Книги по художественной литературе на узбекском языке.
Agata Kristi nomini alohida tanishtirishga hojat yo‘q. Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda detektiv janrming yetakchilaridan biri sifatida tan olingan. Uning mazkur asarida ham kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar. Muallifning o‘zi aynan shu asarini eng yaxshisi deya e’tirof etgani ham bejiz emas.
Ushbu asarda bir-biriga hech qanday aloqador bolmagan o‘nta odam xilvat oroldagi uyga keladi. Sirli taklifnoma bilan ulami bu yerga kim chaqirdi? Yaxshi detektiv ixlosmandlarining yuragi darrov shuv etib ketadigan manzara. Dunyodan ajrab qolgan bo'm-bo'sh orol, ko'p xonali, zimiston yo'lakli katta sirli uy va Zanjilar orolining sohibi taklifiga koYa uyga kelgan o'nta mutlaqo notanish, bir-biriga o'shamagan o'nta odam. Bu yerda ulami qulay shart-sharoitlar, mazali taom va shinam yotoqxonalar kutib turibdi. Lekin havas qilgudek mehmondo'stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil qurgan tuzoqqa tushib qolgani malum boladi. Ular orolning toshloq zaminiga qadam qctygan zahoti tuzoq yopilgan. Oroldan qochishning iloji yo‘q. Barchani shubha-gumon chulg‘ab olgan. Chehralarda ajal soyasi. QoYquv va dahshat. Faqatgina bolalar sanoq she’ri va mitti negr bolalari tugashi bilan bu dahshatli oyinga ham xotima yasaladi. Biroq nega?
Ularni birin-ketin eng g‘ayrioddiy yo'llar bilan oldirish kimga kerak? Nima uchun sodir bo'layotgan voqealarning bari quvnoq bolalar she'ri bilan chambarchas bogliq? Nahotki bu jumboqning yechimi topilmasa, nahotki hammasi o'limga mahkum bolsa? Lekin nima uchun? Ular rostdan ham aybdormi?









Подписаться на RSS ленту ГДЗ, ЕГЭ, ГИА, подготовка к экзаменам, книги, готовые домашние задания, наука и обучение, анекдоты, презентации, словари, все для преподавателей, школьников для всех классов и студентов всех курсов. А ты Нашёл то, что тебе нужно?