Tarbiya, 2 sinf, Ismatova N., 2020.
Учебник по воспитанию для 2 класса на узбекском языке.
Siz yana bir yoshga ulg'aydingiz. Sizni maktabingiz intizorlik bilan kutmoqda. Siz o‘z oldingizga qanday maqsadlar qo'ygan edingiz? Maqsadlaringizga erishish uchun esa, bilimlar saltanatini bosib o‘tishingiz kerak bo'ladi.
Bilimlar saltanatining vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, darsga kech qolmaslik, savol berishdan cho'chimaslik, o‘ng qo‘| qoidasiga rioya qilish, yolg'on gapirmaslik va samimiy bolish kabi tartib-qoidalariga amal qilsangiz, u Sizga o'zining tilsimlarini ochadi.
Aziz bolajon’ O‘ylaymizki, bu tartib-qoidalarni bajara olasiz! Qolingizdagi ushbu darslik esa Sizni muvaffaqiyatlar sari yetaklaydi. Buning uchun albatta, yo‘l ko‘rsatkichlariga e’tibor qarating! Ular Sizning bilimingiz yanada mustahkam bolishi uchun yordam beradi. Bilimlar saltanatini muvaffaqiyatli egallashingizda Sizga omad, ishonch va qat'iyat tilaymiz.
