Учебник по математике для 8 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Наг bir inson o‘z hayotida matematikani bilishi juda muhimdir. Qadim zamonlardan insonlar narsalarni sanaganlar, masofani o'lchaganlar, vaqtni aniqlaganlar. Hisoblashni amalga oshirishda turli vositalar, raqamlarni yozishdan foydalanganlar. Buyuk bobokalonimiz Al-Xorazmiy (783-yil Xivada tug'ilgan) O‘zining «Hindcha hisob haqida»gi asarida sonlarning o'nlik sanoq sistemasi haqida va to'qqizta raqam va nol yordamida istalgan sonlarni tuzish mumkinligi va ular ustida to‘rt amalning qollanishini tushuntirib berdi. Ushbu 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 sonlarining yozilishi arablar tomonidan qo'llandi va butun dunyoga yoyildi. Ushbu raqamlar shuning uchun arab raqam lari deyiladi.








