Учебник по литературе для 9 класса на узбекском языке.
Badiiy adabiyot yoxud ma’lum bir asarning inson ruhiyati va tafakkuriga ta’siri sababi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Balki bu savolga badiiy asarlar bilan ilmiy risolalarni so lishtirib ko‘rish orqali javob izlarsiz. Ammo, Siz, aziz o‘quvchilar, mazkur darslikni diqqat bilan o‘qib-o‘rganib chiqsangiz, yuqoridagi savolga hadis ilmi ning ustozi Imom al-Buxoriy, so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy, mutafakkir shoir va adiblar Xoja, Ogahiy, Furqat va boshqa ijodkorlar asarlaridan to‘liq javob topasiz.
