Обучалка в Телеграм

учебник на узбекском языке

Tarbiya, 2 sinf, Ismatova N., 2020

Tarbiya, 2 sinf, Ismatova N., 2020.

Учебник по воспитанию для 2 класса на узбекском языке.

   Siz yana bir yoshga ulg'aydingiz. Sizni maktabingiz intizorlik bilan kutmoqda. Siz o‘z oldingizga qanday maqsadlar qo'ygan edingiz? Maqsadlaringizga erishish uchun esa, bilimlar saltanatini bosib o‘tishingiz kerak bo'ladi.
Bilimlar saltanatining vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, darsga kech qolmaslik, savol berishdan cho'chimaslik, o‘ng qo‘| qoidasiga rioya qilish, yolg'on gapirmaslik va samimiy bolish kabi tartib-qoidalariga amal qilsangiz, u Sizga o'zining tilsimlarini ochadi.
Aziz bolajon’ O‘ylaymizki, bu tartib-qoidalarni bajara olasiz! Qolingizdagi ushbu darslik esa Sizni muvaffaqiyatlar sari yetaklaydi. Buning uchun albatta, yo‘l ko‘rsatkichlariga e’tibor qarating! Ular Sizning bilimingiz yanada mustahkam bolishi uchun yordam beradi. Bilimlar saltanatini muvaffaqiyatli egallashingizda Sizga omad, ishonch va qat'iyat tilaymiz.

Tarbiya, 2 sinf, Ismatova N., 2020
Скачать и читать Tarbiya, 2 sinf, Ismatova N., 2020
 

Tarbiya, 1 sinf, Ismatova N., 2020

Tarbiya, 1 sinf, Ismatova N., 2020.

Учебник по воспитанию для 1 класса на узбекском языке.

   Мапа Siz dunyo imoratlarining eng go'zali bo'lgan maktab ostonasiga qadam tashladingiz. Qadamingiz qutlug' bo'lsin!
Bu yerda mehribon ustozlardan ilm o'rganasiz, tengdoshlaringiz bilan do'stlashasiz, o‘z oldingizga ezgu maqsad qo‘yasiz va unga intilib yashaysiz.
Maktab Sizga bilim beradigan, orzu-maqsadlaringizga erishishga ko‘maklashadigan muqaddas maskandir.
Oldinda sizni ilmlar olami kutmoqda. Sizning mustaqil fikr yuritib, jonajon O'zbekistonimizning aqlli, dono, bilimga chanqoq farzandi bo'lib voyaga yetishingizga ishonamiz!

Tarbiya, 1 sinf, Ismatova N., 2020
Скачать и читать Tarbiya, 1 sinf, Ismatova N., 2020
 

Qorboboning sovg‘asi, She’rlar, ertaklar, masallar va hikoyalar, Tillaboyeva M., 2016

Qorboboning sovg‘asi, She’rlar, ertaklar, masallar va hikoyalar, Tillaboyeva M., 2016.

Учебник на узбекском языке.

   Munavvara Tillaboyeva ijodi bugun ko‘pchilikka tanish. Shoiraning bolajonlarimizga atalgan navbatdagi she’riy majmuasi yosh kitobxon do‘stlarimiz uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi, desak, mubolag‘a emas.
Turli mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan mazkur to‘plam ilk maktab yoshidagi o‘quvchilarning she’r, ertak, masal va hikoya o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Qolaversa, kitobdan o‘rin olgan har bitta she’r shunday jozibaga egaki, bolajoningiz uni bir o‘qishdayoq yod olishga ulguradi.
Maroqli mutolaa tilaymiz, sizga!

Qorboboning sovg‘asi, She’rlar, ertaklar, masallar va hikoyalar, Tillaboyeva M., 2016
Скачать и читать Qorboboning sovg‘asi, She’rlar, ertaklar, masallar va hikoyalar, Tillaboyeva M., 2016
 

Стрессни ҳаёт қувватига айлантириш санъати, Мантэк Чиа, 2015

Стрессни ҳаёт қувватига айлантириш санъати, Мантэк Чиа, 2015.

Учебник на узбекском языке.

   Даосизм нуқтаи назаридан ўзаро мувофиқлик ва феъл-атвор босиқлиги саломатлик учун фавқулодда муҳим. Тана бир бутунлик сифатида кўриб чиқилади, шунинг учун аъзо, безлар ёки тизим шикастланиши организмни яхлит заифлаштиради. Тана, шунингдек, ўз-ўзини созловчи тизим ҳисобланади ва имкон туғилиши билан ўзи мувозанат ҳолатига келишга қодир. Даосизмга кўра, тана, ақл ва руҳ ягона бирликдан таркиб топади. Шунинг учун Хитой табобати ғазаб, қўрқув ёки шафқатсизлик сингари ҳиссиётлар қайсидир аъзоларни ва тананинг улар билан боғлиқ қисмларини зарарлантириши ҳамда касаллик чақириши мумкинлигини аниқлади. Мазкур китобда баён қилинган Ички Табассум ва Олтита Даволовчи Товуш машқлари ҳиссиётларни мувозанатлашга кўмаклашади ва саломатликни мустаҳкамлайди. Бу китобда Микрокосмик Орбитанинг асосий курси ҳам кундалик машқларнинг бир қисми сифатида кўриб чиқилади.

Стрессни ҳаёт қувватига айлантириш санъати, Мантэк Чиа, 2015
Скачать и читать Стрессни ҳаёт қувватига айлантириш санъати, Мантэк Чиа, 2015
 

Tarix fanidan testlar va savol-javoblar to‘plami, Sharipova T., 2017

Tarix fanidan testlar va savol-javoblar to‘plami, Sharipova T., 2017.

Учебник по истории на узбекском языке.

   Mazkur kitob maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlarining kirish imtihonlariga tayyorlanuvchi abituriyentlar, universitetlarning tarix yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun bilimlarini oshirish va mustahkamlash maqsadida tavsiya etiladi.

Tarix fanidan testlar va savol-javoblar to‘plami, Sharipova T., 2017
Скачать и читать Tarix fanidan testlar va savol-javoblar to‘plami, Sharipova T., 2017
 

Узбек давлатчилиги тарихи, Азамат Зие, 2001

Узбек давлатчилиги тарихи, Азамат Зие, 2001.

Учебник по истории на узбекском языке.

   XX аср сўнгги ўн йиллигида ўзбек жамиятидаги ўз тарихи ва ўтмиш маданиятига бўлган улкан қизиқиш, маънавий эҳтиёж мазкур соҳанинг тегишли йўналишларида чуқур ва ҳар томонлама илмий изланишларни тақозо этмоқда. Натижада тарихшунослик фанимизда янгиданянги йўналишлар юзага келмоқда. Утмиш тараққиёт йўлимизнинг бугунги авлодга номаълум босқич ва қирралари қайтадан кашф этилмоқда.

Узбек давлатчилиги тарихи, Азамат Зие, 2001
Скачать и читать Узбек давлатчилиги тарихи, Азамат Зие, 2001
 

Baliqchi va baliq haqida ertak, Pushkin А., 2017

Baliqchi va baliq haqida ertak, Pushkin А., 2017.

Учебник на узбекском языке.

   Barcha uchun sevimli “Baliqchi va baliq haqida ertak” nomi bilan mashhur she’riy satrlar, unga ajoyib tarzda ishlangan multfilm hali-hanuz barcha yoshdagi insonlar e’tiborini qozonib keladi. Buning siri nimada? Asarning jozibasi uning хalq qalbiga yaqinligida. Pushkinning boshqa asarlari haqida ham aynan mana shunday fikrlarni bildirish maqsadga muvofiqdir. Хalqning dardi, qismati, fazilati, kamchiligi, nuqsoni, tabiati, qo‘yingki, odamzotda mavjud bo‘lgan barcha o‘ziga хosliklar aynan adib asarlarining bezagi, ayni paytda badiiyatga ko‘chirilgan iqtidoridan nishonadir.
Aynan shu jihatlariga ko‘ra adib asarlari odamlar ko‘ngliga yaqin. Qolaversa, har bir asardan хulosa chiqarishni muallif kitobхonning o‘ziga havola qiladi. Biz ushbu mo‘jazgina kitobchamiz orqali Pushkin ijodi bilan yaqindan tanishtirish barobarida hayotimizda uchraydigan turli vaziyatlardan to‘g‘ri хulosa chiqarishga undamoqdamiz.

Baliqchi va baliq haqida ertak, Pushkin А., 2017
Скачать и читать Baliqchi va baliq haqida ertak, Pushkin А., 2017
 

Texnologiya, 4 sinf, Manopova I., Sayfurov D., 2020

Texnologiya, 4 sinf, Manopova I., Sayfurov D., 2020.

Учебник по технологии для 4 класса на узбекском языке.

   O‘tgan yillar davomida siz juda ko‘p narsalarni o‘rgandingiz va juda ko‘p ajoyib kashfiyotlar qildingiz. Endi siz quyi sinflarda olgan bilim, ko‘nikma va malakalaringizni mustahkamlagan holda turli xil materiallardan yanada chiroyli buyumlar, o‘yinchoqlar, modellar yasash texnologiyalarini o‘rganasiz, zamonaviy kasblar bilan, hunarmand ustalarning buyum yasash usullari bilan tanishasiz. O‘zingiz o‘yinchoqlarni qanday qilib tuzatish va yangilashni, modellar yaratish, ish rejasini tuzish, chizma va yo‘riqnomalarni o‘qishni o‘rganasiz.
Darslikda berilgan topshiriqlarni bajarish natijasida ma’lumotlarni qidirish, bajarish tartibini eslash, axborotlardan foydalanish, sinfdoshlar va kattalar bilan o‘zaro muloqot qilish va bir-biringizga yordam berish, kelishib ishlashni o‘rganasiz.

Texnologiya, 4 sinf, Manopova I., Sayfurov D., 2020
Скачать и читать Texnologiya, 4 sinf, Manopova I., Sayfurov D., 2020
 
Показана страница 34 из 75