Обучалка в Телеграм

Biologiya, Botanika, 6 sinf, Pratov O‘., 2017


Biologiya, Botanika, 6 sinf, Pratov O‘., 2017.

Учебник по ботанике для 6 класса на узбекском языке.

   Aziz o‘quvchilar! Ushbu darslikdan siz, tabiatda be-qiyos o‘rin tutgan o‘simliklar dunyosi bilan tanishasiz. Siz o‘simliklar haqidagi dastlabki bilimlami boshlang‘ich sinf-larda o‘rgangan «Atrofimizdagi olam», «Tabiatshunoslik» darslaridan bilib olgansiz. Bu darslarda olgan bilimlaringiz siz uchun yangi fan - biologiyaning bir bo‘limi bo‘lgan bo-tanikani yanada mukammalroq o‘rganishingizga yordam beradi.

Biologiya, Botanika, 6 sinf, Pratov O‘., 2017


O‘SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI.
O‘simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda mosla-shishi hayotiy shakl deyiladi.
Gulli o‘simliklar hayotiy shakllariga ko‘ra daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tlarga bo‘linadi.

Daraxtlar - bitta yo‘g‘on yog‘ochlashgan tanali, baquvvat ildizli va keng shoxshabbali, baland bo‘yli ko‘p yil-lik o‘simliklar. Olma, o‘rik, yong‘oq va shaftolining shoxshabbasi yoyiq; qarag‘ay va terakniki g‘uj va tik; sadaqayrag‘ochniki sharsimon bo‘ladi (3-rasm).

Tabiiy holda o‘sadigan daraxtlar sharoitga qarab bir-biridan keskin farq qiladi. Tog‘larning o‘rta qismidagi archa bo‘ydor bo‘lib o‘ssa, eng balandliklardagisi esa yerdan 0,5-1 m ko‘tariladi, xolos. Bu hol o‘simliklami doimiy esib turadigan shamoldan va qishning qattiq sovuqlaridan saqlaydi.

Butalar - bir nechta yog‘ochlashgan poya - tanaga ega ko‘p yillik o‘simliklar (4-rasm). Ildizdagi qo‘shimcha kurtaklardan yangi yosh novdalar o‘sib chiqadi. Bularga irg‘ay, singirtak, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat, anor, limon, qoraqat, ligustram, nastarin kabi o‘simliklami misol qilib keltirish mumkin.

MUNDARIJA.
So‘zboshi.
I bob. O‘simliklar dunyosi bilan umumiy tanishuv.
l-§. Botanika - o‘simliklar haqidagi fan.
2-§. Gulli o‘simliklar bilan umumiy tanishish.
3-§. O‘simliklaming hayotiy shakllari.
II bob. Hujayra - hayotning asosi.
4-§. O‘simlik hujayrasining tuzilishi.
5-§. Hujayralaming hayotiy faoliyati.
6-§. O‘simlik to‘qimalari.
III bob. Gulli o‘simliklarning vegetativ va generativ organlari.
7-§. Ildiz turlari va tizimlari.
8-§. Ildizning ichki tuzilishi.
9-§. Shakli o‘zgargan ildizlar.
10-§. Novda.
11-S. Poyalarning xilma-xilligi.
12-§. Kurtak.
13-§. Poyaning ichki tuzilishi.
14-§. Novda tizimining shakllanishi.
15-§. Barglarning tashqi tuzilishi.
16-§. Oddiy va murakkab barglar.
17-§. Novdada barglarning joylashishi.
18-§. Barglarning ichki tuzilishi.
19-§. Shakli o‘zgargan novdalar.
20-§. Gul - o‘simliklaming gcncrativ ko‘payish organi.
21-§. Gullarning xilma-xilligi.
22-§. To'pgullar.
23-§. Mcvalar.
24-§. Urug‘.
IV bob. Gulli o‘simliklarning hayotiy faoliyati.
25-§. O‘simliklaming mincral oziqlanishi. Ildiz bosimi. O‘g‘itlar.
26-§. Poyada oziq moddalaming harakatlanishi.
27-§. Barglarda organik moddalarning hosil bo‘lishi.
28-§. O'simliklarning nafas olishi, oziqlanishi. O‘simliklarda moddalar almashinuvi.
29-§. O'simliklaming suv bug‘latishi.
30-§. Kuz faslida o'simliklar hayotida ro‘y beradigan o'zgarishlar.
31-§. O'simliklarning ko'payishi.
32-§. Gullarning changlanishi.
33-§. Gulli o'simliklaming jinsiy ko‘payishi. Urug‘lanish.
34-§. Mcva va urug‘larning tarqalishi.
35-§. Urug‘laming unib chiqishi.
36-§. O‘simlik - yaxlit organizm.
37-§. O'simliklar dunyosiga ekologik omillarning ta’siri.
V bob. O‘simliklar sistematikasi.
38-§. O‘simliklar sistematikasi haqida tushuncha.
39-§. Suvo'tlar. Bir hujayrali yashil suvo‘tlar.
40-§. Ko‘p hujayrali yashil suvo‘tlar.
41-§. Qo‘ng‘ir va qizil suvo'tlar bo‘limlari.
42-§. Yo'sinlar bo'limi.
43-§. Qirqbo‘g‘imlar bo'limi.
44-§. Qirqquloqlar bo'limi.
45-§. Ochiq urug‘li o‘simliklar bo‘limi. Archa.
46-§. Yopiq urug‘li o‘simliklar haqida ma’lumotlar.
47-§. Ra’nodoshlar oilasi.
48-§. Karamdoshlar oilasi.
49-§. Sho‘radoshlar oilasi.
50-§. Gulxayridoshlar oilasi.
51-§. Burchoqdoshlar (Dukkakdoshlar) oilasi.
52-§. Ituzumdoshlar oilasi.
53-§. Tokdoshlar oilasi.
54-§. Qovoqdoshlar oilasi.
55-§. Qoqio4tdoshlar (Murakkabguldoshlar) oilasi.
56-§. Loladoshlar oilasi.
57-§. Piyozdoshlar oilasi.
58-§. Bug‘doydoshlar (Boshoqdoshlar) oilasi.
59-§. Yerda o'simliklar dunyosining rivojlanishi.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Biologiya, Botanika, 6 sinf, Pratov O‘., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: ::


Следующие учебники и книги:
Предыдущие статьи:


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-21 23:54:09