Обучалка в Телеграм

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, 10 sinf, Bo‘tayev A.M., Sotvoldiyev A.Y., Yoqubov A.F., 2022


Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, 10 sinf, Bo‘tayev A.M., Sotvoldiyev A.Y., Yoqubov A.F., 2022.

Учебник по военному делу для 10 класса на узбекском языке.

  Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonuniga binoan o‘qitiladi. Fan o‘quv dasturi o‘quvchi-yoshlar maktabni bitirgach, mamlakat Qurolli Kuchlari safiga chaqirilar ekan, qisqa vaqt ichida zamonaviy qurollar va jangovar texnikalarni o‘zlashtira olishi uchun ularni yosh askar ega bo‘lishi lozim bo‘lgan darajadagi bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirishni ko‘zda tutadi.

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, 10 sinf, Bo‘tayev A.M., Sotvoldiyev A.Y., Yoqubov A.F., 2022


Buyuk sarkardalarning jangovar mahorati.
Buyuk sarkardalardan biri Aleksandr Makedonskiy yigirma yoshida taxtga o‘tirib, o‘n uch yildan kamroq vaqt ichida o‘sha paytda mashhur ko‘plab hududlarni bosib olishga, ulkan imperiya yaratishga muvaffaq bo‘lgan. U yoshligidan o‘zini harbiy xizmatning mashaqqatlariga tayyorlab, podshoh nasliga umuman xos bo‘lmagan hayot kechirgan. Unga berilgan taʼrif: “Ungacha harbiy strategiyaning o‘zi yo‘q edi, u hammasini jang paytida hal qilar edi”.

Gunnlar qabilasining harbiy sarkardasi – Attila. U kuchli, qattiqqo‘l va mohir harbiy taktik sarkarda bo‘lgan. U jang sanʼatini yaxshi o‘zlashtirgan va jang maydonida harbiy otliq askarlarning harakatlaridan mohirlik bilan foydalangan. Jangchilar urushga nihoyatda yaxshi tayyorgarlik ko‘rardi, hatto 100 metr uzoqlikdan ham nayza bilan aniq urar edi. Ular yaqin janglarda jangovar bolta va qilichlardan mohirlik bilan foydalana olishgan. U o‘zining jangchilarini maxsus, suv o‘tkazmaydigan qalin charmli ust kiyim va po‘lat bosh kiyim, bo‘ynilariga esa po‘latdan yasalgan halqa kiydirib, jangga kirgizgan.

MUNDARIJA.
Kirish.
I bo‘lim. HARBIY-VATANPARVARLIK VA HARBIY SAN’AT TARIXI.
I.1. Harbiy sanʼat tarixining shakllanishi.
1-mashg‘ulot. Dunyo miqyosida harbiy sohaning rivojlanishiga hissa qo‘shgan sarkardalar. Buyuk sarkardalarning jangovar mahoratlari.
I.2. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy va milliy qadriyatlar.
1-mashg‘ulot. Vatanparvarlik va harbiy-vatanparvarlik tushunchalari. Jangovar an’analar.
2-mashg‘ulot. Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonlik jangchilarning ko‘rsatgan qahramonliklari. Vatan mustaqilligi uchun jon fido qilgan harbiy xizmatchilar.
II bo‘lim. HARBIY XIZMAT ASOSLARI.
II.1. Harbiy xizmatning huquqiy asoslari.
1-mashg‘ulot. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vatan himoyasi to‘g‘risida. Qurolli Kuchlarga rahbarlik qilish. Qurolli Kuchlar Bosh shtabi. Harbiy okruglar.
2-mashg‘ulot. O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonuni. Harbiy xizmat turlari. Harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod etish. Harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish.
II.2. O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa to‘g‘risidagi qonuni.
1-mashg‘ulot. Mudofaa tushunchasi. Mudofaa to‘g‘risidagi qonun. Qurolli Kuchlarning tashkil etilishi.
2-mashg‘ulot. O‘zbеkiston Rеspublikasi Qurolli Kuchlari. Mudofaa vazirligi qo‘shin turlari, vazifasi, tuzilishi va faoliyat asoslari.
II.3. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.
1-mashg‘ulot. Harbiy xizmatchilarning umumiy majburiyatlari. Harbiy unvonlar. Boshliqlar va bo‘ysunuvchilar, kattalar va kichiklar.
2-mashg‘ulot. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita boshliqlar. Buyruq berish va uni bajarish tartibi. Harbiycha salomlashish, harbiycha xushmuomalalik va murojaat etish qoidalari. Harbiy xizmatchilar orasidagi Nizom munosabatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
III bo‘lim. OTISH TAYYORGARLIGI.
III.1. O‘qotar qurollarning vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi va jangovar xususiyatlari.
1-mashg‘ulot. Nazariy. Kalashnikov avtomatining vazifasi, konstruktiv va ballistik ko‘rsatkichlari, umumiy tuzilishi. Kalashnikov qo‘l pulemyoti. Jangovar patronlar. Qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bilan ishlaganda xavfsizlik choralari.
2-mashg‘ulot. Avtomatning asosiy qism va mexanizmlari, ularning vazifalari. Kalashnikov avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish va qayta yig‘ish tartibi.
III.2. Quroldan otish asoslari va qoidalari.
1-mashg‘ulot. Nazariy. Otish hodisasi va uning davrlari. O‘qning boshlang‘ich tezligi va uning otishga taʼsiri. Qurolning ortga urishi (tepishi) va o‘qning uchish burchagi.
2-mashg‘ulot. Nazariy. O‘q trayektoriyasining hosil bo‘lishi. To‘g‘ri otish. To‘silgan, o‘q tegmaydigan va tegadigan bo‘shliqlar hamda ularning amaliy ahamiyati.
III.3. Joyda turib va harakat paytida qo‘zg‘almas va paydo bo‘luvchi nishonlarga o‘t ochish.
1-mashg‘ulot. Mashg‘ulot o‘tkazishdagi xavfsizlik choralari. O‘qdonni patron bilan to‘ldirish. Tayanchni tayyorlash. Tayanchdan yotib otishga tayyorlanish. Otishni amalga oshirish. Otishni to‘xtatish. Qurolni o‘qsizlantirish.
IV bo‘lim. AMALIY JISMONIY TAYYORGARLIK.
IV.1. To‘siqlar yo‘lagi (qatori)dan o‘tish.
1-mashg‘ulot. Yagona to‘siqlar yo‘lagi bilan tanishish. Alohida to‘siqlardan o‘tish usullari va ularni yengib o‘tishni mashq qilish.
2-mashg‘ulot. To‘siqlar yo‘lagini yengib o‘tish mashqini bajarish.
3-mashg‘ulot. Umumiy nazorat mashqlarini bajarish.
V bo‘lim. HARBIY ISH ASOSLARI.
V.1. Umumqo‘shin jangi asoslari.
1-mashg‘ulot. Nazariy. Jang haqida tushuncha. Zamonaviy umumqo‘shin jangining tavsifi va maqsadi. Zamonaviy umumqo‘shin jangining asosiy turlari. Askarning jangdagi majburiyatlari va ekipirovkasi.
2-mashg‘ulot. Nazariy. Jangovar guruhning tarkibi, qurollanishi va jangovar imkoniyatlari. Jangovar guruhning jangovar tartibi.
VI bo‘lim. FUQARO MUHOFAZASI.
VI.1. Favqulodda vaziyatlar tushunchasi. O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lish ehtimoli mavjud tabiiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlar.
1-mashg‘ulot. Favqulodda vaziyatlar tushunchasi. Zilzila, ko‘chkilar, suv toshqini, sel, qor ko‘chishi, kuchli shamollar va boshqalar. Yaqinlashib kelayotgan xavf belgilari.
VI.2. O‘zbekiston Respublikasi hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen va tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarda aholining harakatlari.
1-mashg‘ulot. Nazariy. Favqulodda yuzaga keladigan epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar. Karantin va pandemiya.
2-mashg‘ulot. Nazariy. Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tushunchasi va ularning yuz berish sabablari.
VI.3. Ommaviy qirg‘in qurollari va ulardan aholini himoya qilish.
1-mashg‘ulot. Nazariy. Yadroviy qurol. Yadroviy zararlanish o‘chog‘i. Termoyadro quroli. Neytron bombasi. Kimyoviy qurol.
2-mashg‘ulot. Nazariy. Bakteriyaviy (biologik) qurol. Karantin va observatsiya. Zamonaviy oddiy qirg‘in vositalari.
VI.4. Shaxsiy (individual) himoya vositalari, vazifasi, tuzilishi va ulardan foydalanish tartibi.
1-mashg‘ulot. Nafas olish organlarini himoya qiluvchi individual vositalar. Fuqaro gazniqoblari. Ularning vazifasi, tuzilishi va ulardan foydalanish. Respirator. Changga qarshi matoli niqob, paxta-doka bog‘lagich va ulardan foydalanish.
2-mashg‘ulot. Amaliy. Terini himoya qilish vositalari. Maxsus himoya vositalari: umumqo‘shin himoya jamlanmasi, yengil kostyum, himoyalovchi-filtrlovchi kiyim. Umumqo‘shin himoya jamlanmasidan “yoping‘ich”, “yengil plash”, “kombinezon” ko‘rinishida foydalanish. L-1 yengil kostyumini kiyish. Terini himoya qilishning qo‘lbola vositalaridan foydalanish. Germetizatsiyalash va aralashma shimdirish orqali himoya xususiyatlarini oshirish.
VI.5. Fuqaro muhofazasi himoya inshootlari.
1-mashg‘ulot. Panagohlar. Radiatsiyaga qarshi pana joylar. Oddiy pana joylar. Odamlarni himoya inshootlariga joylashtirish.
VI.6. Evakuatsiya tadbirlarida aholining harakat qilish tartibi 1-mashg‘ulot. Evakuatsiya tadbirlarini o‘tkazish.
VI.7. Sanitariya ishlovi. Kiyim-bosh va buyumlarni zararsizlantirish 1-mashg‘ulot. Odamlarni sanitariya ishlovidan o‘tkazish.
VII bo‘lim. TIBBIY BILIM ASOSLARI.
VII. 1. Shikastlanganda, baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda va jarohatlanganda (yaralanganda) birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
1-mashg‘ulot. Nazariy. Jarohat to‘g‘risida tushuncha, jarohatlarning turlari. Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam. Bog‘lam va bog‘lash uchun materiallar. Shaxsiy bog‘lash paketidan foydalanish qoidalari.
2-mashg‘ulot. Amaliy. Bosh, ko‘krak, qorin, qo‘l va oyoq sohalariga sterilizatsiya qilingan bog‘lamlar qo‘yish.
3-mashg‘ulot. Amaliy. Qon ketishining turlari. Qon ketishini vaqtincha to‘xtatish usullari. Arteriya qon tomirlarini barmoq bilan bosish nuqtalari. Qo‘lbola siquvchi bog‘lam va tasma (jgut)dan foydalanish qoidalari.
4-mashg‘ulot. Amaliy. Suyak sinishi to‘g‘risida tushuncha va uning belgilari. Bosh suyagi, yelka, ko‘krak qafasi, oyoq va qo‘l suyaklari singanda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari.
Tushuncha va atamalar lug‘ati.
Foydalanilgan adabiyotlar.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, 10 sinf, Bo‘tayev A.M., Sotvoldiyev A.Y., Yoqubov A.F., 2022 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: :: :: ::


Предыдущие статьи:


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-10-25 00:44:16