Книги по художественной литературе на узбекском языке.
Temuriylar sulolasini yuksaltirishda Sohibqironning sadoqatli o‘g‘li Shohruh Mirzo qanday fidoyilik va donolik bilan faoliyat ko‘rsatgani ushbu romanning markaziy mavzularidandir. Ulkan saltanatni parchalanib ketish xatarlaridan saqlab qolishda Shohruh Mirzoga suyukli umr yo‘ldoshi Gavharshod begim va buyuk olim o‘g‘li Ulug‘bek Mirzo yaqindan yordam berganliklari romanda aniq tarixiy faktlar asosida tasvirlanadi. Dramatik voqealarga boy bu asarda ulug‘ shoir Alisher Navoiy va uning do‘sti Husayn Boyqaroning yoshlik davrlariga va tarixda yorqin iz qoldirgan oliyjanob ishlariga ham alohida o‘rin beriladi.
Asaming ilk varianti “Ona lochin vidosi” nomi bilan chop etilgan va kitobxonlar tomonidan yaxshi kutib olingan edi. Romanning ushbu to‘ldirilgan nashrida Xoqoni Said nomini olgan Shohruh Mirzo, uning buyuk o‘g‘li Ulug‘bek va donishmand umr yo‘ldoshi Gavharshod begim ibratli bir oila sifatida Sohibqiron yaratgan ulug‘ saltanatni qirq yildan ortiq adolat bilan boshqarib, temuriylar sulolasining rivojiga ulkan hissa qo‘shganliklari muhtaram kitobxonlarda yorqin taassurot qoldiradi, degan umiddamiz.
