O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografi yasi, 8 sinf, Musayev P.G‘., Musayev J.P., 2014.
Учебник по географии для 8 класса на узбекском языке.
Siz 5–7-sinf tabiiy geografi ya darslarida turli tabiiy geografi k xaritalar bilan ishladingiz. Endi 8-sinfda aholi va iqtisodiyotga oid bilimlarni o‘rganishda iqtisodiy geografi k xaritalar dan foydalanasiz. Bu xaritalarda shaharlar, foydali qazilma konlari, sanoat markazlari, qishloq xo‘jaligi va aloqa yo‘llarining hududiy joylashuvi ko‘rsatiladi. Ularni xaritalarda tasvirlash uchun nuqtalar, kartodiagramma, kartogramma kabi o‘ziga xos usullardan ham foyda laniladi.
Qo‘lingizdagi darslik mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti bilan tanishtiribgina qolmasdan, geografi k mazmundagi turli adabiyotlardan, birlamchi manbalardan foydalanishga imkon beruvchi ko‘nikma va malakalar bilan ham qurollan tiradi. Siz ushbu darslikdan iqtisodiy geografi k obyekt, hodisa va jarayonlarni tasvirlash, bayon etish usullarini ham o‘rganib olasiz.
