Учебник по географии для 10 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Ma’lumki, geografi ya eng qadimgi fanlardan biri bo‘lib, o‘rganadigan hodisalarining doirasi juda keng. Dastlab, 5-sinfda Siz geografi yaga “Yer yuzi tabiati, aholisi va inson xo‘jalik faoliyatini o‘rganuvchi fan” deb berilgan ta’rif bilan tanishgansiz. Keyinchalik geografi ya fanining o‘rganish obyekti geografi k qobiq ekanligini ham bilib oldingiz.
Geografi k qobiq sayyoramizdagi eng yirik geotizim, ya’ni Yerning qattiq (litosfera), suv (gidrosfera), havo (atmosfera) hamda hayot (biosfera) qobiqlarining o‘zaro tutashuvi va ta’siri doirasida vujudga kelgan va rivojlanayotgan juda murakkab yaxlit tabiiy tizimdir. Aynan geografik qobiq insoniyatning yashash va ishlab chiqarish faoliyati muhiti, tabiiy resurslarning asosiy manbayi hisoblanadi.








