Biologiya, 11 sinf, G‘аfurоv A., Abdukаrimоv A., Тоlipоvа J., 2018.
Учебник по биологии для 11 класса на узбекском языке.
Ushbu darslik o‘rta ta’lim maktablarining davlat ta’lim standartlari talablari asosida tayyorlangan. Darslik mazmuni 10-sinfda o‘qitilgan biologiya o‘quv fanining mantiqiy davomi bo‘lib, 11-sinfda hayotning biogeotsenotik va biosfera darajasidagi umumbiologik qonunlar, organik olam filogenezini o‘rganishga bag‘ishlangan. Mavzu mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqib, unda foydalanilgan shartli belgilar asosida berilgan topshiriqlarni bekam-u ko‘st bajarishingiz kelgusida shaxs sifatida shakllanish, ilmiy dunyoqarashni kengaytirish va ekologik tafakkurga ega bo‘lishingizga zamin tayyorlaydi.
Mustaqil O‘zbekistonning komillikka intiluvchi farzandi sifatida fan asoslarini chuqur o‘zlashtirib, kelgusida biologiyadan egallagan kompeten-siyalaringizga asoslangan holda kasb tanlab, mustaqil hayotda o‘z o‘rningizni topishingizga ishonamiz.
