Учебник на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Bor ekan-da yo'q ekan, och ekan-da to'q ekan, bir chol bilan kampir bor ekan. Ulaming farzandi yo'q ekan. Kundan kun, oydan oy o'tib, cholning xotini homilador bo'libdi. Kunlardan bir kun kampirni toig'oq tutibdi. Chol shunday qarasa, xotini yettita quloq tug'gan emish. Erxotin bu yetti quloqni ko'rib juda xafa bo'libdi. Kundan kun, oydan oy o'tibdi. Quloq bolalar o'tiradigan, yuradigan bo'lib, tili chiqibdi. Nonosh yetmaydigan bo'libdi. Ularning surati quloqqa o'xshasa ham og'zi, ko'zi bor, ovqat yer ekan. Har biri bir odamning ovqatini yeb qo'yar ekan. Ovqatsiz o'tira olmas, ovqat yemasa och qoldim deb chirqillar ekanlar. Bolalarni boqish uchun chol hech narsa topolmay qiynalibdi. Chol xotiniga aytibdi.








