Учебник по математике для 6 класса на узбекском языке.
Matematika fani boʻyicha Milliy oʻquv dasturida belgilangan yangi davlat ta’lim standartlari va oʻquv dasturi matematika ta’limini sifat va mazmun jihatidan yangi darajaga koʻtarishni vazifa qilib qoʻydi.
Shu vazifani amalga oshirish maqsadida 6-sinf “Matematika” darsligi va oʻqituvchilar uchun moʻljallangan uslubiy qoʻllanma yaratildi. Darslikda keltirilgan mavzular sodda, tushunarli tilda, hayotiy masalalar yordamida qisqacha yoritilgan va rasmlar bilan bezatilgan. Mashgʻulotlar har bir mavzu boʻyicha turli xil kichik savollar, testlar, amaliy mashqlar, topshiriqlardan tashkil topgan boʻlib, ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq va oʻquvchidan ijodiy yondashuvni talab qiladi. Darslik asosida dars olib borish yoʻl-yoʻriqlari uslubiy qoʻllanmada keltirilgan.
