Geometriya, 9 sinf, Xaydarov B.Q., Sariqov E.S., Qo‘chqorov A.Sh., 2019.
Учебник по геометрии для 9 класса на узбекском языке.
9-sinfda geometriyaning planimetriya qismini – yassi geometrik shakllarning xossalarini o‘rganish davom ettiri ladi. Unda siz geometrik almashtirishlar, shakllarning o‘xshashligi, uchburchakning tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatlar, aylana uzunligi va doira yuzi, uchburchak va aylanadagi metrik munosabatlar bilan tanishasiz.
Mazkur darslikning mazmuni qat'iy aksiomatik tizim asosiga qurilgan. Unda nazariy materiallar imkon boricha sodda va ravon tilda bayon etilgan. Barcha mavzu va tushunchalar turli-tuman hayotiy misollar orqali ochib berilgan. Har bir mavzudan so‘ng berilgan savollar, isbotlash, hisoblash, yasashga doir masala va misollar o‘quvchini ijodiy fikrlashga undaydi, unga o‘zlashtirilgan bilimlarni chuqurlashtirishga va mustahkamlab borishga yordam beradi. Darslik o‘zining o‘zgacha dizayni va dars materialining ko‘rgazmali qilib taqdim etilishi bilan ham ajralib turadi. Unda keltirilgan rasm va chizmalar dars materialini yaxshiroq o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
