Talaffuz, 4 sinf, Fayziyeva U.Y., 2020.
Учебник по узбекскому языку для 4 класса на узбекском языке.
Dastur talablariga binoan 4-sinfda asosan so‘z, bo‘g‘in, nutq paytida to‘g‘ri nafas olish, nutqning jadalligi, mantiqiy urg‘uni ajratish va nutqda unga rioya qilishga o‘rgatish ustida ish olib borilishi ko‘zda tutilgan. Dastur talabiga binoan 4-sinf o‘quvchilari tovushlar talaffuzi bilan birgalikda so‘z, bo‘g‘in, tovush, unli tovushlar, undosh tovushlar, ularning talaffuz xususiyatlari haqida aniq tushunchani egallash va topshiriqlarda ularni farqlash hamda so‘zlarda to‘g‘ri talaffuzni egallashlari ko‘zda tutiladi. shu bilan birga yakka mashg‘ulot o‘qituvchisi darslikda berilgan har bir yangi so‘z, tushunchalar mazmunini lug‘at daftariga yozib kelishni topshiradi.
