Jismoniy tarbiya, 5-6 sinf, Usmonxo‘jayev T.S., Arzumanov S.G., 2015.
Учебник по физкультуре для 5-6 класса на узбекском языке.
Aziz o‘quvchilar! Siz Vatanimiz bag‘rida ko‘nglingiz olam-olam orzu-havaslarga to‘lib, o‘sib, ulg‘ayib kelyapsiz. Yillar o‘tadi, orzularingiz ushaladi. Sizlar turli kasb egalari bo‘lib, ona-Vatanga xizmat qilasizlar. Bir narsani hech qachon unutmang: a’lo o‘qigan, irodali, jismonan chiniqqan va jasur o‘g‘il-qizlargina o‘z maqsadlariga erisha oladilar. Buning uchun, avvalo, sport va jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish zarur. Binobarin, badantarbiya mashqlari tayanch-harakat apparati — mushaklaringizni kuch-quvvatga to‘ldiradi, tanangizni sog‘lom, baquvvat qiladi.
Aziz o‘quvchilar, siz qo‘lingizdagi darslik orqali asosiy sport turlari bilan tanishib, ular haqida yetarli nazariy ma’lumotga ega bo‘lasiz va jismoniy mashqlarni darsdan tashqari paytlar (uy sharoiti, maktab stadioni)da mustaqil bajarishni o‘rganishga doir tavsiyalar olasiz.
SPORT GIMNASTIKASI.
Qadimda Yunonistonda har bir yigit va qiz kamolot yoshiga yetguncha jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanishi shart edi. Qizig‘i shundaki, yigitlar mashqni yalang‘och holda bajarganlar. „Gimnastika“ so‘zining kelib chiqishi ham shu bilan bog‘liq bo‘lib, yunon tilida gimnos — yalang‘och ma’nosini anglatadi. Sportning bu turi bilan shug‘ullangan kishining qomati chiroyli, har tomonlama kelishgan, mushaklari rivojlangan, harakatlari chaqqon va ravon bo‘ladi.
Kishining chaqqon, harakatchan bo‘lishida gimnastikaning o‘rni katta. Bu jihatdan hech bir sport turi gimnastikaning o‘rnini bosa olmaydi va umumiy jismoniy tayyorgarlikning puxta poydevorini ham ta’minlay olmaydi, deyish mumkin. Gimnastika mashqlarining qimmatli tomoni shundaki, u inson tanasining ayrim a’zolarigagina emas, balki barchasiga bab-baravar ta’sir ko‘rsatib, yaxshi natija beradi. Gimnastika mashqlari barcha yoshdagilar — ayollar-u erkaklarga barobar foydalidir.
MUNDARIJA.
Kirish.
I bob. Sport turlari haqida.
Sport gimnastikasi.
Arqonga tortilib chiqish.
Sport anjomlari yordamida mashqlar bajarish.
Akrobatik mashqlar.
Ritmik gimnastika kompleksi.
Yengil atletika.
Tekis yugurish.
Qisqa masofalarga yugurish.
Uzoq masofaga yugurish.
Uzunlikka sakrash.
Balandlikka sakrash.
To‘p uloqtirish.
Basketbol.
Basketbolda amal qilinadigan qoidalar.
Savatga to‘p tashlash.
Voleybol.
Voleybol o‘yinida bajariladigan asosiy usullar.
Voleybol musobaqasi qoidalari.
Gandbol (qo‘l to‘pi).
Gandbol musobaqasi qoidalari.
Futbol.
Futbol o‘yinidagi asosiy usullar.
Futbol musobaqasi qoidalari.
Kurash.
Kurash gilami.
Belbog‘li kurash qoidalarining xususiyatlari.
Harakatli o‘yinlar.
Suzish.
Suzishning asosiy usullari.
II bob. Mashqlarni bajarishda nimalarga e’tibor berish kerak?.
Ertalabki badantarbiya.
Ertalabki gimnastik mashqlar majmuyi.
Qad-qomatingizni to‘g‘ri shakllantiring.
Jismoniy tarbiyadan topshiriqlar.
Bolalarni jismonan rivojlantirishga qaratilgan mashqlar.
III bob. Kun tartibi.
Birinchi tibbiy yordam.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Jismoniy tarbiya, 5-6 sinf, Usmonxo‘jayev T.S., Arzumanov S.G., 2015 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Теги: учебник на узбекском языке :: физкультура :: Usmonxo‘jayev :: Arzumanov :: 5 класс :: 6 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Спортивные праздники и физкультурные досуги в дошкольных образовательных учреждениях, Алексеева Л.М., 2005
- Jismoniy tarbiya, 2 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2018
- Теория и методика обучения в избранном виде спорта, Волков И.П., 2015
- Теория и методика ушу, Середенко И.А.
Предыдущие статьи:
- Jismoniy tarbiya, 3 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2016
- Jismoniy tarbiya, 4 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2017
- Спортивная биохимия, Михайлов С.С., 2004
- Обучение базовым элементам фигурного катания, Тузова Е.Н., 2015