Обучалка в Телеграм

Biologiya, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Raxmatov U.E., Saparov K., 2022


Biologiya, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Raxmatov U.E., Saparov K., 2022.

Учебник по биологии для 7 класса на узбекском языке.

   Biologiya o‘quv predmetining asosiy maqsadi: tirik organizmlarning tuzilishi, hayotiy jarayonlari, rivojlanishi, kelib chiqishi, xilmaxilligi, tashqi muhit bilan munosabatlari, moslanishlari haqidagi fan sifatida o‘quvchilarda biologik obyekt, hodisa va jarayonlarni, jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yaxlit holda idrok etish, umumbiologik tushunchalar, qonuniyatlarni anglash, asoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, yashash muhiti bilan bog‘liq muammolarni hal etish ko‘nikmalarini hamda organik olam va biologik tizimlar qonuniyatlari asosida tabiiy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash, mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini tarkib toptirish, atrofimizni o‘rab turgan jonli tabiatga nisbatan ijobiy munosabat, biologik xilma xillikni asrashga javobgarlik hissi va barqaror hayotiy faoliyatni tarbiyalashdan iborat.

Biologiya, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘lla, Raxmatov U.E., Saparov K., 2022


Tur va populyatsiya.
Tur o‘zaro o‘xshash, ma’lum areal, ya’ni hududda tarqalgan, erkin chatishib, nasl beradigan populyatsiyalar yig‘indisi. O‘zaro o‘xshash organizmlar yig‘indisi populyatsiya deyiladi.

Bir populyatsiya tarkibiga kiradigan organizmlar bir-biriga o‘xshaydi, erkin chatisha oladi, aniq yashash arealiga ega. Bir tur tarkibiga bir nechta populyatsiya kiradi. Bir populyatsiya ikkinchi populyatsiyadan bir qancha belgi va xususiyatlari bilan farqlanadi.

Tabiatda turlar juda ko‘p. Ularni bir-biridan farqlashda tur mezonlaridan foydalaniladi. Tur uchun xos bo‘lgan belgi va xususiyatlar yig‘indisi “tur mezonlari” deb ataladi. 1. Morfologik mezon – bir turga kiruvchi organizmlarning tashqi va ichki tuzilishidagi belgi va xususiyatlari yig‘indisi. 2. Fiziologik mezon – hayotiy jarayonlar: oziqlanish, nafas olish, ayirish, o‘sish, ko‘payish, rivojlanishdagi o‘xshashliklar yig‘indisi. 3. Ekologik mezon – tashqi muhit sharoitlariga moslanishlar yig‘indisi. Organizmlar o‘zi yashayotgan muhitning abiotik va biotik omillari ta’siriga moslashadi. Muhitning jonsiz tarkibiy qismi – harorat, havo, suv, tuproq quyosh nuri, kimyoviy moddalar abiotik omillarga; bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvonlar biotik omillarga misol bo‘ladi.

MUNDARIJA.
1. O‘rta umumta’lim maktablarida biologik ta’lim maqsadi, vazifalari.
2. Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar.
3. Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar.
4. Biologik ta’limda tayanch va fanga oid kompetensiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlik.
5. Biologik ta’limda o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini baholash.
6. O‘quv yuklamasining sinf va boblar bo‘yicha taqsimlanishi.
7. Biologiya darslari.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Biologiya, 7 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Raxmatov U.E., Saparov K., 2022 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: ::


 


 


Не нашёл? Найди:





2024-12-18 06:00:00