Обучалка в Телеграм

узбекский язык

Ona tili, 6 sinf, Mavlonova K.M., Azimova I., 2022

Ona tili, 6 sinf, Mavlonova K.M., Azimova I., 2022.

Учебник по узбекскому языку для 6 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги.
Til – inson aqliy, ruhiy va amaliy faoliyatining quroli va harakatlantiruvchi kuchi, bu faoliyat natijasi sifatidagi tajribalarning jamlovchisi va saqlovchisi, kishilar o‘rtasidagi, ajdod va avlod orasidagi bilim-u axborot “oldi-berdi”sining timsolsiz ta’minlovchisi. U yo‘qolsa, tamaddun tugaydi, u salomat bo‘lmasa, millat sochilib ketadi. Shuning uchun esi o‘zida xalq, erki o‘zida davlat til muhofazasini muhtasham maqsad deb biladi, uni taraqqiy qildirish qayg‘usini bir on unutmaydi.

Ona tili, 6 sinf, Mavlonova K.M., Azimova I., 2022
Скачать и читать Ona tili, 6 sinf, Mavlonova K.M., Azimova I., 2022
 

O‘zbek tili, 6 sinf, Xidoyatova D., Rasulov N., 2022

O‘zbek tili, 6 sinf, Xidoyatova D., Rasulov N., 2022.

Учебник по узбекскому языку для 6 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги.
Hozirgi davr bolalari juda ham iqtidorli. Ular turli xil sohalarga qiziqadilar. Maktab davridayoq bolalar o‘z orzusini amalga oshirish uchun turli loyihalar o‘ylab topadilar. Bu loyihalarning nafaqat bolaning o‘ziga, balki tabiatga, Vatanga, oilaga ham foydasi bor. Avval aytganimizdek, arxitektor bo‘lishni xohlagan bolalar qushlar uchun ajoyib uychalar yasab, ularni daraxtlarga ilishdi. Bu bilan ular o‘zlarining loyihalarini amalga oshirdilar. Tabiatimizdagi qushlarni asrashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

O‘zbek tili, 6 sinf, Xidoyatova D., Rasulov N., 2022
Скачать и читать O‘zbek tili, 6 sinf, Xidoyatova D., Rasulov N., 2022
 

Ona tili va o‘qish savodxonligi, 3 sinf, 1 qism, Mavlonova K., Azimova I., 2022

Ona tili va o‘qish savodxonligi, 3 sinf, 1 qism, Mavlonova K., Azimova I., 2022.

Учебник по узбекскому языку для 3 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги.
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, jannatmonand Farg‘ona vodiysida Namuna bir mehnatkash dehqon yashab o‘tgan ekan. U Alloh bergan umrini mazmunli yashab, vaqti-soati yetgach, omonatini topshirgan ekan. Undan bir botmon yer-u ikki o‘g‘il qolgan ekan. O‘g‘illari xuddi otalariga o‘xshab mehnatkash, serg‘ayrat, halol kishilar ekan. Ular otalaridan meros qolgan yerga bug‘doy, sholi, makkajo‘xori kabi serhosil don-dunlardan ekishar ekan. Hosillari yildan yilga omborlarini to‘ldirib boraverarkan. Nihoyat, bug‘doy yig‘imi mavsumi yetib kelibdi. Aka-ukalar bug‘doyni o‘rib, xirmonga bosishibdi.

Ona tili va o‘qish savodxonligi, 3 sinf, 1 qism, Mavlonova K., Azimova I., 2022
Скачать и читать Ona tili va o‘qish savodxonligi, 3 sinf, 1 qism, Mavlonova K., Azimova I., 2022
 

Ona tili va o‘qish savodxonligi, 2 sinf, 2 qism, Mavlonova K., Azimova I., 2021

Ona tili va o‘qish savodxonligi, 2 sinf, 2 qism, Mavlonova K., Azimova I., 2021.

Учебник по узбекскому языку для 2 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги.
Uzoq kutilgan tanlov boshlandi. Birinchi bo‘lib sahnaga Ibrohim ismli bola chiqdi.
– Men ko‘p ixtirolar qilganman, – Ibrohim jiddiy ohangda gap boshladi. – Hozirda robotlarim qishloq xo‘jaligida mehnat qilyapti.

Ona tili va o‘qish savodxonligi, 2 sinf, 2 qism, Mavlonova K., Azimova I., 2021
Скачать и читать Ona tili va o‘qish savodxonligi, 2 sinf, 2 qism, Mavlonova K., Azimova I., 2021
 

O‘zbek tili, 3 sinf, Mashq daftari, Xidoyatova D., Bakirova I., 2022

O‘zbek tili, 3 sinf, Mashq daftari, Xidoyatova D., Bakirova I., 2022.

Учебник по узбекскому языку для 3 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги.
“Nyama” o‘yinining maqsadini aniqlang.
A. Hayvonlarni himoya qilish
B. O‘simliklarni himoya qilish
D. Suvni tejashga o‘rgatish

O‘zbek tili, 3 sinf, Mashq daftari, Xidoyatova D., Bakirova I., 2022
Скачать и читать O‘zbek tili, 3 sinf, Mashq daftari, Xidoyatova D., Bakirova I., 2022
 

Ona tili va o‘qish savodxonligi, 3 sinf, Mashq daftari, Mavlonova K., 2022

Ona tili va o‘qish savodxonligi, 3 sinf, Mashq daftari, Mavlonova K., 2022.

Учебник по узбекскому языку для 3 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги.
Siz uchun eng go‘zal joy qayer? U joy haqida 4–5 ta gap yozing. Yozgan gaplaringizda u qayerda ekani, u yerga qachon borganingiz, nimalarni ko‘rganingiz haqida ma’lumot bering.

Ona tili va o‘qish savodxonligi, 3 sinf, Mashq daftari, Mavlonova K., 2022
Скачать и читать Ona tili va o‘qish savodxonligi, 3 sinf, Mashq daftari, Mavlonova K., 2022
 

Ўзбек тилида вертикал йўналишли туб ҳаракат феъллари полисемияси, Махмараимова Ш.Т., 2023

Ўзбек тилида вертикал йўналишли туб ҳаракат феъллари полисемияси, Махмараимова Ш.Т., 2023.

Мазкур монография ўзбек тилшунослигида кам ўрганилган вертикал йўналишли ҳаракат феъллари ва улар билан боғлиқ полисемия ҳодисасини тадқиқ этишга бағишланган. Илмий муаммо сифатида вертикал йўналишли ҳаракат феълларининг тавсифи танланиб, хулосалар диахрон ва синхрон аспектли таҳлилий материаллар билан асосланган.

Ўзбек тилида вертикал йўналишли туб ҳаракат феъллари полисемияси, Махмараимова Ш.Т., 2023
Скачать и читать Ўзбек тилида вертикал йўналишли туб ҳаракат феъллари полисемияси, Махмараимова Ш.Т., 2023
 

Янги Ўзбекистон меъмори, Публицистик нашр, Искандаров С., 2022

Янги Ўзбекистон меъмори, Публицистик нашр, Искандаров С., 2022.

 Учебник на узбекском языке.

Тарихдан маълумки, улкан шахслар, сиёсат арбоблари, айниқса давлат бошлиқлари фаолияти ҳақида ёзиш, холисона фикр юритиш масъулиятини зиммага олишга ҳар ким ҳам журъат қилолмайди. Бунинг учун муаллифда, аввало, Худо берган юксак салоҳият, чўнг илмий заковат, катта ҳаётий тажриба, теран иқтисодий‑сиёсий тафаккур ҳамда кенг миқёсли мустақил фикрлаш хусусияти бўлиши керак. Ундан ташқари тадқиқот мавзуси ҳақида етарлича мукаммал тасаввурга эга, ўз қаҳрамонини яқиндан ва ҳар томонлама ўрганган бўлиш талаб этилади.
Таниқли олим, узоқ йиллик бошқарув тажрибасига эга раҳбар, фаол жамоат арбоби, кўплаб ажойиб олимлару йирик сиёсатчилар, халқ хўжалиги ишлаб чиқариши етакчиларининг мўътабар устози, академик Саъдулла Искандаров ана шу ҳақиқатларни яхши билади ва мавзу салмоғини теран ҳис этган ҳолда қалам тебратади. Асарни диққат билан ўқисангиз, шунга комил ишонч ҳосил қиласиз.
Ушбу асар кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.

Янги Ўзбекистон меъмори, Публицистик нашр, Искандаров С., 2022
Скачать и читать Янги Ўзбекистон меъмори, Публицистик нашр, Искандаров С., 2022
 
Показана страница 3 из 15