Учебник по физике для 8 класса на узбекском языке.
Kundalik turmushni elektr energiyasisiz tasavvur qilib bolmaydi. Jumladan, uyimizdagi lampochka, televizor, miizlatgich, radio, dazmol, elektr choynak, kompyuter kabi jihozlarning barchasi elektr energiyasi hisobiga ishlaydi.
Turli zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish korxonalari hamda muassasalarda ham elektr energiyasidan foydalaniladi. Xullas, elektr energiyasi hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Umuman olganda, clcktrning kashf qilinishi va undan foydalanish imkoniyatlari mislsiz taraqqiyotga sababchi bo‘ldi. lurmushimiz yanada farovon bo‘lishi uchun eleklrotexnika, radiotexnika, elektronika, avtomatika, axborot texnologiyasi, nanotexnologiyalar kabi sohalarda olimlar, muhandislar va boshqa soha mutaxassislari izlanishlar olib bormoqdalar. Olimlar va muhandislar tomonidan qilingan yangi kashfiyotlar natijasida bu tarmoqlar yanada yuksalmoqda. Shu bois, elektr haqida ma’lumotlarga ega bo‘1ish ucbun siz fizika darslarida elektr hodisalari, elektr va magnit maydon, elektr toki, clcktromagnit hodisalarni o‘rganasiz hamda clcktr cncrgiyani ishlab chiqarish va uzatish, oddiy clcktr asbob va qurilmalarning ishlash prinsipi bilan tanishasiz.








