Книги по художественной литературе на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Qadim zamonda Xitoy viloyatlaridan birida yashagan kambag‘al bir tikuvchining Alovid-din ismli o‘g‘li bor ekan. Bu bola yoshligida sayoq va bebosh ekan. O‘n yoshga yetganida unga otasi hunar o‘rgatmoqchi bolibdi. Lekin qashshoq bolgani sababli o‘g‘lini biror ustaga shogirdlikka bera olmabdi. Shuning uchun Aloviddinga ham o‘z hunarini o'rgatishga ahd qilib, tikuvchilik do‘koniga olib ketibdi. Aloviddin sayoq bola emasmi, kun-uz-zukun o‘ziga o‘xshash bebosh ko‘cha bolalari bilan sandiroqlashdan qo‘li bo‘shamas, do‘konda bir soat ham, hatto bir daqiqa ham o‘tirolmas, otasi kiyim buyurtiruvchi biron mijoznikiga ketdi deguncha, do‘konni tashlab, haligi sho‘x bolalar bilan o‘yna-gani ketar ekan.








