Обучалка в Телеграм

7 класс

Geometriya, 7 sinf, Xaydarov B., Tashtemirova N., Asrorov I., 2022

Geometriya, 7 sinf, Xaydarov B., Tashtemirova N., Asrorov I., 2022.

Учебник по геометрии для 7 класса на узбекском языке.

   Siz matematikaning eng jozibali bo‘limi – geometriyani o‘rganishni boshlayapsiz. Quyi sinflarda ayrim geometrik shakllar va ularning xossalari bilan tanishgan edingiz. 7-sinfda geometrik shakllarning g‘aroyib olamiga sayohat qilib, uni atroflicha va tizimli ravishda o‘rganishga kirishasiz.
Bizni geometrik shakllar olami o‘rab turadi. Geometrik shakllarga kundalik turmushda har qadamda duch kelamiz. Haqiqatan, to‘rtburchak shaklidagi deraza romi, qor parchasining hayratomuz shakli, turli shakldagi binolar, gugurt qutisi, velosiped g‘ildiragi, sovun pufaklari, gullar, daraxt barglari va shu kabi narsalar biror-bir shaklga ega.

Geometriya, 7 sinf, Xaydarov B., Tashtemirova N., Asrorov I., 2022
Скачать и читать Geometriya, 7 sinf, Xaydarov B., Tashtemirova N., Asrorov I., 2022
 

Kimyo, 7 sinf, Asqarov I., Gopirov K., Azamatova D., 2022

Kimyo, 7 sinf, Asqarov I., Gopirov K., Azamatova D., 2022.

Учебник по химия для 7 класса на узбекском языке.

   Bu o‘quv yilida Siz birinchi marta ajoyib fan – kimyo bilan tanisha boshlaysiz. Kimyo “mo‘jizaviy o‘zgarishlar sanoati” deb ham ataladi. Bu tabiatda mavjud bo‘lmagan materiallarni sintez qilish imkonini beradi, ular barcha turdagi mashinalar va qurilmalarni ishlab chiqishda, uy-joy qurishda, kiyim-kechak va poyabzal ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Kimyo bizning atrofimizda: nima qilsak ham, qo‘limizda nima bo‘lmasin, hamma joyda turli moddalarning o‘zgarishi, ya’ni kimyoviy reaksiyalar hamroh bo‘ladi.

Kimyo, 7 sinf, Asqarov I., Gopirov K., Azamatova D., 2022
Скачать и читать Kimyo, 7 sinf, Asqarov I., Gopirov K., Azamatova D., 2022
 

Biologiya, 7 sinf, Saparov K.A., Azimov I., 2022

Biologiya, 7 sinf, Saparov K.A., Azimov I., 2022.

Учебник по физике для 7 класса на узбекском языке.

   Siz 1–6-sinflarda o‘qish mobaynida “Tabiiy fanlar” darslarida tabiat haqidagi ko‘plab tushuncha va atama, qonuniyatlar bilan tanishdingiz. Bu yil siz yangi fan – biologiyani o‘rganishni boshlaysiz. “Tabiiy fanlar” darslarida o‘zlashtirgan bilimingizni endi siz uchun yangifan – biologiya orqali takomillashtirib borasiz. Qo‘lingizda turgan darslik esa bundasizga yordam beradi. Biologiya tirik organizmlarning tuzilishi va hayotiy faoliyati, xilmaxilligi, tarixiy va individual rivojlanish qonuniyatlarini, shuningdek, insonning tirik tabiatga ta’sirini o‘rganadi.

Biologiya, 7 sinf, Saparov K.A., Azimov I., 2022
Скачать и читать Biologiya, 7 sinf, Saparov K.A., Azimov I., 2022
 

Fizika, 7 sinf, Suyarov K.T., Usarov J., 2022

Fizika, 7 sinf, Suyarov K.T., Usarov J., 2022.

Учебник по физике для 7 класса на узбекском языке.

   Fizika so‘zi yunon tilidagi φύσις – physis soʻzidan olingan bo‘lib, “tabiat” degan ma’noni anglatadi. Fizika – tabiat haqidagi fan. Bu so‘zni fanga yunon mutafakkiri Aristotel kiritgan. Tabiat yer, koinot, suv, havo va oʻsimlik dunyosidan iborat. Tabiatda sodir boʻlayotgan hodisa va jarayonlarni fizika fani singari biologiya, geografiya, kimyo, astronomiya va boshqa fanlar ham oʻrganadi.

Fizika, 7 sinf, Suyarov K.T., Usarov J., 2022
Скачать и читать Fizika, 7 sinf, Suyarov K.T., Usarov J., 2022
 

Geografiya, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Avezov M.M., Hojiyeva M.T., 2022

Geografiya, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Avezov M.M., Hojiyeva M.T., 2022.

Учебник по географии для 7 класса на узбекском языке.

   Ushbu qo‘llanma sizning ko‘pyillik pedagogik tajribangizda, faoliyatingiz davomida erishgan natijalaringizda yangi sahifani boshlab bersa, sizni ilhomlantirsa va ijodkorlikka undasa, mualliflar jamoasi o‘zlarini bag‘oyatda mamnun his qiladilar.

Geografiya, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Avezov M.M., Hojiyeva M.T., 2022
Скачать и читать Geografiya, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Avezov M.M., Hojiyeva M.T., 2022
 

Fizika, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Suyarov K.T., 2022

Fizika, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Suyarov K.T., 2022.

Учебник по физике для 7 класса на узбекском языке.

   Tabiiy fanlarni, jumladan, fizika fanini o‘qitishda o‘quvchilarda tadqiqotchilik, kreativ va tanqidiy fikrlash bilan birga ilmiy xabardorlik, amaliy kompetensiya, kommunikativ, o‘z-o‘zini rivojlantirish, axborot bilan ishlash, ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarini shaklllantirishga e’tibor qaratish zarur.
Fizikani o‘rganishda o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligi va amaliy kompetensiyalarini shakllantirish hamda rivojlantirish maqsadida o‘qitishning spiralsimon shakli tanlangan. Fizik hodisalarga oid boshlang‘ich tushunchalar 1–6-sinflarda tabiiy fanlar tarkibida berilsa, 7 – 11-sinflarda esa beriladigan zamonaviy bilimlar soddadan murakkabga qarab spiral ko‘rinishida kengaytirilib fan doirasida o‘rganiladi.

Fizika, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘lla, Suyarov K.T., 2022
Скачать и читать Fizika, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Suyarov K.T., 2022
 

Biologiya, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Raxmatov U.E., Saparov K., 2022

Biologiya, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Raxmatov U.E., Saparov K., 2022.

Учебник по биологии для 7 класса на узбекском языке.

   Biologiya o‘quv predmetining asosiy maqsadi: tirik organizmlarning tuzilishi, hayotiy jarayonlari, rivojlanishi, kelib chiqishi, xilmaxilligi, tashqi muhit bilan munosabatlari, moslanishlari haqidagi fan sifatida o‘quvchilarda biologik obyekt, hodisa va jarayonlarni, jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yaxlit holda idrok etish, umumbiologik tushunchalar, qonuniyatlarni anglash, asoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, yashash muhiti bilan bog‘liq muammolarni hal etish ko‘nikmalarini hamda organik olam va biologik tizimlar qonuniyatlari asosida tabiiy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash, mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini tarkib toptirish, atrofimizni o‘rab turgan jonli tabiatga nisbatan ijobiy munosabat, biologik xilma xillikni asrashga javobgarlik hissi va barqaror hayotiy faoliyatni tarbiyalashdan iborat.

Biologiya, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘lla, Raxmatov U.E., Saparov K., 2022
Скачать и читать Biologiya, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Raxmatov U.E., Saparov K., 2022
 

Algebra, 7 sinf, Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma, Akmal A., Saparboyev J., 2022

Algebra, 7 sinf, Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma, Akmal A., Saparboyev J., 2022.

Учебник по алгебре для 7 класса на узбекском языке.

   Mazkur o‘quv qo‘llanma matematika fani o‘qituvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda mualliflar A. Akmalov, J. Saparbayev, D. Boytillayev, E. Karimov, M. Xodjaniyazovlar tomonidan tayyorlangan 7-sinf “Algebra” darsligidagi (bundan keyin qisqacha darslik deb yuritamiz) mavzularni bayon etish uchun ko‘rsatmalar keltirilgan.
Mazkur darslikda quyidagi asosiy yo‘nalishlarda nazariy bilim, amaliy misol-masalalar, hayotiy vaziyatlarning matematik
modellari mualliflar tomonidan sodda tilda bayon etilgan.

Algebra, 7 sinf, Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma, Akmal A., Saparboyev J., 2022
Скачать и читать Algebra, 7 sinf, Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma, Akmal A., Saparboyev J., 2022
 
Показана страница 13 из 415