6 класс

Texnologiya, 6 sinf, Sharipov Sh., Qo‘ysinov O., Abdullayeva Q., 2017

Texnologiya, 6 sinf, Sharipov Sh., Qo‘ysinov O., Abdullayeva Q., 2017.

Учебник по технологии для 6 класса на узбекском языке.

   Aziz o‘quvchilar! Qo‘lingizdagi 6-sinf “Texnologiya” darsligi Sizning insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishingizda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi.
“Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasiz.

Texnologiya, 6 sinf, Sharipov Sh., Qo‘ysinov O., Abdullayeva Q., 2017
Скачать и читать Texnologiya, 6 sinf, Sharipov Sh., Qo‘ysinov O., Abdullayeva Q., 2017
 

Tarix, Qadimgi dunyo, 6 sinf, Sagdullayev A., Kostetskiy V., 2017

Tarix, Qadimgi dunyo, 6 sinf, Sagdullayev A., Kostetskiy V., 2017.

Учебник по истории для 6 класса на узбекском языке.

   5-sinfda «Tarixdan hikoyalar» bilan tanishgan edingiz. Siz uzoq o‘tmish haqida bilimlar qanday qilib jamlanishini bilib oldingiz.
6-sinfda olis-olis zamonlarga sayohatimizni davom ettirib, eng qadimgi davlatlar va xalqlar tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishib chiqamiz.

Tarix, Qadimgi dunyo, 6 sinf, Sagdullayev A., Kostetskiy V., 2017
Скачать и читать Tarix, Qadimgi dunyo, 6 sinf, Sagdullayev A., Kostetskiy V., 2017
 

Matematika, 6 sinf, Mirzaxmedov M.A., Rahimqoriyev A.A., Ismailov Sh.N., Toxtaxodjayeva M.A., 2017

Matematika, 6 sinf, Mirzaxmedov M.A., Rahimqoriyev A.A., Ismailov Sh.N., Toxtaxodjayeva M.A., 2017.

Учебник по математике для 6 класса на узбекском языке.

   Ona yurtimiz O‘zbekiston jahon ilm-u fani, madaniyatiga yuzlab buyuk olimlar, shoirlar, davlat arboblari, rassomlarni yetishtirib bergan. Bilingki, siz ularning ezgu ishlari davomchisisiz! Kitobimiz sahifalarida diyorimizning buyuk allomalari ijodidan namunalar joy olgan. Ular asrlar osha siz bilan gaplashadilar – siz ular bilan faxrlaning!
Yoshlik bilim olish davridir. Allomalar aytganlaridek, «Yoshlikda olingan bilim toshga bitilgan yozuv kabi o‘chmasdir». Matematikani o‘rganish qunt va izchillikni, ko‘plab masala va misollarni tushunib, idrok qilib yechishni talab etadi. Ushbu darslikni yaxshi o‘rganib olsangiz, u sizga umrbod do‘st bo‘lib qoladi!

Matematika, 6 sinf, Mirzaxmedov M.A., Rahimqoriyev A.A., Ismailov Sh.N., Toxtaxodjayeva M.A., 2017
Скачать и читать Matematika, 6 sinf, Mirzaxmedov M.A., Rahimqoriyev A.A., Ismailov Sh.N., Toxtaxodjayeva M.A., 2017
 

Teens’ English, 6 sinf, Xan S., Kamalova L., Jo‘rayev L., 2018

Teens’ English, 6 sinf, Xan S., Kamalova L., Jo‘rayev L., 2018.

Учебник по информатике для 6 класса на узбекском языке.

   Teens’ English 6 darsligiga xush kelibsiz! Ushbu darslik ingliz tilini o‘qib o‘rganishingizga yordam beradigan qiziq va ajoyib mashq hamda topshiriqlar bilan to‘la. Darslikning oxirida grammatikaga oid ma’lumotlar va lug‘at berilgan. Mashq daftari ingliz tilini sinfda yoki uyda o‘qib o‘rganishingizga yordam beradigan qo‘shimcha mashq va topshiriqlarni o‘z ichiga oladi.
Nazorat ishlarida bo‘limlarni o‘rganish davomida olgan bilimlaringizni sinab ko‘rishingiz mumkin. Tinglab tushunish malakalarini rivojlantirish uchun multimedia ilovasi ham mavjud bo‘lib, undan siz o‘qituvchi yordamida yoki uyda mustaqil ravishda foydalanishingiz mumkin.
Ingliz tilini o‘rganib olishning eng yaxshi usuli uni amalda qo‘llash ekanligini unutmang. Darsda va uyda o‘rtoqlaringiz bilan ingliz tilida imkoni boricha ko‘proq muloqotda bo‘lishga harakat qiling. Biz bu o‘quv materiallari sizga quvonch olib keladi va ko‘p vaqt o‘tmay ingliz tilidan olgan bilimingiz yaxshilanadi degan umiddamiz.

Teens’ English, 6 sinf, Xan S., Kamalova L., Jo‘rayev L., 2018
Скачать и читать Teens’ English, 6 sinf, Xan S., Kamalova L., Jo‘rayev L., 2018
 

Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Boltayev B., Mahkamov M., Azamatov A., Rahmonqulova S., 2017

Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Boltayev B., Mahkamov M., Azamatov A., Rahmonqulova S., 2017.

Учебник по информатике для 6 класса на узбекском языке.

   Siz 5-sinf «Informatika va axborot texnologiyalari» darsligi yordamida zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan biri bo‘lgan kompyuterdan foydalanish bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ldingiz. Shu bilan birga, kompyuter o‘qitish, hisoblash, tasvirlash, tahrir qilish, dam olish hamda axborot bilan ishlash vositasi ekanligi haqida ma’lumot oldingiz.
Zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlash bo‘yicha to‘liq malakaga ega bo‘lish har bir yosh avlodga zarur. Shu sababli, 6-sinf «Informatika » darslarida sizlarga zamonaviy kompyuterlar dasturiy ta’minotidan biri bo‘lgan matn bilan ishlash dasturlarining vazifalari va imkoniyatlari haqidagi bilimlar qiziqarli va ko‘rgazmali ko‘rinishda beriladi. Ushbu darslik yordamida matn hosil qilish va hujjatlar tayyorlash, tahrir qilish va bezak berish usullarini kompyuterda amaliy ishlar bajarish asosida o‘rganasiz.
O‘ylaymizki, «Informatika va axborot texnologiyalari» fani sizlarda kompyuter doimiy ko‘ makchingiz va mehnatingizni yengillashtiruvchi vosita ekanligi haqida tasavvur qoldirishi bilan birga, amaliy ishlarni bajarishingizda yangi qirralarning ochilishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Aziz o‘quvchilar! Ushbu darslik, sizga, kompyuterda ishlab izlanishingizda va tadqiqotchiga aylanishingizda yaqindan ko‘makdosh bo‘ladi, deb umid qilamiz.

Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Boltayev B., Mahkamov M., Azamatov A., Rahmonqulova S., 2017
Скачать и читать Informatika va axborot texnologiyalari, 6 sinf, Boltayev B., Mahkamov M., Azamatov A., Rahmonqulova S., 2017
 

Geografiya, 6 sinf, Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, Soatov A., Abdulqosimov A., Mirakmalov M., 2017

Geografiya, 6 sinf, Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, Soatov A., Abdulqosimov A., Mirakmalov M., 2017.

Учебник по географии для 6 класса на узбекском языке.

   Aziz o‘quvchilar! Siz tabiiy geografiyaga oid dastlabki bilimlarni 4- sinfda „Òabiatshunoslik“, 5- sinfda „Tabiiy geografiya“ darsliklaridan bilib oldingiz. Darsliklardagi muayyan tayanch tushuncha va iboralar bilan tanishsiz, ularning mazmunini bilasiz. Endi Siz „Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi“ kursida quyi sinflarda egallagan tabiiy geografiyaga oid umumiy bilimlaringizni yanada mustahkamlaysiz, shu bilimlarga tayangan holda yangi atama, tayanch tushuncha va nomlar mazmunini o‘zlashtirasiz, puxta bilimlarga ega bo‘lasiz.

Geografiya, 6 sinf, Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, Soatov A., Abdulqosimov A., Mirakmalov M., 2017
Скачать и читать Geografiya, 6 sinf, Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, Soatov A., Abdulqosimov A., Mirakmalov M., 2017
 

Fizika, 6 sinf, Turdiyev N.Sh., 2017

Fizika, 6 sinf, Turdiyev N.Sh., 2017.

Учебник по физике для 6 класса на узбекском языке.

   Qo‘lingizdagi kitob Siz uchun yangi o‘quv predmeti bo‘lgan «Fizika» darsligining birinchisidir. Keyingi 7–9-sinflarda ham «Fizika»dan o‘quv darslari davom etadi.
Elektr energiyasini hosil qiladigan mashinalar, elektrdan va yoqilg‘idan foydalanib ishlaydigan qurilmalar fizika faniga asoslanib yaratiladi. Ma shina va mexanizmlarni boshqarishda, sozlash ishlarini bajarishda, uy-ro‘z g‘or texnikasidan unumli foydala nishda ham fizikadan olgan bilim laringiz asqotadi.
Tabiatda ro‘y berayotgan turli hodisalarni alomatlariga ko‘ra mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik va tovush hodisalariga ajratish mumkin.
Bu hodisalarni o‘rganish modda tuzilishini o‘rganishdan boshla nadi.

Fizika, 6 sinf, Turdiyev N.Sh., 2017
Скачать и читать Fizika, 6 sinf, Turdiyev N.Sh., 2017
 

Adabiyot, 6 sinf, 2 qism, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh., 2017

Adabiyot, 6 sinf, 2 qism, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh., 2017.

Учебник по литературе для 6 класса на узбекском языке.

   Siz 5-sinfda o‘zbek va jahon adabiyotining ajoyib namunalari bilan tanishgan, buyuk siymolarning, iste’dodli ijodkorlarning tarjimayi hollaridan xabardor bo‘lgan edingiz. Shubha yo‘qki, Siz egallagan bu bilimlar dunyoqarashingizni yanada boyitdi, ezgulikka, go‘zallikka bo‘lgan mehringizni oshirdi.
Bu yil 6-sinfda yanada ko‘proq ijodkorlar bilan tanishasiz, rang-barang asarlarni chuqurroq o‘rganasiz. Endi Sizning ko‘ngil uyingizga o‘zbek mumtoz adabiyoti-yu jahon adabiyotidan ham, hozirgi zamon adabiyotidan ham ko‘proq adib-u shoirlar kirib kelishadi. Ularga qalbingizdan keng o‘rin bering, asarlarini qunt bilan sinchiklab o‘rganing. Darslikda badiiy asarlarning turlari va janrlari haqida nazariy ma’lumotlar ham keltirilgan. Bu esa Sizning adabiyot ilmi haqidagi bilimlaringizning yanada boyishiga, badiiy asar mohiyatini kengroq anglashingizga yordam beradi. Sizga yana bir narsani tavsiya qilamiz: ushbu darslikda ko‘pgina asarlar to‘liq holida emas, balki qisqartirib keltirilgan. Siz ana shu asarlarning to‘liq nusxasini topib o‘qisangiz, adabiyot fanini yanada chuqurroq o‘zlashtirgan, ayni paytda juda katta estetik zavq, ma’naviy oziq olgan bo‘lasiz.
Bu ishda Sizga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Adabiyot, 6 sinf, 2 qism, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh., 2017
Скачать и читать Adabiyot, 6 sinf, 2 qism, Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh., 2017
 
Показана страница 50 из 304