Учебник по экономике для 9 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Tadbirkorlik deganda kishilarning foyda olish maqsadida, tavakkalchilik asosida o‘z mablag‘lari, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati tushuniladi. Tadbirkorlik, boshqacha qilib aytganda, ishbilarmonlik yoki biznes deb ham yuritiladi. Bunday faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana oladigan insonlarni tadbirkorlik layoqati bor kishilar yoki tadbirkor, ishbilarmon yoki biznesmenlar deb atashadi.








