Обучалка в Телеграм

учебник на узбекском языке

Adabiyot, 10 sinf, 2 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2017

Adabiyot, 10 sinf, 2 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2017.

Учебник по литературе для 10 класса на узбекском языке.

Bugun o‘ninchi sinf ostonasida turibsiz. Yosh qalbingizda orzular jo‘sh urib, xayolingizda ezgu niyatlar kezib yuribdi. Siz kunlar, oylar va yil o‘tgan sari jamiyat hayotiga aralashib, turli tanish va notanish odamlar bilan suhbatdosh bo‘lishingiz tabiiy. Insonning ko‘ngliga yo‘l topish, hayotdan zavqlanib yashash, sodiq do‘stlar orttirish, so‘zlash odobi, kattaga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish kabi kundalik turmush hodisalarini ma’lum bir andoza va me’yorga solishingizda, albatta, badiiy adabiyot sizga beminnat yordamchi bo‘ladi.

Adabiyot, 10 sinf, 2 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2017
Скачать и читать Adabiyot, 10 sinf, 2 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2017
 

Adabiyot, 10 sinf, 1 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2017

Adabiyot, 10 sinf, 1 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2017.

Учебник по литературе для 10 класса на узбекском языке.

Bugun o‘ninchi sinf ostonasida turibsiz. Yosh qalbingizda orzular jo‘sh urib, xayolingizda ezgu niyatlar kezib yuribdi. Siz kunlar, oylar va yil o‘tgan sari jamiyat hayotiga aralashib, turli tanish va notanish odamlar bilan suhbatdosh bo‘lishingiz tabiiy. Insonning ko‘ngliga yo‘l topish, hayotdan zavqlanib yashash, sodiq do‘stlar orttirish, so‘zlash odobi, kattaga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish kabi kundalik turmush hodisalarini ma’lum bir andoza va me’yorga solishingizda, albatta, badiiy adabiyot sizga beminnat yordamchi bo‘ladi.

Adabiyot, 10 sinf, 1 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2017
Скачать и читать Adabiyot, 10 sinf, 1 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2017
 

Adabiyot, 11 sinf, 1 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2018

Adabiyot, 11 sinf, 1 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2018.

Учебник по литературе для 11 класса на узбекском языке.

Siz, azizlar, haqiqiy badiiy adabiyot hayotning o‘ziga xos in’ikosi sifatida ong-u tafakkurga beqiyos ijobiy ta’sir o‘tkazishini, o‘ylashga, qiyoslash va xulosalar chiqarishga undovchi kuch-quvvat berishini aslo inkor etmasangiz kerak.
Hozirgacha xalq og‘zaki ijodi, o‘zbek adabiyoti tarixi, mumtoz Sharq va jahon adabiyotidan tanlangan namunalarni o‘qib tahlil qildingiz. Va bu jarayonda olamdagi rang-barang hodisalar-u millati, yoshi, kasb-kori, qiziqishlari, tasavvur va dunyoqarashlari bir-biriga o‘xshamaydigan Hazrat Odam avlodlarining yashash tarzi, tarixi, favqulodda vaziyatlardagi ruhiyati hamda kayfiyatidagi o‘zgarishlar tasvirlari bilan atroflicha tanishdingiz.

Adabiyot, 11 sinf, To‘xliyev B., 2018
Скачать и читать Adabiyot, 11 sinf, 1 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2018
 

Informatika va axborot texnologiyalari, 10 sinf, Taylaqov N.I., Axmedov A.B., Pardayeva M.D., Abdug‘aniyev A.A., 2017

Informatika va axborot texnologiyalari, 10 sinf, Taylaqov N.I., Axmedov A.B., Pardayeva M.D., Abdug‘aniyev A.A., 2017.

Учебник по информатике для 10 класса на узбекском языке.

Darslikda Sizning quyi sinflarda olgan Microsoft Office Excel elektron jadvalda ishlashni davom ettirib, MS Excel 2010 da amallar va formulalar, funksiyalar kutubxonasi bilan ishlash hamda mantiqiy va matematik funksiyalardan foydalanib, amallar bajarishni o‘rganasiz. Darslikning ikkinchi bobida MS Access 2010 ma’lumotlar ombori haqida tushuncha berilib, uning boshqarish tizimlari, jumladan, ma’lumotlar omborini tashkil etish, ma’lumotlar omborida jadvallami o‘zaro bog‘lash, ma’lum bir shablon bo‘yicha maMumotlar qidirish va ulaming qayta ishlash usullari bilan tanishasiz. Darslikning uchinchi bobida Delphi dasturlash muhitida ilovalar yaratish asoslari bilan tanishasiz. Xususan, ilova oynasini hosil qilish, unga tayyor boshqarish obyektlarini joylash va interfaol ilovalami yaratish imkoniyatlarini o‘zlashtirasiz. Bir so‘z bilan aytganda, darslikdagi bilimlarni o‘zlashtirib, siz uzviy ravishda o‘z-o‘zingizni ma’naviy, ruhiy va intelektual rivojlantirish, kamolotga intilish, kognitivlik ko‘nikmalaringizni mustaqil ravishda mimtazam oshirib borasiz va o‘z xatti-harakatingizni baholash imkoniyatiga ega bo‘lasiz degan umiddamiz.

Informatika va axborot texnologiyalari, 10 sinf, Taylaqov N.I., Axmedov A.B., Pardayeva M.D., Abdug‘aniyev A.A., 2017
Скачать и читать Informatika va axborot texnologiyalari, 10 sinf, Taylaqov N.I., Axmedov A.B., Pardayeva M.D., Abdug‘aniyev A.A., 2017
 

Informatika va axborot texnologiyalari, 11 sinf, Taylaqov N.I., Axmedov A.B., Pardayeva M.D., Abdug‘aniyev A.A., 2018

Informatika va axborot texnologiyalari, 11 sinf, Taylaqov N.I., Axmedov A.B., Pardayeva M.D., Abdug‘aniyev A.A., 2018.

Учебник по информатике для 11 класса на узбекском языке.

Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori bilan tasdiq-langan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti hamda umumiy o‘rta ta’limning “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha malaka talablari asosida yaratilgan.
Darslikning birinchi bobida kompyuter grafikasi tushunchasi, uning turlari, PhotoShop 6 - rastrli grafik muharririda tasvirlami yaratish, boshqarish, turli ranglar holatlarida ishlash, tasvirlami bog‘lash, matnlami tahrirlash, palitralarni birlashtirish imkoniyatlari bilan tanishasiz.
Darslikning ikkinchi bobida web-sahifa, web-sayt, web-dizayn tushunchalari, Macromedia Flash 8 dasturi yordamida web-sahifa yaratish, bezash va animatsiyalar yaratish imkoniyatlari bilan tanishasiz.
Darslikning uchinchi bobida axborot xavfsizligi tushunchasi, uning jamiyatdagi o‘mi, muammolari, axborotlami himoya qilish usullari, lokal, mintaqaviy, global kompyuter tarmoqlari, tarmoq xavfsizligi chora-tadbirlari, lokal va global kompyuter tarmog‘ida saqlanayotgan axborotlaming xavfsizligini ta’minlash, elektron pochta xizmati tuzilmasi, kompyuter viruslari, antiviruslar bilan ishlashga oid ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Informatika va axborot texnologiyalari, 11 sinf, Taylaqov N.I., Axmedov A.B., Pardayeva M.D., Abdug‘aniyev A.A., 2018
Скачать и читать Informatika va axborot texnologiyalari, 11 sinf, Taylaqov N.I., Axmedov A.B., Pardayeva M.D., Abdug‘aniyev A.A., 2018
 

Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinflar, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018

Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinflar, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018.

Учебник по основам духовности для 10-11 класса на узбекском языке.

Aziz o‘quvchi! Dunyoda har bir narsaning o‘zagi, mohiyati bo‘ladi. Odamzod mohiyatini uning yaratuvchanligi, mustahkam irodasi, din-u diyonati, boshqalarga xolis yordamga kelishi, boshiga ofat-g‘am tushganida hamdardlik bildirishi, shodligiga sherik bo‘lishi, mehr-oqibati, bir so‘z bilan aytganda, go‘zal ma’naviy olami tashkil etadi.

Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinflar, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018
Скачать и читать Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinflar, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018
 

Umumiy kimyo, 11 sinf, Masharipov S., 2018

Umumiy kimyo, 11 sinf, Masharipov S., 2018.

Учебник по химии для 11 класса на узбекском языке.

Umumiy kimyo inson faoliyatining eng qadimgi sohasi hisoblanadi. Moddaning xossalarini chuqur o‘rganib va undan inson farovonligi yo‘lida foydalanish ushbu kunning asosiy masalalaridan biridir.
Mazkur kitob sakkizta bobdan tashkil topgan bo‘lib, umumiy kimyoning zarur bo‘lgan barcha asosiy mavzularini qamrab olgan. Har bir mavzu masala va mashqlar bilan mustahkamlab borilgan va shu bilan birga qiyinchilik tug‘diradigan masalalarning yechim usuli tushuntirish asosida ko‘rsatib berilgan.

Umumiy kimyo, 11 sinf, Masharipov S., 2018
Скачать и читать Umumiy kimyo, 11 sinf, Masharipov S., 2018
 

Astronomiya, 11 sinf, Mamadazimov M., 2018

Astronomiya, 11 sinf, Mamadazimov M., 2018.

Учебник по астрономии для 11 класса на узбекском языке.

   Koinotning bizga eng yaqin va uzoq obyektlarini, sistemalarining harakatlari va fizik tabiatlarini o‘rganadigan fan astronomiya deb ataladi. Astronomiya yunoncha «astron» – yulduz, «nomos» – qonun degan so‘zlardan tashkil topgan bo‘lib, osmon jismlari, ularning kelib chiqishi va tuzilishi, harakatlari, fizik tabiatlari va evolutsiyalarini o‘rganadigan fandir.

Astronomiya, 11 sinf, Mamadazimov M., 2018
Скачать и читать Astronomiya, 11 sinf, Mamadazimov M., 2018
 
Показана страница 13 из 75