Учебник по французскому языку для 3 класса на узбекском языке.
Darslik-majmua o‘quvchi kitobi, o‘quvchining mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma hamda multimedia ilovasidan iborat bo‘lib, ular yaxlit bir holda 3-sinfga qadam qo‘ygan bolajonlarning go‘zal til – fransuz tilini oson yo‘llar bilan o‘rganishlari uchun yordam beradigan qiziqarli mashqlar, she’rlar, qo‘shiqlar va boshqa turli amaliy faoliyatlarni o‘z ichiga qamrab olgan. 3-sinf uchun yaratilgan bu majmua albatta kamchiliklardan xoli emas, shu bois bildiriladigan fikr va takliflar, biz mualliflar uchun juda muhimdir. Hirondelle 3“ darslik-majmuasi bolajonlarimizning Fransiya davlatiga va uning go‘zal tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshiradi degan umiddamiz.








