Учебник по географии для 6 класса на узбекском языке.
Aziz o‘quvchilar! Siz tabiiy geografiyaga oid dastlabki bilimlarni 4- sinfda „Òabiatshunoslik“, 5- sinfda „Tabiiy geografiya“ darsliklaridan bilib oldingiz. Darsliklardagi muayyan tayanch tushuncha va iboralar bilan tanishsiz, ularning mazmunini bilasiz. Endi Siz „Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi“ kursida quyi sinflarda egallagan tabiiy geografiyaga oid umumiy bilimlaringizni yanada mustahkamlaysiz, shu bilimlarga tayangan holda yangi atama, tayanch tushuncha va nomlar mazmunini o‘zlashtirasiz, puxta bilimlarga ega bo‘lasiz.








