Обучалка в Телеграм

3 класс

Matematika, 3 sinf, Burxonov S., Xudoyorov O‘., Norqulova Q., Ruzikulova N., Goibova L., 2019

Matematika, 3 sinf, Burxonov S., Xudoyorov O‘., Norqulova Q., Ruzikulova N., Goibova L., 2019.

Учебник по математике для 3 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Yozgi ta’tilda Xadicha va uning ukasi 270 ta ertak o‘qishdi. Ulardan 150 tasi o‘zbek xalq ertaklari, qolganlari jahon xalqlari ertaklari. Ular qancha jahon xalqlari ertaklarini o‘qishgan?

Matematika, 3 sinf, Burxonov S., Xudoyorov O‘., Norqulova Q., Ruzikulova N., Goibova L., 2019
Скачать и читать Matematika, 3 sinf, Burxonov S., Xudoyorov O‘., Norqulova Q., Ruzikulova N., Goibova L., 2019
 

Jismoniy tarbiya, 3 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2016

Jismoniy tarbiya, 3 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2016.

Учебник по физкультуре для 3 класса на узбекском языке.

   3-sinfda sizni juda ko‘p qiziqarli mashg‘ulotlar kutmoqda. Siz gimnastika, sport o‘yinlari elementlari, yangi umumrivojlantiruvchi mashqlarni va qiziqarli milliy harakatli o‘yinlarni o‘rganasiz. Shuningdek, organizmingiz va jismoniy sifatlaringizni rivojlantirish uchun murakkab mashqlar bajarish lozimligini bilib olasiz.
Bundan tashqari, siz uchinchi sinfda qanday mashqlar bo‘lishini, ular bir-biridan nima bilan farq qilishini, ular qanaqa sifatlarni rivojlantirish uchun qo‘llanilishini, mashqlarni va undan qanday foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini bilib olasiz. Shu bilan birga, jismoniy mashqlar majmuyi nimaligini va ularni qanday ketma-ketlikda bajarishni, o‘zingizning jismoniy rivojlanish darajangizni kuzatib borishni o‘rganasiz. Darslarda sportning ba’zi turlari to‘g‘risida, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi haqida qisqacha ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Jismoniy tarbiya, 3 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2016
Скачать и читать Jismoniy tarbiya, 3 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2016
 

Kids’ English, 3 sinf, Xan S., Jo‘rayev L., Inogamova K., 2017

Kids’ English, 3 sinf, Xan S., Jo‘rayev L., Inogamova K., 2017.

Учебник по английскому языку для 3 класса на узбекском языке.

   „Kids’ English 3“ o‘quv-metodik majmuasi 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi „Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-1875-sonli qarorida belgilangan talablar va vazifalardan kelib chiqqan holda ingliz tilini o‘rgatishning eng zamonaviy va ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda metodlar tamoyillari asosida yaratildi.
O‘qish, yozuv, tinglab tushunish va gapirish asosida ingliz tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan ushbu o‘quv-metodik majmua ayrim kamchiliklardan xoli emasligi tabiiy. Shu bois o‘quv-metodik majmua yuzasidan bildiradigan fikrlaringiz biz mualliflar uchun qimmatlidir.
O‘quv-metodik majmua bolajonlarni zeriktirib qo‘ymaydi, aksincha, ingliz tilini o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otish bilan bir qatorda olamolam quvonch ham bag‘ishlaydi degan umiddamiz.

Kids’ English, 3 sinf, Xan S., Jo‘rayev L., Inogamova K., 2017
Скачать и читать Kids’ English, 3 sinf, Xan S., Jo‘rayev L., Inogamova K., 2017
 

Fransuz tili, Hirondelle, 3 sinf, Rahmonov S., Nosirov A., Nishonboyev Sh., 2017

Fransuz tili, Hirondelle, 3 sinf, Rahmonov S., Nosirov A., Nishonboyev Sh., 2017.

Учебник по французскому языку для 3 класса на узбекском языке.

   Darslik-majmua o‘quvchi kitobi, o‘quvchining mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma hamda multimedia ilovasidan iborat bo‘lib, ular yaxlit bir holda 3-sinfga qadam qo‘ygan bolajonlarning go‘zal til – fransuz tilini oson yo‘llar bilan o‘rganishlari uchun yordam beradigan qiziqarli mashqlar, she’rlar, qo‘shiqlar va boshqa turli amaliy faoliyatlarni o‘z ichiga qamrab olgan. 3-sinf uchun yaratilgan bu majmua albatta kamchiliklardan xoli emas, shu bois bildiriladigan fikr va takliflar, biz mualliflar uchun juda muhimdir. Hirondelle 3“ darslik-majmuasi bolajonlarimizning Fransiya davlatiga va uning go‘zal tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshiradi degan umiddamiz.

Fransuz tili, Hirondelle, 3 sinf, Rahmonov S., Nosirov A., Nishonboyev Sh., 2017
Скачать и читать Fransuz tili, Hirondelle, 3 sinf, Rahmonov S., Nosirov A., Nishonboyev Sh., 2017
 

Texnologiya, 3 sinf, Sanakulov X.R., Xodiyeva D.P., Sanakulova A.R., 2019

Texnologiya, 3 sinf, Sanakulov X.R., Xodiyeva D.P., Sanakulova A.R., 2019.

Учебник по технологии для 3 класса на узбекском языке.

   Siz 2-sinf «Texnologiya» darslarida tabiiy va turli materiallardan parrandalar, hayvonlar, kichik hajmdagi o‘yinchoqlar, modellar yasashni, ish qurollaridan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishni o‘rgandingiz.
Endi 3-sinfda tabiiy va turli materiallardan bajarilishi jihatdan murakkab, ko‘p bosqichli bezakli o‘yinchoqlar, maket va modellarni yasashni o‘rganasiz. Amaliy ishni bajarish jarayoniga ijodiy yondashib, yangi loyihalarni tayyorlashda ish qurollaridan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirasiz.
Ushbu darslik sahifalarida berilgan ish namunalarini chiroyli va sifatli bajarishda o‘qituvchingiz maslahati, ota-onangiz yordamidan foydalaning. Aziz o‘quvchilar, darslikda berilgan ish namunalarini
bajarish bilan, ularning yangi ko‘rinishlarini yarating, ixtiro qilishga harakat qiling. Kelajakda sizni buyuk ishlar kutayotganligini unutmang.
Ushbu darslik sizga yaqin ko‘makchi bo‘lishiga ishonamiz.

Texnologiya, 3 sinf, Sanakulov X.R., Xodiyeva D.P., Sanakulova A.R., 2019
Скачать и читать Texnologiya, 3 sinf, Sanakulov X.R., Xodiyeva D.P., Sanakulova A.R., 2019
 

Tasviriy san’at, 3 sinf, Isoqova M., Hasanov R., Haydarov B., 2019

Tasviriy san’at, 3 sinf, Isoqova M., Hasanov R., Haydarov B., 2019.

Учебник по изобразительному искусству для 3 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Turli rangdagi bo‘yoqlarni o‘zaro aralashtirib yangi rang hosil qilinadi. Ular atlas matosi uchun rang tanlashda qollanishi mumkin. Atlas matosi uchun eskiz ishlash uchun imkoni boricha guash bo‘yoqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Chunki guash bo‘yog‘i yuzani qoplash xususiyatiga ega. Akvarel bo‘yoqlar esa shaffof bolgani sababli aniq ranglar hosil qilishi uchun bir necha marta rang berish lozim boladi.

Tasviriy san’at, 3 sinf, Isoqova M., Hasanov R., Haydarov B., 2019
Скачать и читать Tasviriy san’at, 3 sinf, Isoqova M., Hasanov R., Haydarov B., 2019
 

Tabiatshunoslik, 3 sinf, Bahromov А., 2019

Tabiatshunoslik, 3 sinf, Bahromov А., 2019.

Учебник по естествознанию для 3 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Tunda osmonda Oy va yulduzlar ko‘rinadi. Kunduzi Quyosh Yer yuzini yoritadi va isitadi. Quyosh nuridan tog‘, yaylov, o‘rmon va cho‘llardagi o‘simliklar o‘sadi. Tog‘ va tekisliklarda, o‘rmon va cho‘llarda turli hayvonlar yashaydi. Osmonda har xil qushlar parvoz qiladi. Ba’zida osmonda bulutlar paydo bo‘ladi. Ayrim kunlari yomg‘ir yog‘adi. Havo sovib 0°C dan pasayganda esa qor yog‘adi. Qor, muz va yomg‘ir suvlaridan daryolar hosil bo‘ladi. Ko‘pgina daryolar suvi ko‘l yoki dengizlarga quyiladi. Daryo, ko‘l va dengizlar har xil suv o‘tlari va hayvonlariga boy. Bularning barchasi tabiatdir.

Tabiatshunoslik, 3 sinf, Bahromov А., 2019
Скачать и читать Tabiatshunoslik, 3 sinf, Bahromov А., 2019
 

O‘qish kitobi, 3 sinf, Umarova M., Xamrakulova X., Tojiboyeva R., 2019

O‘qish kitobi, 3 sinf, Umarova M., Xamrakulova X., Tojiboyeva R., 2019.

Учебник по чтению для 3 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Dunyoda yurtlar ko‘p, turli xalqlar yashaydi. Lekin har bir odam bolasining aziz bilgan tuprog‘i bor.
Bu tug‘ilib o‘sgan joyi, o‘z Vatanidir.
Bizning Vatanimiz esa - jonajon O‘zbekiston! Biz mana shu aziz zamin farzandlarimiz! Biz ulug‘ bobolarimizdan meros bu azim tuproqning har zarrasini ko‘zga surtamiz, muqaddas hisoblaymiz!
Aslida, yer yuzasini qamrab turgan barcha hududning tuprog‘i bir xil. Biroq uni tabarruk qilguvchi shu zamin egalaridir.

O‘qish kitobi, 3 sinf, Umarova M., Xamrakulova X., Tojiboyeva R., 2019
Скачать и читать O‘qish kitobi, 3 sinf, Umarova M., Xamrakulova X., Tojiboyeva R., 2019
 
Показана страница 65 из 294