Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018.
Учебник по основам духовности для 10-11 класса на узбекском языке.
Dunyoda har bir narsaning o‘zagi, mohiyati bo‘ladi. Odamzod mohiyatini uning yaratuvchanligi, mustahkam irodasi, din-u diyonati, boshqalarga xolis yordamga kelishi, boshiga ofat-g‘am tushganida hamdardlik bildirishi, shodligiga sherik bo‘lishi, mehr-oqibati, bir so‘z bilan aytganda, go‘zal ma’naviy olami tashkil etadi.
Mazkur darslikda o‘quvchi-yoshlarning qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini singdirish, ularni ma’naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan matonatli, fidoyi, vatanparvar insonlar etib tarbiyalash maqsadida ma’naviyatning tub mohiyatiga kirib borishga harakat qilindi. Har bitta mavzuning boshida faollashtirish uchun savol va topshiriqlar berilgan. Aksariyat vaziyat va misollar Siz va tengdoshlaringiz hayotidan keltirilgan. Bular sizning quyi sinflarda olgan bilimlaringizni yodga olishda o‘ziga xos imtihon vazifasini o‘taydi.
