Обучалка в Телеграм

Все для школьников, студентов, учащихся, преподавателей и родителей - Обучалка - Obuchalka.org

Biologiya, 10 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Raxmatov U.E., Saparov K.A., 2022

23.10.24 11:55
Biologiya, 10 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Raxmatov U.E., Saparov K.A., 2022.

Учебник по биологии для 10 класса на узбекском языке.

   Biologiya o‘quv predmetining asosiy maqsadi: tirik organizmlarning tuzilishi, hayotiy jarayonlari, rivojlanishi, kelib chiqishi, xilmaxilligi, tashqi muhit bilan munosabatlari, moslanishlari haqidagi fan sifatida o‘quvchilarda biologik obyekt, hodisa va jarayonlarni, jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yaxlit holda idrok etish, umumbiologik tushunchalar, qonuniyatlarni anglash, asoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, yashash muhiti bilan bog‘liq muammolarni hal etish ko‘nikmalarini hamda organik olam va biologik tizimlar qonuniyatlari asosida tabiiy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash, mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini tarkib toptirish, atrofimizni o‘rab turgan jonli tabiatga nisbatan ijobiy munosabat, biologik xilma xillikni asrashga javobgarlik hissi va barqaror hayotiy faoliyatni tarbiyalashdan iborat.

Biologiya, 10 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Raxmatov U.E., Saparov K.A., 2022
Скачать и читать Biologiya, 10 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Raxmatov U.E., Saparov K.A., 2022
 

O‘zbekiston tarixi, 10 sinf, Tilabayev S., Kenjayev D., 2022

23.10.24 11:46
O‘zbekiston tarixi, 10 sinf, Tilabayev S., Kenjayev D., 2022.

Учебник по истории для 10 класса на узбекском языке.

   Qo‘lingizdagi O‘zbekiston tarixi darsligi XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning 90-yillariga qadar sodir bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Bu davr Vatanimiz tarixining eng murakkab va ziddiyatli yillaridir. Mazkur darslik Vatanimiz tarixida yo‘qotishlar va talafotlarga to‘la bo‘lgan, shuningdek, ota-bobolarimizning yurt ozodligi va mustaqilligi uchun olib borgan qahramonona kurashlari hamda o‘zbek xalqining bunyodkorlik faoliyati va fidokorona mehnatlarini o‘z ichiga olgan davrlar haqida hikoya qiladi.

O‘zbekiston tarixi, 10 sinf, Tilabayev S., Kenjayev D., 2022
Скачать и читать O‘zbekiston tarixi, 10 sinf, Tilabayev S., Kenjayev D., 2022
 

O‘zbek tili, 10 sinf, Asilova G.A., Xidoyatova D., 2022

23.10.24 11:37
O‘zbek tili, 10 sinf, Asilova G.A., Xidoyatova D., 2022.

Учебник по узбекскому языку для 10 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги.
Uyg‘onish davri (Renessans) – dastlab Italiyadagi madaniy-ma’rifiy yuksalishga nisbatan qo‘llangan, uni o‘rta asrdan yangi davrga o‘tish bosqichi deb baholashgan. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmda jaholatni yorib o‘tib, insonning iste’dodi va hurfikrliligini yuzaga chiqarish, inson erki uchun kurashish bo‘lgan.

O‘zbek tili, 10 sinf, Asilova G.A., Xidoyatova D., 2022
Скачать и читать O‘zbek tili, 10 sinf, Asilova G.A., Xidoyatova D., 2022
 

Adabiyot, 7 sinf, Mirzayeva Z.I., Djalilov K.Q., 2022

23.10.24 11:28
Adabiyot, 7 sinf, Mirzayeva Z.I., Djalilov K.Q., 2022.

Учебник по литературе для 7 класса на узбекском языке.

   Badiiy matnning muhim xususiyati – uning qator tagma’nolarga egaligi. Muallif odatda eng muhim g‘oyalari, ahamiyatga molik fi krlarini ochiq-oydin aytmaydi. Biz asarning “yozilgan” qismi – asar matni, undagi obrazlar tasviri, voqealar bayoni, muallif qo‘llagan badiiy tasvir vositalarini tahlil qilish orqali uning “yozilmagan” qismlarini kashf qilishni, undan xulosalar chiqarishni o‘rganamiz.

Adabiyot, 7 sinf, Mirzayeva Z.I., Djalilov K.Q., 2022
Скачать и читать Adabiyot, 7 sinf, Mirzayeva Z.I., Djalilov K.Q., 2022
 

Ona tili, 7 sinf, Mavlonova K.M., Azimova I., 2022

23.10.24 11:21
Ona tili, 7 sinf, Mavlonova K.M., Azimova I., 2022.

Учебник по узбекскому языку для 6 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги.
Ba’zan “Tilning suyagi yo‘q deb, gapiraverasanmi?” degan tanbehni eshitamiz. Tilda har gapni gapirishga to‘siq bo‘luvchi suyak yo‘q ekan, qo‘lda-chi? Qo‘llarimizda suyak bormi? Bugun biz shu qo‘llar orqali istagan mulohazamizni yozishga kirishdik. Nega dildagini yozuvga ko‘chirish ishini suyaklar nazorat qilolmayapti? Suyak bir o‘xshatish xolos, aslida har bir harakatimiz miya – aql, shu qatorda yurak – qalb orqali boshqariladi. Ammo nechun aqlimiz va qalbimiz har gapni bitishga izn berdi?..

Ona tili, 7 sinf, Mavlonova K.M., Azimova I., 2022
Скачать и читать Ona tili, 7 sinf, Mavlonova K.M., Azimova I., 2022
 

Ona tili, 6 sinf, Mavlonova K.M., Azimova I., 2022

23.10.24 11:16
Ona tili, 6 sinf, Mavlonova K.M., Azimova I., 2022.

Учебник по узбекскому языку для 6 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги.
Til – inson aqliy, ruhiy va amaliy faoliyatining quroli va harakatlantiruvchi kuchi, bu faoliyat natijasi sifatidagi tajribalarning jamlovchisi va saqlovchisi, kishilar o‘rtasidagi, ajdod va avlod orasidagi bilim-u axborot “oldi-berdi”sining timsolsiz ta’minlovchisi. U yo‘qolsa, tamaddun tugaydi, u salomat bo‘lmasa, millat sochilib ketadi. Shuning uchun esi o‘zida xalq, erki o‘zida davlat til muhofazasini muhtasham maqsad deb biladi, uni taraqqiy qildirish qayg‘usini bir on unutmaydi.

Ona tili, 6 sinf, Mavlonova K.M., Azimova I., 2022
Скачать и читать Ona tili, 6 sinf, Mavlonova K.M., Azimova I., 2022
 

O‘zbek tili, 6 sinf, Xidoyatova D., Rasulov N., 2022

23.10.24 11:07
O‘zbek tili, 6 sinf, Xidoyatova D., Rasulov N., 2022.

Учебник по узбекскому языку для 6 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги.
Hozirgi davr bolalari juda ham iqtidorli. Ular turli xil sohalarga qiziqadilar. Maktab davridayoq bolalar o‘z orzusini amalga oshirish uchun turli loyihalar o‘ylab topadilar. Bu loyihalarning nafaqat bolaning o‘ziga, balki tabiatga, Vatanga, oilaga ham foydasi bor. Avval aytganimizdek, arxitektor bo‘lishni xohlagan bolalar qushlar uchun ajoyib uychalar yasab, ularni daraxtlarga ilishdi. Bu bilan ular o‘zlarining loyihalarini amalga oshirdilar. Tabiatimizdagi qushlarni asrashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

O‘zbek tili, 6 sinf, Xidoyatova D., Rasulov N., 2022
Скачать и читать O‘zbek tili, 6 sinf, Xidoyatova D., Rasulov N., 2022
 

Adabiyot, 6 sinf, Mirzayeva Z.I., Djalilov K.Q., 2022

23.10.24 10:54
Adabiyot, 6 sinf, Mirzayeva Z.I., Djalilov K.Q., 2022.

Учебник по литература для 6 класса на узбекском языке.

   Biz adabiyot darslarida o‘zbek va jahon so‘z san’ati vakillarining turfa asarlaridan tarkib topgan badiiy matnlarni mutolaa qilamiz. Badiiy matn boshqa turdagi matnlardan (masalan, axborot matnlari yoki ilmiy matnlardan) farq qiladi.

Adabiyot, 6 sinf, Mirzayeva Z.I., Djalilov K.Q., 2022
Скачать и читать Adabiyot, 6 sinf, Mirzayeva Z.I., Djalilov K.Q., 2022
 
Cтраница 1013 из 14912

RSS лента ГДЗ, ЕГЭ, ГИА, подготовка к экзаменам, книги, наука и обучение, презентации, словари, все для преподавателей, школьников 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 и 11 класса и студентов. А ты НАШОЛ то, что тебе нужно?Подписаться на RSS ленту ГДЗ, ЕГЭ, ГИА, подготовка к экзаменам, книги, готовые домашние задания, наука и обучение, анекдоты, презентации, словари, все для преподавателей, школьников для всех классов и студентов всех курсов. А ты Нашёл то, что тебе нужно?