Учебник по истории для 7 класса на узбекском языке.
Siz 6-sinfda «Jahon tarixi»ning qadimgi davrini o‘rgandingiz. Qadimgi davrda odamlar qanday yashagani, Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim davlatlarining ravnaqi va inqirozlari haqida bilib oldingiz.
7-sinfda esa o‘rta asrlar davri tarixini o‘qib-o‘rganasiz. Bu davr jahon tarixining milodiy V asr oxiridan – XV asrning oxirigacha bo‘lgan davrini, ya’ni qadimgi zamon bilan yangi zamon o‘rtasidagi 10 asrni qamraydi.








