-§. Cho‘l o‘simliklari.
28-§. Adir, tog‘ va yaylov o‘simliklari.
29-§. Hayvonot dunyosi.
30-§. Òabiat zonalari.
31-§. O‘rta Osiyoning hududiy tavsifi.
32-§. O‘rta Osiyoning kichik o‘lkalari va tabiiy rayonlari.
33-§. O‘rta Osiyoning ekologik muammolari va tabiatni muhofaza qilish.
34-§. Takrorlash.
II bo‘lim O‘zbekiston tabiiy geografiyasi.
35-§. O‘zbekistonning geografik o‘rni, chegaralari va maydoni.
36-§. Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari.
37-§. Geologik tuzilishi va yer yuzasining taraqqiyoti.
38-§. O‘zbekiston iqlimi.
39-§. Yil fasllari va iqlim resurslari.
40-§. O‘zbekistonning ichki suvlari va suv boyliklari.
41-§. Ko‘llari, suv omborlari va yerosti suvlari.
42-§. O‘zbekistonning suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish.
43-§. O‘zbekiston tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi.
44-§. O‘zbekistonning tabiiy boyliklari va ularni muhofaza qilish.
45-§. Tabiat komplekslari tavsifi. O‘zbekistonning tabiiy geografik okruglari.
46-§. Chirchiq-Ohangaron tabiiy geografik okrugi.
47-§. Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi.
48-§. Farg‘ona tabiiy geografik okrugi.
49-§. Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi.
50-§. Mirzacho‘l tabiiy geografik okrugi.
51-§. Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi.
52-§. O‘rta Zarafshon tabiiy geografik okrugi.
53-§. Iqlimi, ichki suvlari, tuproqlari, o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosi.
54-§. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi.
55-§. Iqlimi, suvlari, tuproqlari va hayvonot dunyosi.
56-§. Surxondaryo tabiiy geografik okrugi.
57-§. Iqlimi, suvlari, tuproqlari va hayvonot dunyosi.
58-§. Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugi.
59-§. Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi.
60-§. Qizilqum tabiiy geografik okrugi.
61-§. Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi.
62-§. Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi.
63-§. Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi.
64-§. Ustyurt tabiiy geografik okrugi.
65-§. Iqlimi, suvlari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi.
66-§. Orol tabiiy geografik okrugi.
67-§. Amaliy mashg‘ulot. O‘zbekiston tabiiy geografik okruglariga qiyosiy tavsif berish.
68-§. Umumlashtiruvchi takrorlash.
Ilova.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Geografiya, O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi, 7 sinf, G‘ulomov P., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Теги: учебник на узбекском языке :: география :: G‘ulomov :: 7 клас
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografi yasi, 8 sinf, Musayev P.G‘., Musayev J.P., 2014
- O‘zbekistoiming iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi, 8 sinf, Musayev P.G‘., Musayev J.P., 2019
- Geografiya, Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi, 9 sinf, Qayumov A., Safarov I., Tillaboyeva M., Fedorko V., 2019
- География, начальный курс физической географии, учебник для 5 класса школ общего среднего образования, Гулямов П., 2020
Предыдущие статьи:
- Geografiya, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, 5 sinf, G’ulomov P., Qurbonniyozov R., 2015
- Geografiya, 6 sinf, Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, Soatov A., Abdulqosimov A., Mirakmalov M., 2017
- Климатическая система Земли, Мякишева Н.В., 2008
- Geografiya, 10 sinf, Sharipov Sh.M., Fedorko V.N., Safarova N.I., Rafiqov V.A., 2017