Ona tili, 10 sinf, Mahmudov N., 2017.
Учебник по родному языку для 10 класса на узбекском языке.
Siz oldingi sinflarda xalqimizning dunyolarga bermaydigan boyligi bo‘lmish o‘zbek tilining tarkibiy tuzilishi, bu tarkibning birliklari va ular orasidagi munosabatlar, bundagi qoidaqonuniyatlar bilan tanishdingiz. Siz fonetika bo‘limida tovushlarmng tavsifi, ularning xususiyatlari, muayyan holatlardagi o‘zgarishi, talaffuzi va irnlosi, shuningdek, urg‘uni, leksikologiya bo‘limida so‘zlaming ma’nolari, ko‘p ma’nolilik, ma’nodoshlik, shakldoshlik, zid ma’nolilik, iboralarni, morfologiya bo‘limida so‘z shakllarining tarkibiy tuzilishi, bu sliakUariiiiig o‘ziga xosliklari, so‘z turkumlarini, sintaksis bo‘limida so‘zlarni birbiri bilan to‘g‘ri bog‘lash va gap tuzish qoidalari, gaplaming xususiyatlarini o‘rgandingiz.
SHEVAGA OID BIRLIKLAR VA ESKIRGAN SO‘ZLAR USLUBIYATI.
Shevaga oid birliklar adabiy til me’yorlaridan tashqarida, ular milliy til unsurlari sanaladi. Shuning uchun bunday unsurlar ilmiy, rasmiy va publitsistik uslublarda qo‘llanmaydi.
Ammo ular oddiy (adabiy emas) so‘zlashuv va badiiy uslubda muayyan bir me’yorda ishlatiladi. Badiiy uslubda qo‘llangan shevaga oid unsurlar yozuvchining uslubiy-estetik maqsadiga xizmat qiladi. Xususan, badiiy asarda qahramonning muayyan hududga mansubligini ta’kidlash, mahalliy koloritni yaratish, hayotning realistik tasvirini chizishga yordam beradi.
Shuningdek, shevadagi so‘z va adabiy tildagi so‘z ifodalagan tushunchalarda ayrim nozik farqlar mavjud bolganda ham yozuvchi shevadagi so‘zni afzal ko‘rishi mumkin. Masalan, hassos so‘z ustasi Abdulla Qahhor bir qissasini «Sinchalak» deb sheva so‘zi bilan nomlagan, adabiy tilda bu so‘zning muqobili «chittak»dir. Lekin «chittak» so‘zida qushning qo‘nimsizligiga ishora bor, «sinchalak»da esa uning nozikligi (sinchaloq — jimjiloq so‘zi bilan aloqador) ta’kidi mavjud, noziklik, albatta, ijobiy sifat. Shuning uchun yozuvchi alohida mehr bilan tasvirlagan qahramoniga nisbatan sheva so‘zini ma’qul ko‘rgan.
MUNDARIJA.
Kirish.
Milliy til va adabiy til.
Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari.
Uslubiyat. Til va uslub.
Nutqiy ushiblar va til vositalari.
Nutqiy uslublarning turlari. So‘zlashuv uslubi.
Nutqiy uslublarning turlari.
Publitsistik uslub, badiiy ushib, ilmiy uslub, rasmiy uslub.
Nutqiy ushiblar va uslubiy bo‘yoq.
Leksik vositalarni nutqiy uslublarda qo‘llash.
Ma’nodosh va shakldosh so‘zlar ushibiyati.
Shevaga oid birliklar va eskirgan so‘zlar ushibiyati.
Terminlar, kasb-hunar leksikasi va iboralar uslubiyati.
Mustahkamlash.
Morfologik vositalarni nutqiy uslublarda qo‘llash.
Ko‘plik qo‘shimchasi uslubiyati.
Kelishik qo‘shimchalari uslubiyati.
Subyektiv baho ifodalovchi qo‘shimchalar uslubiyati.
Zamon qo‘shimchalari uslubiyati.
Shaxs-son qo‘shimchalari uslubiyati.
Inkor ifodalovchi morfologik vositalar uslubiyati.
Sintaktik vositalarni nutqiy uslubiarda qo‘llash.
Gapda so‘z tartibi uslubiyati.
Ifoda maqsadiga ko‘ra gap turiari uslubiyati.
Ritorik so‘roq gaplar uslubiyati.
Undalmalar uslubiyati.
Gapdagi kirishlar uslubiyati.
Gapdagi kiritmalar uslubiyati.
Mustahkamiash.
Qo‘shma gaplar uslubiyati.
Ko‘chirma va o‘ziashtirma gaplar uslubiyati.
Matn va iqtibos.
Takroriash.
Ish qog‘oziari ustida ishiash.
Foydalanilgan adabiyotiar.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ona tili, 10 sinf, Mahmudov N., 2017 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Теги: учебник на узбекском языке :: родной язык :: Mahmudov :: 10 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Turk ertaklari, Po Iatov H., Sodiqov N., 2010
- O‘n sakkizga kirmagan kim bor, Qissa, Xolmirzayev Sh., 2018
- O‘zbeklar, Hikoyalar, o‘ylar, hajviyalar, Hoshimov O‘., 2018
- Taras Bulba, Gogol N., 2015
Предыдущие статьи:
- Ona tili, 8 sinf, Qodirov M., 2019
- Ona tili va o‘qish savodxonligi, 1-sinf, 1-qism, Azimova I., 2021
- Yozuv daftari, 1 sinf, G‘ulomov M., 2021
- Alifbe, 1 sinf, Safarova R., Inoyatova M., 2021