Книги по художественной литературе на узбекском языке.
Farzand - otaning izdoshi, farzand - otaning g ururi, farzand -otaning suyanchi. Bu ko‘pchilik biladigan oddiy haqiqat.
Odil Yoqubov asari qahramoni bo'lgan Shukurjon ham otasiga shunday sadoqat bilan ulgaygan ziyoli yigit. U bosmachilar bilan jangda halok bo‘lgan otasining diydorini ko'rmagan, otasining bagrida orom olmagan, otasining erkalashlaridan bahramand bolmagan. Bunday go‘zal va eng shirin tuyg'ularga qalbi tashna bo‘lib voyaga yetgan. Afsuski, ona ko‘kragini har tun qo'msaydigan go‘dak bu mehrdan ham mosuvo bo'lib, ona tomonidan buvisi qo'lida tarbiya topadi.
Buvisi Shukurjonni ota-onasiga mehr tuyg'usi bilan voyaga yetkazadi, unga har oqshom uyqu oldidan otasining qahramonligi haqida go'zal hikoyalar so zlab beradi.
Voyaga yetgan Shukurjon endi otasi ruhini shod qilish, uning pok nomini oqlashni o'zining farzandlik burchi deb biladi, shunga ahd qiladi. Ammo bu yo'lda uning oldida bir qancha to'siqlar paydo bo'ladi.
Yosh kitobxon do'stim! Keling, asarni birgalikda 0‘qiylik, Shukurjonga xayrixoh bo'laylik.
