Musiqa, 2 sinf, Norxo‘jayev N., 2021.
Учебник по музыке для 2 класса на узбекском языке.
Musiqaning sehrli olamiga sayohatimiz davom etadi. Bu o‘quv yilida sizni ko‘plab yangi va qiziqarli ma’lumotlar kutib turibdi. Siz kuy, qo‘shiq nima ekanini bilib olasiz, chorak va nimchorak notalar, musiqiy o‘lchovlar haqida tushunchaga ega bo‘lasiz. Tanbur, g‘ijjak kabi milliy cholg‘ularimiz jarangidan bahra olasiz. Bir qator musiqiy atamalar bilan tanishasiz va musiqani yaxshiroq tushuna boshlaysiz.
Ona Vatanimiz, go‘zal tabiatimiz, do‘stlik va tinchlik haqidagi ko‘plab kuy va qo‘shiqlarni tinglaysiz, kuylab o‘rganasiz, ularga jo‘r bo‘lasiz. Bundan tashqari, fikrlash, o‘ylab topish, ijod qilishga qaratilgan topshiriqlarni bajarasiz.
